Mavzu: kirish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə41/55
tarix14.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#53769
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Reja Adabiyot-so’z san’ati

Savol va topshiriqlar:

1. Rabg'uziy qayerda tug'ilgan?

2.«Qissasi Rabg'uziy* qanday asar? Asarning yaratilishida «Qur'on»ning qanday ta'siri bor?
-110-
3. Rabg'uziy qissalari qaysi mavzularda bahs yuritadi?

4. Qissalar kompozitsiyasi haqida nimalar deya olasiz?

5. «Qissasi Rabg'uziy»ning xalq orasida keng tarqalishiga qaysi omillar sabab bo'lgan?

6. Rabg'uziyning shoirlik mahorati haqida gapirib bering. Bahor haqidagi g'azalni yod oling.

7. Dovud payg'ambar bilan bog'liq qissada qanday muammolar ko'tarilgan?

8. «Luqmon va uning xojasi» hikoyatida nima haqida bahs yuritiladi?

9. Rabg'uziy asarlarida xalq og'zaki ijodining ta'siri qaysi o'rinlarda ochiq ko'rinadi?

10. Rabg'uziy hikoyatlarining asosini ko'pincha real hayotiy voqealar tashkil etadi, deyish mumkinmi? Buni siz qanday izohlagan boiar edingiz?

11. «Uzum hikoyati»ning asosiy g'oyaviy yo'nalishi nimada?

12. Uzum hikoyatida qaysi hayvonlarning nomi qayd etilgan? Ular boshqa asarlarda ham uchraydimi? Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

13. «Ilon va Qarlug'och» hikoyatidagi asosiy ziddiyat nimada? Bu ziddiyat qanday hal qilingan?

14. Hikoyatda ishtirok etgan hayvonlarning tabiiy holati bilan badiiy tasvirda uyg'unlik bormi? Bu qanday amalga oshirilgan?

15. Hikoyatlar tilidagi qanday o'ziga xosliklar e'tiborni tortadi? Ularda leksik, morfologik va uslubiy jihatdan qanday ayirmalar mavjud?

16. «Sulaymon Qarinchqa bilan so'zlashgani» hikoyatining rejasini tuzing.

Hikoyat savol-javoblarga tayanadi. Ana shu munozarada Sulaymon va qarinchqaga xos qanday xislatlar namoyon boimoqda?
17. «Bilqis hikoyati»ni qanday qismlarga ajratish mum-kin? Har bir qismga alohida sarlavhalar qo'ying.

18. Qismlar orasidagi bog'lanishlar qanday ta'minlangan? Bog'lovchi vositalarni izohlab bering.

19. Bilqis qiyofasida qanday ayol tasvirlangan? Unga o'z munosabatingizni bildiring.

20. «Rabg'uziy qissa va hikoyatlar ustasi» mavzusida insho rejasini tuzing. Shu reja asosida insho yozing.

21. Rabg'uziyni nima uchun ham nosir, ham shoir deymiz?

22. Rabg'uziy g'azalida bahorning kelishi qaysi belgilar asosida ko'rsatilgan? Buning uchun adib qanday so'zlardan foydalanmoqda?

-111-


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin