Silindrlar blokinng kallagi silindrlarning tepasini yopadigan qopqoq hisoblanadi. Zich yopilishini ta’minlash uchun ularning yuzalariga tekis ishlov beriladi. Silindrlar blokining kallagi murakkab konstruksiyaga ega bo‘lib, porshen YUCHN ga yetganda uning tepasida
yonish kamerasi hosil bo‘ladi (17-rasm). Yonish kamerasining shakli, klapanlarning joylashuvi va soni, sovitish tizimining turi, shuningdek silindrlar kallagiga yondirish o‘t oldirish shamini yoki forsunkani o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yonish jarayonining effektivligini oshirish maqsadida yonish kamerasi turli shaklda ishlanadi. Deyarli barcha benzinli dvigatellarning silindrlar kallagi yaxlit holda quyib tayyorlanadi.
P orshenlar. Silindrda sodir bo‘la*kompressor
sharoitida, ayniqsa siqish va ish yo‘li *moy
sidirgic
taktlarida yuqori bosimga va harorata halqa ega bo‘lgan gazlar ta’sirida porshen o‘rindig’i
qiziydi va yediriladi, bundan tashqari, *porshen
unda massasidan uzluksiz o‘zgaruv- barmoginin g
o ‘rindig i
chan inersiya kuchlari vujudga keladi
(18-rasm). 18-rasm. Porshen. Porshen xalqalari yuqori harorat va bosimga ega bo‘lgan gazlar, shuningdek o‘zgaruvchan qiymatga ega bo‘lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Porshen xalqalari ko‘pincha maxsus cho‘yandan, ayrim xollarda po‘latdan ham tayyorlanadi. Porshen halqalari vazifasiga ko‘ra kompression va moy sidirgich bo‘ladi. Kompression halqalar silindr va porshen oraliqlarini zichlashtiradi hamda silindrda hosil bo‘lgan gaz bosimini karterga o‘tishidan salaydi (18-rasm).
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridagi ortiqcha moylarni sidirib ularni yonish kamerasiga o‘tishini cheklab turadi (18-rasm).