Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot


Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorlarining vazifasi, tuzilishi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə131/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorlarining vazifasi, tuzilishi.
Stabilizator (18.3-rasm) avtomobilning ko’ndalang tekislikdagi turg’unligini yaxshilaydi.

18.3-rasm.Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorining kinematik sxemasi.


1 – shtanga;
2 – vtulka;
3 – tirgak, ustun.

Stabilizatorlar yengil avtomobillarning mustaqil old osmalarida o’rnatiladi, lekin zaruriyat bo’lsa, ketingi osmalarda ham qo’llaniladi. Stabilizator P-simon shaklda bo’lib, yumaloq elastik po’lat sterjendan 1 yasaladi. Sterjen 1 ning o’rtasidan rezina tayanch 2 yordamida kuzovga mahkamlanadi. Sterjen uchlari ikkita ustun 3 bilan rezina yostiqchalar yordamida osma richaglariga sharnirli mahkamlanadi. Lekin ba’zi konstruksiyalarda sterjen 1 richagga to’ppa-to’g’ri mahkamlanishi ham mumkin.

Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorining ishlash prinsipi quyidagicha. Avtomobil burilayotganida kuzovi bir tomonga og’adi, ustun 2 ning bittasi yuqoriga, ikkinchisi pastga harakatlanadi. Natijada sterjen 1 buraladi va unda hosil bo’lgan elastik kuch kuzovning burchakli og’ishiga qarshilik qiladi, kuzov ichidagi yo’lovchi o’zini komfortli sezadi.
Yuk avtomobilining nomustaqil ressorali osma konstruksiyasi 18.4-rasmda ko’rsatilgan.

18.4-rasm.Yuk avtomobilining ressorali nomustaqil osmasi.


1,2,8,9-kronshteynlar; 3-stremyanka; 4-ustki nakladka; 5-ressor osti ressorasi; 6-oraliq list; 7-ressora; 10-suxar; 11,14-barmoqlar; 12-vkladish; 13-ostki nakladka; 15-vtulka

U ressora 7 va ressora osti 5 ressorasidan iboratdir. Ressora 7 va uning ustiga ressora osti 5 mahkamlanib, birgalikda stremyanka 3 va 4,13 qoplamalari yordamida ketingi o’q to’siniga mahkamlangan. Ramaga 2 va 8 kronshteynlari parchinlangan bo’lib, ular orqali ressora osti 5 qismiga ramadan kelayotgan kuch uzatiladi. Ressora 7 ning oldingi qismi kronshteyn 1 ga barmoq 14 va vtulka 15 orqali faqat o’z atrofiga buralaoladigan qilib mahkamlangan. Ressoraning ketingi qismi esa kronshteyn 9 ga ozod o’rnatilgan.

Mustaqil richag-prujinali osma konstruksiyasi 4.16 - rasmda ko’rsatilgan.

18.5-rasm.Yengil avtomobilning richag-prujinali mustaqil osmasi.
1-tirgakning yuqorigi sharniri; 2-ninasimon podshipnik; 3-shkvoren; 4-siljimaydigan bolt; 5-tirgak; 6-yuqorigi richag; 7-qaytarish buferi; 8-amortizator g’ilofi; 9-amortizator; 10-qistirma; 11-prujina; 12-amortizator rezina vtulkasi; 13-yuqorigi richaglar o’qi; 14-rostlagich qistirma; 15-yuqorigi rostlagichlar vtulkasi; 16-ko’ndalang to’sin; 17-barmoq; 18-pastki richaglar vtulkasi; 19-pastki richag; 20-prujinaning tayanch pallasi; 21-rezina metall sharnir; 22-siqish buferi; 23-tirgakning pastki sharniri; 24-salnik; 25,30- gupchak podshipniklari; 26-g’ildirak to’g’ini; 27-g’ildirak diski; 28-g’ildirak gupchagi; 29-burish sapfasi; 31-yopqich; 32-rostlagich gayka; 33-tutqich shayba; 34-g’ildirakni mahkamlash shpilkasi.

Osma yuqorigi 6 va pastki 19 richaglar hamda ustundan 5 iborat bo’lib, shkvorenli mustaqil osma hisoblanadi. Osma ko’ndalang turg’unlik stabilizatoriga ham ega. Osmaning yuqorigi 6 va pastki 19 richaglari avtomobil bo’ylama o’qiga tik yo’nalishda tebranadi va ko’ndalang to’singa 15 mahkamlangan. Yuqorigi va pastki richaglar o’rtasiga elastik qism prujina 11 joylashtirilgan bo’lib, uning o’rtasidan so’ndiruvchi qism amortizator 9 o’rnatilgan. G’ildirakning yuqoriga va pastga harakatini cheklagichlar 7 va 22 rezina buferlardan iborat.

Old osmalarda (to’sinlarda ham) bir muammo bo’lib, vertikal o’rnatilgan g’ildiraklar to’singa tushgan og’irlikdan egiladi, natijada g’ildiraklar bir-biriga og’ib aylanganda g’ildirashiga qarshilik juda ortib ketadi. Bu holatdan qutilish uchun chap g’ildirak chap tomonga, o’ngi o’ng tomonga  burchagiga og’diriladi.  - g’ildirakning og’ish burchagi deyiladi (18.6-rasm, a). G’ildirak og’ish burchagining bo’lishi avtomobil harakati davrida (ayniqsa burilishida) yuklanish hisobiga tiklanib yo’lga jipslashib uning turg’unligini yaxshilaydi.

18.6-rasm.Old boshqariluvchi g’ildiraklarning joylashish burchaklari.


 - g’ildirakning vertikal xolatdan og’ish burchagi;  - old g’ildiraklarning yaqinlashuv burchagi; A,B-g’ildiraklarning oldingi va ketingi qismlari orasidagi masofa
Lekin og’ish burchagi  ning bo’lishi g’idiraklar harakati davrida ularni O markazi atrofida burilib harakatlanishga majbur etuvchi kuchlarni paydo etadi. Bu kuchlar g’ildiraklarni sirpanib harakatlanishini taqozo etadi, natijada shinalar tezkor yeyiladi. Bu kamchilikni yo’qotish uchun chap va o’ng g’ildiraklar bar-biriga parallel emas, balki avtomobil bo’ylama o’qiga  burchak ostida joylashtiriladi (18.6 - rasm, b).

G’ildiraklarning yaqinlashuv burchagi  g’ildiraklar orasidagi A va B masofalarning to’g’inlar chetidan g’ildirak markazi balandligida o’lchangan ayirmasiga teng. Bu ayirma har xil avtomobillar uchun 2-12 mm yoki =00201-10. G’ildiraklarning og’ish burchagi  =0-20 bo’lishi mumkin.


Old g’ildiraklarining og’ish  va yaqinlashuv burchaklar bilan joylashishi, ularning yonga sirpanmasdan to’g’ri chiziqli g’ildirashini ta’minlaydi. Avtomobilning ekspluatatsiyasi davrida qismlarining yeyilishi  ,  burchaklarining o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun vaqtida ular rostlanib turadi.
G’ildiraklarning joylashishi burchagiga shkvorenning ko’ndalang  va bo’ylama  tekisliklarda og’ish burchaklari ham kiradi. Ularning mavjudligi g’ildiraklarning stabillanish momentlarini hosil etib avtomobilning boshqariluvchanligini yaxshilaydi. Bu burchaklar rostlanmaydi, osmaning konstruksiyasi hisobiga ta’minlanadi va har xil avtomobillar uchun 4-80ni tashkil etadi.
Samkochavto rusumidagi hamma avtomobillarning old g’ildirak osmalari mustaqil emas, ressorali bo’lib, so’ndiruvchi qism sifatida ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortizatorlar o’rnatilgan.
Ketingi g’ildirak osmalari ham mutaqil emas, ressorali ikki bo’lib so’ndiruvchi qismi ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortizatorladir. Yuk avtomobilining ketingi g’ildiraklariga to’g’ri o’zgarishini hisobga olib asosiy ressoraga, qo’shimcha ressora biriktirilgan.
Mustaqil ressorali osmalardan samkochavto osmalarining farqi shuki, old g’ildiraklar osmasida (Samkochavto 120.14, 85.12, 85.14, M24.9, M24.12, M50, M23.9, M23.12, M29 turbo) ketingi g’ildiraklar osmasida (samkochavto 85.12, 854.14, M24.9, M24.12, M50, M23.9, M23.12, M29 turbo)
Stabilizator – to’sinlar ishlatilgan bo’lib, ular yuk avtomobili va avtobuslar kuzovining avtomobil burilishidagi yon tomonga og’ishini cheklab xarakat turg’unligini yaxshilaydi.
Osmada elastik qismning mavjudligi, kuzovni tik yo’nalishda tebratadi. Tebranishning meyoriy chegarasidan katta chastota va amplitudasi yuk va yo’lovchiga salbiy ta’sir etadi. Demak, kuzov tebranishini meyorlash muammosi paydo bo’ladi.
Osmaning uchinchi asosiy qismi, kuzov tebranishini so’ndirgich – amortizatordir.
Amortizatorlar ikki turli, richagli va teleskopik bo’ladi. Teleskopik amortizatorlar o’z navbatida bir tomonlama va ikki tomonlama ishlaydiganlarga ajraladi. Richagli amortizatorlar zamonaviy avtomobillarda ishlatilmaydi.
Ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortizatorning konstruksiyasi 18.7 - rasmda ko’rsatilgan.

18.7-rasm. Teleskopik amortizatorning tuzilishi


1-kompensatsiya xajmi;
2- yo’naltiruvchi vtulka;
3-prujina; 4-gayka; 5-shtok;
6,7,8-salniklar; 9-holqa - g’ilof;
10-prujina;
11-kalibrlangan teshik;
12-o’tkazgich klapan;
13-qaytarish klapani;
15-vtulka; 14,16-teshiklar;
17-prujina; 18-silindr;
19—rezervuar;
20-porshen;
21-siqish klapani;
22-o’tkazin klapani;
23-ostki qism;
Ikki tomonlama ishlaydigan amortizator nafaqat kuzov yuqoriga harakatlanganda, balki pastga tushayotganda ham uning tebranishini so’ndiradi. Natijada avtomobilning yurish ravonligi yanada yaxshilanadi.

Amortizator uchta bo’lakdan silindr 18 va silindr tagi 23, shtok 5 va porshen 20, hamda yo’naltiruvchi vtulka 2 lardan iborat.


Porshen 20 da doira bo’yicha ikki qator joylashgan teshikchalar bo’lib, yuqori qator teshikchalar 16 tepasidan o’tkazuvchi klapan 12 va uning kuchsiz prujinasi bilan berkilib turadi; pastki qator teshikchalar 14 esa kuchli prujinali 17 qaytish klapani 13 bilan berkitilgan. Silindr tagi 23 da esa siqish 21 va o’tkazuvchi klapanlar 22 joylashgan. Ikkinchi o’tkazuvchi klapan 22 ham kuchsiz prujina bilan teshiklarni berkitib turadi.
Amortizator maxsus suyuqlik bilan to’ldirilgan bo’lib, suyuqlikni bir hajmdan ikkinchisiga haydashda hosil bo’ladigan qarshilikdan kuzov tebranishi so’ndiriladi.
Teleskopik amortizatorning o’ziga xos xususiyati, shtok harakatlanganda ish silindrining ikki tomonidagi suyuqlik hajmini to’ldiruvchi kamera 1 borligidir.
G’ildirak ohista ko’tarilib osma prujinasi siqilganda shtok ish silindriga kiradi. Porshenning kichik bosimi ta’sirida suyuqlik porshen tepasidagi bo’shliqqa va kamera 1 ga o’tadi. Suyuqlik porshenning yuqori qatordagi teshikchalar 16 dan o’tib o’tkazuvchi klapan 12 ni ochadi va porshen tagidan ustidagi bo’shliqqa o’tadi. Shtok siqib chiqargan hajmdagi suyuqlik esa siqish klapani 21 ning kalibrlangan teshiklari 11 dan kamera 1 ga o’tadi va undagi havo bosimini orttiradi. Bu jarayonda siqish klapani 21 kuchli prujina 10 ta’sirida yopiq bo’ladi.
G’ildirak ohista pastga tushib osma prujinasi cho’zilganda, porshen 20 yuqoriga harakatlanib shtok 5 ish silindridan chiqadi. O’tkazuvchi klapan 12 yopiladi va porshen ustidagi bosim oshadi. Natijada porshen ustidagi suyuqlik uning ichki qator teshiklar 14 dan o’tib, klapan 13 va vtulka 15 o’rtasidagi halqa bo’shliqdan porshen osti hajmiga o’tadi. Bosim pastligi uchun klapan 13 yopiq, kamera 1 dagi havo bosimidan suyuqlik silindr tagi 23 teshiklaridan o’tkazish klapani 22 ning kuchsiz prujinasini siqib yana silindrga o’tadi.
G’ildirak tezkor ko’tarilganda porshen 20 tez harakatlanib, silindr ichidagi bosim ortadi. Katta bosim siqish klapani 21 ni ochadi, natijada amortizator qarshiligining ortishi tezkor sekinlashadi. Demak, siqish klapani amortizatorni qattiq turtkilar ta’siridan saqlaydi.
G’ildirak tezkor pastga tushganda porshenning harakat tezligi ortib, porshen ustidagi bosim ham ortadi. Natijada klapan 13 ochilib suyuqlik porshen osti hajmiga tushadi, amortizatorning qarshiligi tezkor kamayadi. Klapan 13 amortizatorni qattiq turtkilar asoratidan saqlaydi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin