Mavzu: kirish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə17/55
tarix14.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#53769
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Reja Adabiyot-so’z san’ati

Mehr yasht Mitra alqovi

Mitraga topinurmiz, Otlari serg'ayratga, Keng tuyoqdor otliga, Qonxo'r yov tomon yelgan. Zich saflarni yorguvchi, Yog'iy yurt yovlarining Mitra yelib borgan, chog'- Qonxo'r yov safi tomon. So'qishgan mamlakatlar Lashkarlari oralab. So'zga xoin odamlar, Qo'lin ortidan tutar. Ko'zlarin ko'rmas qilar, Quloqlarin etar kar. Oyoqlarin shol etar, Kuchin qirqib zarbasin. So'zni buzgan yovlarning va el-yurt, mamlakatning, Jazosin shunday berar Yaylovi cheksiz

-19-

Mitra. Baxt uchundir namozim, Baxt uchun ibodatim.



Mitraga topingaymiz... Makonini Axura Mazda Yaratganga topindim, Xara tog'in ustida Yon bag'irlari son ming. Porloq nurafshon yerda, Qorong'usi, tuni yo'q, Sovug'-u jazirasi O'lim keltirgich dardi. Devlardan tushgan la'nat, Zulmat ko'tarilolmas Xarati cho'qqisiga.Abadiy avliyolar Unda makon tuzdilar. Bashorat va imon-la Buyuk quyosh bilan teng. Bu makonni yuksakdan, Va borliq, bu dunyoni Mitra ко'rib turgichdir. Yovuzlik uchun Qabih Indan chiqqan chog'dayoq, Uchqur arobasiga Otlarin qo'shar Mitra, Yaylovlari keng xudo Qudratli Sraosha bilan Hikmatli Narya Sanha Yordami bilan Mitra Yolg'onchini o’ldirar, Garchi u saf-saf bo'lsin Va yoki yakka tursin. Baxt uchundir namozim.

Mitraga topinurmiz... Mitraga topinurmiz... Xurmuzg'a yaling'uvchi Dast ko'tarib qo'llarin Xoliqqa topinguvchi Shunday o'tinchni so'zlab Barcha xilqat panohi Men Mitra savobkorman. Asraguvchi borliqni Men Mitra savobdorman. Lekin meni duo-la Nomimni takrorlabon, Odamlar e'zoz etsa, Boshqa xudolar nomin Takrorlab duolarda Namoz o'qigan kabi. Meni ham e'zozlashsa, Yod etib namozlarda, Duolarda nomimni Boshqa xudolar nomin Namozda aytgan kabi duolarda, Men tushib kelur edim Odamlarga Haq bo'lib, O'lmas umrim bo'lagin Baxsh etardim ularga. Noming takrorlaguvchi Namoz-la yod etarlar, Taqvodorlar baralla Xayr-u ehson eltarlar. Nomingni ataguvchi, Namoz-la sajda qilgum,

Qudratli Mitra senga, Xayr-u ehsonlar qilgum. Nomingni yod etguvchi.

Sajdamga quloq solgil.Sajdamga quloq solgil, Xush qabul qilgil Mitra, Iltijom qabul ayla. Ehsonimga yaqinlash, Qurbonliklar keltirdim, Qabul et osh bo'lsin ul Olg'il Sharaf uyig'a. Baxt uchun namozimdur, Baxt uchun ibodatim. Mitraga topinurmiz, Ul sharafga loyiqqa Ajib hurmat sazoga. Xohlaganda shafqatli, Obod-u farog'atli.

Yuz ming tuman ko'zli ul, Qudratli va bilgichga, Aldovlarga uchmasga. Baxt uchundir namozim. Mitraga topinurmiz, Tik qomat va uyg'oqqa, O'tkir ko'z shijoatkor Duoni tinglaguchiga. Suvni yo'naltirguvchi, O't-o'lan o'stirguchiga Yerni shudgor qilguvchi Pur hunar ul oqilga, Yolg'onlarga bo'y bermas, Yaralgan xilqatiyga. So'z ustidan chiqmaslar Undan madad ololmas. Yolg'onchi baxtdan mahrum Savoblardan bebahra, G'azabga kirganing chog' Ular qo'li shol bo'lur. Oyoqlarda tik turmas, Ikki ko'zdan nur ketib, Quloqlari kar bo'lur, Qul bo'lsin ibodatim.

Mitraga topinurmiz, O'sha qalbida imon, Go'zallik-la yo'g'rilgan Zotgadir namozimiz. Unga kim topinsa gar, Topgay ulug' bir suyanch. Inson baxtini o'ylab, U eltar din urug'in Yetti iqlim yer bo'ylab. Uchqurlar aro uchqur, Ezgular ichra ezgu, Jasurlar ishra jasur, Shijoatkordan epchil. Gullatguvchi barchani, Ma'mur etguvchi elni Podalar etib ato,O'g'illar

ko'paytguvchi, Muqaddas hayot bergich Va haqqoniy hokimlik [Berguvchi taqvodorga]. U

bilan Ashi hamroh, U bilan Arta hamroh, Ul muqaddas, ul boylik, Tezyurar arobada. Erlar jo'mardligi ham, Kaviylar Hvamosi. Shohona qattiqqo'llik Muzaffarlik xudosi,

-20-
Taqvodorlarning ruhi — Barchasi uning bilan U bilan kim birodar Bo'lar bari taqvodor. Baxt uchundir namozim, Baxt uchun ibodatim, Mitraga topinurmiz.. G'ildiraklari baland Osmoniy arobani Boshqarar Kunchiqardan, Parvoz etib purviqor. Yorqin Xvaniratadek Ko'rkam iqlim ustidan, Mazda bergan baxt hamroh. Muzaffarlik yo'ldoshi U bilan birga O'ktam Ashi aroba haydar, Mazdaga iymonli din Yo'llarin forig' etar. Osmoniy arg'umoqlar Yarqiroq va porloqlar, Nurafshon-u oppoqlar Tanin soyasi yo'qlar Arobani eltarlar, Samo kengliklarida. Zafar ma'budi esa Yo'llagay olislarga Solib qo'rquv va dahshat, Mag'zini uzmaguncha. Hayotining tirgagin, Majaqlab buzmaguncha. Hamlada etar yakson Teri, tuk suyaklarin, Qon-u miyasi birla Qorishar, kim riyokor. Baxt uchundir namozim... Mitraga topinurmiz... Shodlikni kanda qilmay, Qo'lin ko'kka ko'tarib, Xurmuzd parvardigorga Yolvorib, deydi shunday: «О, muqqadas Ruh, xoliq», Ezgu borliq yaratgan! Meni ham e'zozlashsa... Makonni asragaymiz, Tark etmay uni aslo! Xonadonni asraymiz, Urug'ni asragaymiz, Elni tark etmagaymiz, Mamlakatni avaylab, Dushmandan qudratli qo'l, Asragan kabi barin. Yovlar aro yovlikni Sen parchalarsan, Mitra! Qiron sol ezgulikning Qotiliga, о Mitra, O, otlari xush atvor, Arobasi purviqor. Kim yordamga chorlasa, Doim yordamga tayyor. Sendan so'rayman madad, Kelgin bizga yordamga.

Ehsonlardan bo'l mamnun,Xayr-u qurbon mo'l-u ko'l.Yo'lingga bag'ishladik,Himoyangda turmoq-chun,Uzoq umrlar ko'rib,Makoningda yurmoq-chun.Qo'riqlaysan yurtlarni. Topinsa gar Mitraga Yaylovlari cheksizga, Qaqshatarsan ellarin. Mitraga bo'ysunmasning, Seni madadga chorlab, Deyman, kelsin ko'makka. Qudratli va Omilkor, Maqtovlarga loyiq zot, Sharafga loyiq Mitra, Mulkda Buyuk hukmdor. Baxt uchun namozimiz... Mitraga topinurmiz ... Makon ato etar ul, Rashnudan so'ngra in'om Avlodlarga abadlik. Makonni asraguvchi, Rostgo'ylar himoyati, Sen jamoa homiysi, Rostgo'ylar tayanchisan, Ato etarsan solih Farzandlar va g'oliblik, Axuradan paydodir. Mahshar kuni so'roqda, Xarobdir riyokorlar, To'p-to'p bo'lib yotarlar. Baxt uchun namozimiz...

Mitraga topinurmiz,

Makon ato etar ul. So'ngra Rashnudan in'om -Abadlik avlodlarga. Ming hunar

ato etdi Unga Axura Mazda. Yuz ming tuman ko'zli zot, Shu ko'zlar bilan Mitra, Shu ilm-u hunar birla. Yolg'onchini kuzatar, Jazolar burdi yo'qni, Ko'zlar sharofati-la, Hunarlar hikmati-la. Aldovlardan xalos ul, Qudratli xudo Mitra. Yuz ming tuman ko'zli zot, A'lam va kuchli ma'bud, Hech aldanmas ulug' zot. Baxt uchun namozimiz... Mitraga topinurmiz... Qo'lin cho'zib ko'klarga, Yurt hokimi yolborar, Yordamga uni chorlar. Ko'kka cho'zib qo'llarin, Qabila dohiylari, Madad iltijo aylar. Ko'kka cho'zib qo'llarin Urug'boshi yolborar, Madadga chorlar uni, Unga cho'zib qo'llarin. Uy sohibi umidvor, Uni madadga chorlar. Sigir bo'zlab termular, Madad o'tinib undan Sog'ib ol, deb yolborar. Qo'lin cho'zib Mitradan, Uni yordamga chorlab, Haqgo'y gado o'tinar, Mahrum bo'lgan huquqin. Bul yolborishning sasi Ko'k yalinlari uzra, Yerin charx aylangusi, Yetti iqlimdan osha. Namoz-la etar parvoz, (Go'yo muqaddas) sigir Ma'rab taratgan ovoz. Uni haydab ketgan chog', Duoga ko'tarib qo'l, U yordamga chorlaydi, Eslaydi podasini: «Qachon bizni orqaga — Podaga eltar Mitra, Yaylovlari cheksiz zot. Qashon haqqa qaytarar, Yolg'on yaylovda sarson Chin yo'l izlaganlarni».Kimdanki rizo bo'lsa, Shuni qo'llaydi Mitra, Yaylovlari cheksiz zot. Kim g'azabga sazovor, — Vayron aylaydi Mitra Keng o'tloqli, yaylovdor,

-21-


Uylar-u qo'noqlarin, Tuman-u el-yurtlarin, Mamlakatlarin barin. Baxt uchun namozimiz...Mitraga topinurmiz... Shifobaxsh va oltin ko'z, Nurli роk Xaoma-la, Unga ibodat qilgan. Ko'ko'par Xaratining Hukarya atalgan cho'ng Eng yuksak cho'qqisidan Pokiza va top-toza, Begidir Barsman ila, Toza xayr-u ehson-la, Bexato oyatlar-la, (Mitraga topinurmiz). Axura Mazda mug' qilib, Yoniga oldi uni. Ibodatga sidq ila, Shavq ila kuylagichni. Kohin dildan ulug'vor, Namoz yo'llab astoydil, Axura Mazda sha'nin kuylar, Muqaddas o'lmaslarni (Sharaflab namoz yo’ llar). Ovozi ko'kka o'rlab, Ko'kda yalinga mingach, Yer yuzin sayr aylaydi, Yetti iqlim yayraydi. Ul avalin kohindir, Yulduz bezakli Xaomani — Xudoning ne'matini, Yuksak Xaratiga eltgan. Axura Mazda panoh bergan, O'lmas avliyolardek, Ko'rkam yuz, qiyofalik, Hatto otlari uchqur, Quyosh ham unga boqib, Hurmat izhorin etgan.

Mitraga topinaylik,Yaylovi keng ul zotga, Ming quloqlikka topinch, Ming tuman ko'zli zotga! Namoz-u sharaflarga, Loyiq bo'la beri doim, Erlar uyida, Mitra! Senga ahdi bor erni Savobga doxil qilgil, Olsin o'tin va barsman Xavoncha, sut va dasta Роk yuvilgan qo'l ila, O'g'ir-u dasta tutsin, Barsmanni yoyib yanchsin. Pishirsin Xaomani, Kuylab «Axuna-Varya »(Oyatini baralla). Bu dinni qildi ma'qul Yaratguvchi Axura Mazda, Muqaddas o'y amri-la, Ezgu haq buyrug'incha. Eng maqbul hokimlik-la, Purhikmat Vali haqqi, O'lmas Butunlik birla, Odamlar kirgan dinni. (Ma'qul qildi Axura Mazda). Mitraga topinurmiz... Yer enin quchib o'tgich, Quyosh botgan chog'ida Keng Yerning ikki chetin — Hadsiz yumaloq yerning Chetlarin qamrab o'tgich, Samo-yu arz aro ne — Ki bor, borin ko'rgich (Mitraga topinurmiz...) Qo'lda yuz tig'li bolta — Yuz zarbli asbob tutgan. Yoni tuban yiqquvchi. Sariq ma'dandan quyib, Oltin suvda sug'organ Qudratli ul quroldir, Quroldir ul muzaffar.

Dahshat-la undan titrar, Ul kasofat Axriman. Dahshatga tushar undan La'nati g'azablar ham. Dahshat qo'rqinch-la titrar Ilki uzun tanballik. Dahshat-la Ul mehribon Axura Mazda Yer yuzida ustuvor. Hokimlik hukmin berdi. O'lmas Valilar Seni1 Hakim-u hokim derlar.

Sen dinni poklaguvchi Ezgu yaralgan dinni. Ikki dunyoda bizni Saqlagin panohingda, Yaylovlari keng Mitra! Bu foniy dunyoda ham, U boqiy dunyoda ham, Aldoq o'limdan asra, Aldoq g'azabdan saqla. Aldov lashkarlarining Jirkanch qonli yaylovin, Ko'targan yovdan saqla, Devlardan badkor, chirkin. Achchiq nafrat g'iz-g'izon Etgan g'azab qasdidan (Saqla bizni, ey Mitra!). Ulovimizga madad Bergil, Mitra, ey iloh, Yaylovlari keng ma'bud. Salomatlik ber bizga Yovni uzoqdan ko'rgich, O'tkir ko'z bergil bizga. Bir zarb ila dushmanni Yog'iy va nodo'stlarni Va harki yovni bir-bir Tokim biz mahv etaylik. Baxt uchun namozimdir...


-22-


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin