Mavzu Kirish


Maksimal quvvatda ishlaganda tezlik chidamliligi



Yüklə 249 Kb.
səhifə9/13
tarix25.10.2023
ölçüsü249 Kb.
#161259
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 ABDULXANOVA RUXSORA

Maksimal quvvatda ishlaganda tezlik chidamliligi davomiy­ligi 2-10 daq. Va undan ko’p davomiylikdagi mashqlarni bajarishda nomayon bo’ladi. Mazkur bo’lak ichida vaqt chegarasi oraliqlari turli yoshdagi shaxslar uchun bir hil emas.
Ayniqsa, bu farq kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
By hol bolaning o’sishi va rivojlanishi natijasida organizmda yuz beradigan morfologik, funkstional, yurak-qon tomir, asab-mushak na boshqa tizimlaridagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Yuqori malakali sportchilardan ushbu bo’lakka 1500-5000 m ga yuguruvchilar, 400- 500 m ga suzuvchilar, 3000, 5000 va 10000 m; ga konkida yuguruvchilar kiradi.
Chidamlilikni rivojlantirishning asosiy vositasi mashg’ulot masofalarida kritik tezlikka yaqin, teng va bir oz ko’proq sur’atda
harakatlanishdir. Ta’siri bo’yicha bunaqa ish organizmda kislorodning maksimal iste’mol qilinishiga sabab bo’ladi va uzoq vaqt davomida uni yuqori darajada saqlab turish imkonini beradi. Ishlayotgan mushaklarni energiya bilan ta’minlash jarayoni — aralash, aerob-anaerob.
Mazkur bo’lakda chidamlilikni rivojlantirish uchun o’zgaruvchan, takroriy va oraliq usullar qo’llaniladi. O’zgaruvchan usulda harakat tezkorligi o’rtachadan bellashuv tezligigacha bo’lishi mumkin.
Mushaklarning ta’sirchanlik qobiliyati – asab mushak apparatining (AMA) o’ziga hos hususiyati, mushaklarning shiddatli mehanik cho’zilishidan so’ng keskin namoyon bo’ladigan kuchli harakat urinishi.
Portlash kuchi inson harakatlarida mushaklarning izotermik va dinamik ishi tartiblarida namoyon bo’ladi. Dinamik tartibda, odatda, turli kattaliklardagi tashqi qarshiliklarni engishga to’g’ri keladi.
Og’irliklar bilan va sakrash mashqlari takror - seriyali usulda bajariladi, ularning eng ko’p tarqalganlari quyida keltirilgan.
1-yo’l. Vazn maksimaldan 60-80%. Yondashuvda maksimal tezlikda 4-6 takrorlash bajariladi. Takrorlashlar orasida mu-shaklarni bo’shashtirish lozim.
Takrorlashlar sur’ati o’rtacha. Har bir seriyada 2-4 yondashuv, oraliqda 4-6 daq Tanaffus. Mashg’ulotda 2-4 seriya, oraliqlarda 6-8 daq. Tanaffus.
2-yo’l. Vazn 60-80%. Mashqlar reversiv tartibda, ya’ni mushaklarning yon beruvchi tartibidan engib o’tuvchi tartibiga o’tish bilan bajariladi. Og’irlikni balandlikning 1/3 qismiga qadar ko’tarib, keskin tushirish kerak va o’sha zahoti ko’taruvchi engib o’tuvchi tartibga o’tish lozim. Yondashuvda 3-5 takrorlashlar baja­riladi. Seriya 2-3 yondashuvdan iborat, oraliqda 4-6 daq tanaffus. Mashg’ulot 7-8 daq. Tanaffusli 2-4 seriyadan iborat.
3-yo’l. Mushaklar – oyoqlarni rostlovchilar uchun mashg’ulot. Elkada og’irlik bilan balandlikdan sakrab tushish. Vazn 30-60% oraliqda bo’lishi mumkin. Har bir sakrab tushish amortizastiyali o’tirishdan so’ng, yon beruvchi tartibdan darhol engib o’tuvchiga o’tish bilan bajariladi. Yondashuvda 4-6 marta sakraladi. Har bir seriyada 2-3 mashq bo’lib, oraliqda 6-8 daq. Faol hordiq.
4-yo’l. Oyoq mushaklarining portlash kuchini rivojlantirish uchun sakrash mashqlari. Mashqlar maksimal og’irliklar bilan bir va ko’p marta sakrash orqali bajariladi.
Bir martalik sakrashlarni joyida o’tkazish mumkin. Bir seriyada 4-6 marta sakraladi, seriyalar orasida kuch qayta tiklangunga qadar tanaffus qilinadi. Mashg’ulot davomida 3-5 seriya bajariladi.
Ko’p martalik sakrashlar 4 martadan 10-12 martagacha bir oyoqda yoki ikki oyoqda bajariladi. Yondashuvda 3-4 marta sakraladi, seriyada 2-3 yondashuv mavjud, tanaffuslar 3-4 daq. Seriyalar miqdori qattiq charchash alomatlari paydo bo’lgunigacha.
Portlash kuchini va mushaklarning ta’sirchanlik qobiliyatini rivojlantirishda «jadal» usul alohida ajralib turadi. U pastga tushayotgan og’irlikning kinetik energiyasidan foydalanishga mo’ljalllangan. Balandlikdan sakrab «qo’nayotganda» amortizastiya vaqtida mushaklarning yuk energiyasini yutish jarayoni yuz beradi.

Yüklə 249 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin