Gepatit S virusi 1989 yili AQSh da Coog va Yaponiyada Arimolar o’z hamkasblari bilan bemor qon zardobidan gepatit S virusini ajratib olishga muvaffaq bo’ldilar. Bu virus ko’pgina xususiyatlariga ko’ra Flaviviridae oilasiga kiritilgan. Gepatit S virusining o’lchami 30-80 nm, qobig’i bor, genomi bir ipli musbat RNK dan iborat. Gepatit S boshqa o’tkir gepatitlar orasida 6-48,5% ni, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 5,1% ni tashkil qiladi.
Gepatit S virusi parenteral yo’l, yo’ldosh va jinsiy aloqa orqali yuqadi. Yashirin davri bir necha haftadan 5 oygacha. Kasallikning klinik belgilari gepatit V ga o’xshash. O’tkir gepatit S 50% dan ko’proq hollarda surunkali shaklga o’tadi, shundan 20% bemorlarda jigar sirrozi rivojlanadi. Bu virus jigarning birlamchi raki paydo bo’lishida muhim rol o’naydi.
Gepatit S ga tashxis qo’yishda kasallikning klinik belgilariga, biokimyoviy tekshirishlarga hamda qon zardobida gepatit S virusiga qarshi antitelolarni IFA va RIA usullarda aniqlashga asoslaniladi. Hozir, kasallikni yashirin davrida qondagi virus RNK sini PSR usuli yordamida 5-6 soat ichida aniqlash mumkin. Davolashda, asosan, interferon qo’llaniladi. Maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan.
Gepatit E virusi Gepatit E virusi ko’pgina xususiyatlari bilan gepatit A virusiga va kalisiviruslarga o’xshasa-da, ammo bu oilaga kiritilmagan. Virusning o’lchami 32-34 nm, genom bir ipli musbat RNK dan iborat. Bemorning najasi elektron mikroskop ostida tekshirilgaida Ye virusni topish mumkin.
Infeksiya manbai bemor; kasallik suv orqali tarqaladi. HEV ning yuqishi fekal-oral yo’l bo’lib, ko’pincha 15-30 yoshdagi odamlar kasallanadi. Homilador ayollarda og’ir kechadi. Gepatit Ye epidemiya shaklida tarqalib, har 7-8 yilda qaytalanib turadi. Markaziy Osiyo davlatlarida gepatit Ye ko’proq uchraydi. 1997 yili O’zbekistonda bo’lib o’tgan gepatit epidemiyasi HBV bilan bog’liq bo’lgan, degan ma’lumotlar bor.
Kasallikniig yashirin davri 14-50 kun. Gepatit Ye ning klinik belgilari, asosan, gepatit A ga o’xshaydi, lekin kasallik asta-sekin rivojlanadi.
Gepatit E epidemiyalari vaqtida bu kasallik bilai og’rigan homilador ayollar o’limi 10-40% gacha bo’lishi mumkin. Kasallikning og’ir kechishi homilaga keskin salbiy ta’sir qiladi, bunda har ikki boladan biri o’lik tug’iladi. Kasallikdan so’ng kuchli, butun umr davom etadigan immunitet hosil bo’ladi. Genatit Ye ga laboratoriya tashxisi qo’yish uchun bemorning qon zardobida gepatit E ga qarshi antitelolar aniqlanadi. Kasallikning boshlang’ich davrida bemor najasini immunoelektronmikroskopiya bilan tekshirib gepatit E virusini topish mumkin.
Umumiy profilaktikasi gepatit E ga o’xshash, maxsus profilaktikasi hali ishlab chiqilmagan.