Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə86/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

23 - MA’RUZA
MAVZU: VIRUS- BAKTERIOFAG, TUZILISHI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

  1. Bakteriofaglarning tuzilishi

  2. Bakteriofaglarning ochilish tarixi

  3. Lizis hodisasi, lizigeniya

  4. Fagoprofilaktika va fagoterapya



TAYANCH IBORALAR: nukleotid, DNK, RNK, kapsid, lizis, lizogeniya, bakteriofag, fagoprofilaktika, fagoterapya


Bakteriya viruslari (bakteriofaglar)
1917 yilda fransuz mikrobiologi D.Errel ichburug’ qo’zg’atuvchisi kulturasiga bemor najasini suzib qo’shganda, bakteriyalarni lizisga uchrashini kuzatgan.
Ichburug’ bakteriyalari kulturasini ko’p marta qayta-qayta ekilganda ham lizis qiluvchi omil nafaqat saqlanib qolgan, balki faollashgan. Muallif bakteriyalarni erituvchi omilni “bakteriofaglar” - bakteriyalarni “yeb qo’yuvchilar” (lotincha phagos - yeb qo’yuvchi), bakteriyalarning lizisi bilan tugaydigan bakteriofaglar ta’sirini - “bakteriofagiya hodisasi” deb nomlagan.
Bakteriofaglar nomenklaturasi, ularga moyil xo’jayin turining nomiga bog’liq. Masalan, ichburug’ bakteriyalarini lizis qiluvchi faglar, ichburug’ faglari, salmonellalarniki - salmonella bakteriofaglari, bo’g’ma bakteriyalari - bo’g’ma bakteriofaglari deb ataladi.
Morfologiyasi. Ko’pchilik faglar spermatozoid shakliga ega. Ularning “boshi” (nuklein kislotasi tutadi) va dumi bo’ladi. Ma’lum bir faglarda dumi juda qisqa yoki umuman bo’lmaydi. Fag zarrachasining hajmi 20-200 nm, boshining diametri 60-100 nm, duminiki 100-200 nm.
Morfologik tuzilishi bo’yicha bakteriofaglarning bir necha xili tafovut qilinadi. Birinchi xili DNK tutuvchi faglar bo’lib, G’-plazmida tashuvchi bakteriya hujayralarini lizisga uchratadi (108-rasm). Ikkinchi xil faglarda dum bo’lmaydi. Bular kichik RNK tutuvchi faglar bo’lib, bir ipli DNK tutadi. Uchinchi xiliga qisqa dumli TZ va T7 faglar kiradi. To’rtinchi xili ikki ipli DNK tutuvchi va dumida qisqarmaydigan qobiq tutuvchi faglar (T1, T5); beshinchi xili DNK va dumida qisqaruvchi qobiq tutuvchi, bazal plastinkasi har xil shakldagi faglar (T2, T4, T6)dir.
Hamma faglar ichida eng o’rganilgani T faglar hisoblanadi (ingl. Type - tipga xos). T guruhiga 7 ta koli-shigella faglari kiradi: 4 ta tok (Tl, TZ, T5, T7) va 3 juft (T2, T4, Tb). Shular ichida T juftli faglar murakkab tuzilishga ega. Masalan, T2 fag geksonal shakldagi bosh va dumdan iborat. Dumi ichi bo’sh naycha ko’rinishida bo’lib, uzunligi taxminan 8 nm. Naycha atrofi qisqaruvchi qobiq bilan o’ralgan. Dumining oxirida 6 chetli bazal plastinka mavjud, ular chetlarida qisqa tishlari bo’ladi. Tishlarining har biridan 150 nm uzunlikdagi iplar ketadi. Bazal plastinka va iplar faglarni bakterial hujayraga adsorbsiya kdlish jarayonini amalga oshiradi.
Faglar boshqa viruslar kabi nuklein kislota va oqsildan tashkil topgan. Ular bir ipli va ikki ipli DNK tutadi. DNK tutuvchi ma’lum bir
faglar tarkibiga noyob azot qoldiklari kiradi. Masalan, T2 fagda sitozin o’rniga 5-oksimetilsitozin bor. Bir necha faglar RNK dan tashkil topgan.
Ma’lum bir faglar (T2) dumining distal qismidagi qobig’i ostida lizosim fermenti mavjud. T2 fagining boshi ichida poliamin (spermin, putressin) tabiatli ichki oqsil bor. Bu oqsil fagning DNKsini superspirilizasiya qilishida katta ahamiyatga ega, chunki DNK faqat shunaqa ko’rinishda fagni uncha katta bo’lmagan boshiga sig’adi.
Chidamliligi. Odam viruslari ichida faglar fizik va kimyoviy omillar ta’siriga chidamli. Ularning ko’pchiligi 65-70°S inaktivasiyaga uchraydi. Ular muzlatishga, past haroratga va quritishga chidamli. Sulema (0,5%), fenol (1%) eritmasi ta’sirida ham o’z faolligini sakdab qoladi. Ularga 1%li formalin eritmasi, UB nurlar, ionli radiasiya ta’sir ko’rsatadi. Oxirgi past mikdorlarda mutasiyaga olib keladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin