Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə148/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

Rul boshqarmasining vazifasi.Rul boshqarmasi avtomobil xarakatlanganda boshqariluvchi g’ildiraklarni burish yo’li bilan uning yo’nalishini o’zgartirish yo’li bilan uning yo’nalishini o’zgartirish va yurishini xaydovchi belgilangan yo’sinda saqlash uchun xizmat qiladi.
20.2-rasm. Nomustaqil osmali rul boshqarmasi sxemasi.

Rul boshqarmasi avtomobillarning aniq va qulay boshqarilishini ta’minlash uchun, rul chambaragiga qo’yiladigan kuch kam bo’lishi, yo’l notekisliklaridan boshqariluvchi g’ildiraklar orqali rul chambaragiga uzatilayotgan turtkilar eng kam bo’lishi, shuningdek rul boshqarmasining sezgirligini belgilovchi ma’lum elastik tavsifga ega bo’lishi va u boshqariluvchi g’ildiraklardan avto-tebranish xosil bo’lishiga imkon bermaslik va rul boshkarmasi va osma qismlari kinematik jixatdan bir-biriga muvofiq bo’lishi lozim.

Boshqariluvchi g’ildiraklarni burish uchun xizmat qiladigan mexanizmlar to’plami rul boshqarmasi deb ataladi.
Rul boshqarmasi rul mexanizmi bilan rul yuritmasidan tashkil topgan bo’lib, ularning umumiy tuzilishi 20.1 rasm a va b da keltirilgan.
Boshqariladigan har bir g’ildirak burilish sapfasi 13 ga o’rnatilgan, u esa old ko’prik balkasiga 11, shkvoren 8 bilan biriktirilgan.
Shkvoren balkaga qo’zg’almas qilib maxkamlangan va uning yuqorigi va pastki uchlari burilishi sapfasining teshikchalariga kirib turadi. Richag 7 sapfani burganda u boshqariluvchi g’ildirak bilan birga shkvoren atrofida buriladi.
Burilish sapfalari bir-biri bilan 9 va 12 richaglar hamda 10 ko’ndalang tortqi yordamida ulangan. Shuning uchun boshqariulvchi g’idiraklar birgalikda bir vaqtda buriladi.
Boshqariluvchi g’ildiraklarni burish, xaydovchi tomonidan rul chambaragini aylantirish bilan amalga ashiriladi.
Rul chambaragini aylantirish natijasida val 2 aylanib, chervyak 3 ni va u o’z navbatida ishlab turgan sektor 4 ni xarakatga keltiradi. Sektor valiga sashka 5 maxkamlangan, u bo’ylama tortqi 6 va richag 7 orqali burilish sapfasini boshqariluvchi g’ildiraklar bilan birga buradi.
Rul chambaragi 1, val 2, chervyak 3 va sektor 4 birgalikda rul mexanizmini tashkil etadi va u xaydovchining rul chambaragiga qo’ygan momentini boshqariluvchi g’ildiraklarni burish uchun oshirib beradi.
Sashka 5, bo’ylama tortqi 6, burilish sapfalarining 7, 9, 12 richaglari va ko’ndalang tortqi 10 rul yuritmasini tashkil etadi, bu uzatma sashkaga uzatilgan kuchni, boshqiriluvchig’ildiraklarni bo’luvchi sapfaga uzatadi.
Ko’ndalang tortqi 10, 9 va 12 richaglar boshqariluvchi g’ildiraklarning burilish buchaklarini muvofiqlashtiriruvchi rul trapetsiyasini xosil qiladi. Rul chambaragi tarnsport xarakati yo’nalishiga muvofiq ravishda avtomobil kabinasi yoki yengil avtomobil kuzovi ichida o’ng va chap tomonga o’rnatilishi mumkin.
Bizning mumlakatda va boshqa ko’pgina, mamlakatlarda o’ng tomonlama xarakat qoidasi joriy etilganligi sababli, rul chambaragi ro’baro’ kelayotgan transportni yaxshi ko’rishi uchun chap tomnga o’rnatilgan.
Rul mexanizmi orqali momentining ortirilishi, uzatmalar soniga bog’liq bo’lib, u rul chambaragi burilishi burchagining sashkaning burilish burchagiga bo’lgan nisbati bilan baxolanadi.

bu yerda rul – rul chambaragining burilish burchagi, gradus.


sashka – sashaning burilish burchagi, gradus
Rul mexanizmi turiga bog’liq xolda (ishga juftliklari) uzatishlar soni doimiy yoki o’zgaruvchan bo’lishi mumkin ya’ni g’ildirakni burish jarayonida uzatmalar soni o’zgarishi mumkin.

Yengil avtomobillarda rul mexanizmining uzatmalar soni Urm12…20, yuk avtomobillarda esa Upm15…25 ni tashkil etadi.


Rul yuritmasining uzatmalar soni burilish sapfasi va rul sashkasidagi richaglarning yelakalri nisbatiga bog’liq. Boshqiriluvchi g’ildiraklar burilgnda bu richaglarning qiyalik urchagi o’zgarishi sababli rul yuritmasining uzatishlar soni Uryu o’rtacha 0,85 dan 1,1 gacha o’zgaradi.
Rul boshqarmasining uzatish soni (Urb) quyidagicha aniqlanadi.
Urb  Urm Uryu
Boshqariluvchi g’ildiraklar cheklangan miqdorda 280…350 burchakka buriladi. Buning sababi shuki, g’ildiraklar burilganda avtomobil ramasiga, qanotiga va boshqa detallarga tegib g’olmasligi kerak.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin