Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot


-mavzu: Differentsial va yarim o’qlar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə115/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

23-mavzu: Differentsial va yarim o’qlar


Reja
1. Differentsial va yarim o’qlarning vazifasi

2. Differentsial va yarim o’qlarning tuzilishi


3. Differentsial va yarim o’qlarning ishlash uslubi
Differentsial kuch uzatmaning mexanizmi bo’lib, u burovchi momentni belgilangan nisbatda ikkitayetaklanuvchi valga tarqatadi va ularni har xil burchak tezligida aylantiradi. Differentsiallar vazifasiga ko’ra g’ildirakaro va o’qaro turlariga bo’linadi. Hozirgi vaqtda hamma avtomobillar g’ildirakaro differentsialga ega va ularda asosan konussimon shesternyali differentsiallar qo’llaniladi. O’qaro differentsiallar ko’p yuritmali avtomobillarda ishlatilib, ular konussimon yoki mushtchali (kulachokli) bo’lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, differentsiallar momentlarni vallarga uzatishi bo’yicha mutanosib va nomutanosib turlarga bo’linadi. Avtomobillarda yuqorida qayd etilgandek, konussimon shesternyali differentsial keng tarqalgan bo’lib (59-rasm), u yarim o’q shesternyalari 2 va 6, satellitlar 5 va 9, krestovina 4 va differentsial qutisini tashkil qiluvchi kosachalar 7 dan iborat.

Xususan bunday differentsiallarda satellitlar soni yuk avtomobillari va avtobuslarda uchta yoki to’rtta,yengil avtomobillarda esa ikkita bo’ladi. O’z navbatida satellitlar krestovinaning tsilindrik barmoqlari 4 ga erkin o’tqazilgan. Krestovina satellitlar bilan yig’ilgan holda barmoqlar orqali differentsial qutisining devorlaridagi teshikchaga kiritiladi. Avtomobil burilganda uning ichki g’ilidiragi bilan yo’l orasidagi ishqalanish kattaroq bo’lganligi sababli tashqi g’ildirakka nisbatan kam yo’l bosib o’tadi. Shunga ko’ra, ichki g’ildirak va u bilan bog’liq bo’lgan g’yarim o’q shesternyasi differentsial qutisi 7 ga nisbatan kam yo’l bosib o’tadi. Binobarin, ichki g’ildirak va u bilan bog’liq bo’lgan yarim o’q shesternyasi 6 differentsial qutisi 7 ga nisbatan sekin aylanib, orqada qolishga majbur bo’ladi. Shu sabali satellitlar 5 va 9 o’z o’qi atrofida aylanib, ikkinchi yarim o’q shesternyasi 2 ni kamroq moment bilan tezroq aylantiradi, natijada tashqi g’ildirak ham tezroq aylanadi.


Shuni ham aytib o’tish kerakki, sirpanchiq yo’lda harakatlanayotgan g’ildirak umuman qarshiliksiz o’z o’rnida aylanishi sabali, quruqlikdagi g’ildirakka deyarli burovchi moment uzatilmaydi yoki bu g’ildirakni aylantirish uchun lozim bo’lgan miqdordagi burovchi moment uzatilmaydi.
Chunki sirpanchiq yo’ldagi g’ildirak qarshiligi va ilashuvi juda ham oz bo’lgani differentsialdagi satellitlarga yarim o’q shesternyasidan tushadigan yuklanishni ham g’oyat darajada kamaytirib yuboradi. Buning natijasida sirpanchiq yo’ldagi g’ildirak o’z o’qi atrofidayengil aylanadi, lekin shunga ko’ra quruqlikda tayanib turgan g’ildirak umuman aylanmaydi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin