Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot


Dvigatel mexanizmlari va sistemalari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə24/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

Dvigatel mexanizmlari va sistemalari.

Porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi mexanizm va tizimlardan tashkil topgan: krivoship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi hamda va ta’minlash tizimlari. Bundan tashqari, karbyuratorli dvigatellarda majburan o’t oldirish, dizel dvigatellarida esa yuritish tizimi bor.

Krivoship-shatunli mexanizm gazning kengayishdagi bosimini o’ziga qabul qiladi hamda porshenning to’g’ri chiziqli ilgarilama va qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o’zgartirib beradi. Uni tashkil qiluvchi detallar (1.1-rasm) : silindr 5, halqalari bo’lgan porshen 4, porshen barmog’i 6, shatun 7, tirsakli val 8 va maxovik 10. Silindrning ustki qismi silindr golovkasi 9 bilan berkitilgan.

1.1-rasm. Porshenli ichki yonuv dvigatelning asosiy ko’rsatkichlari


Gaz taqsimlash mexanizmi yonilg’i aralashmasi yoki havoning silindrga kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishni boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu mexanizm tarkibiga gaz taqsimlash vali2, gaz taqsimlash valini yuritkich shesternyasi 1, turtkichlar 3, klapanlar 9 hamda prujina 8 kiradi.

Ta’minlash tizimi: benzin hamda havodan yonuvchi aralashma tayyorlaydi, uni dvigatel silindrlariga uzatadi va ishlatilgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi.


Sovitish tizimi: dvigatelning qizigan detallaridan ajralgan issiqlikni atmosferaga tarkatadi va uni eng kulay issiqlik rejimida ishlashini ta’minlaydi. Dvigatel suv yoki havo bilan sovitiladi. Suv bilan sovitiladigan dvigatelda suv g’ilofi, havo bilan sovitiladigan dvigatelda esa maxsus sovitish qovurg’alari bo’ladi.
Moylash tizimi: dvigatelning ishkalanuvchi detallariga moy uzatib, ularning ilashishini kamaytiradi, uning detallarini qisman sovitadi, ishkalanuvchi yuzalarda vujudga keladigan yeyilish zarrachalarini yuvadi hamda moyni tozalab beradi.
Yondirish tizimi: karbyuratorli va injektorli dvigatel silindrlarida ish aralashmasini majburiy ravishda o’t oldirish uchun elektr uchquni hosil qiladi va uni ma’lum tartibda silindrlarga yuboradi.
Yuqori chekka nuqta (yu.ch.n.) porshenning tirsakli val o’qidan eng uzoqlashgan silindr ichidagi yuqori turish holati.(1.2-rasm)
Pastki chekka nuqta (p.ch.n.) – porshenning tirsakli val o’qiga eng yakinlashgan silindr ichidagi pastki holati. (1.2-rasm)
Porshen yo’li – porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtagacha harakatlanganda bosib utilgan masofa. (S 1.2-rasm)
Porshen yo’li S porshenning har bir utgan yo’lida tirsakli val uz o’qi atrofida ½ marta aylangandagi, ya’ni 1800 burchakka burilgandagi masofa.


    1. Yüklə 0,65 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin