Odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bo’lib, u optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolutsiya jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan tushuntiriladi.
Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir.

Ko‘z optik sistemasidagi kamchiliklar va ularni bartaraf qilish
Ko‘zning optik sistemasiga ba’zi kamchiliklar xosdir. Akkomodatsiya yo‘qligida normal ko‘zning orqa fokusi to‘r pardaga to‘g‘ri keladi, bunday ko‘zga emmetropik ko‘z deyiladi va bu shart bajarilmaydigan hollarda ametropik ko‘z deyiladi.

Ametropiyaning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari yaqindan ko‘rish (miopiya) va uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya) hisoblanadi.
Yaqindan ko‘rish (miopiya)— ko‘z kamchiligi bolib, akkomodatsiya yo‘qligida orqa fokusning to‘r parda oldida yotishidan iboratdir. Yaqindan ko‘ruvchi ko‘zni korrektsiyalash (tuzatish) uchun sochuvchi linza ishlatiladi