Mavzu: kirish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə24/55
tarix14.03.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#53769
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Reja Adabiyot-so’z san’ati

ALP ER TO'NGA MARSIYASI

Alp Er To'nga o'ldimu,

Esiz ajun qaldumu,

O'zlak o'chin aldumu,

Amdi yurak jirtilur.

O'zlak yaraq kuzatti,

O'g'ri tuzaq uzatti,

Beglar begin azitti

Qachsa qali qurtulur.

O'zlak kuni tavratur,

Jalnguq kuchin kavratur,

Ardin azin savritur

Qachsa taqu artulur.

-46-
O'grajuki mundag' o'q,

Munda ajun tandag' o'q,

Atsa ajun og'rab o'q

Tag'lar bashi kartilur.

Atsa o'qin kazgarib,

Kim turany jig'dashy

Tag'ig' atub og'rasa,

O'zi qoji jurtilir.

Baglar atin arg'rub,

Qazg'u ani turg'urub,

Mangzi juzi sarg'arib,

Kurkum angar turtulur.

Ulshub aran bo'rla-yu,

Yirtub jaqa uda-yu,

Suqrub uni yurla-yu,

Sig'tab ko'zi o'rtulur.

Ko'nglum ichun o'rtadi,

Jatmish bashig' qartadi,

Kachmish o'zug irtadi,

Tun-kun kachib irtalur.

O'zlak qamug' ko'vradi,

Ardam arig' savradi,

Yunchig' yavuz tuvradi,

Ardam bagi chartilur

Bilga bo'ku yunchidi,

Ajun ati yanchidi,

Ardam ati tinchidi,

Yerga tagip surtulur.
O'zlak arig' kavradi,

Yunchig' javuz tavradi,

Ardam jama savradi,

Ajun bagi chartilur.

Mazmuni

Alp Er To'nga o'ldimi?

Yomon dunyo qoldimi?

Zamon o'chin oldimi?

Endi yurak yirtilur.
Dunyo fursat ko'zladi,

-47-
O'g'ri tuzoq sozladi.

Beklar begin izladi,

Qanday qochib qutulur.
Dunyo kunin pastlatur,

Inson kuchin sustlatur,

Eldin erni chetlatur,

Qochgan bilan kirn qolur.

Odatdan zo'r narsa yo'q,

Boshqa bahona ham ko'p.

Otsa zamon poylab o'q,

Tog'lar boshi yanchilur.

Zamon ahli ozaydi,

Olchoq, yovuz kuchaydi,

Ezgu ishlar kamaydi,

Dunyo begi ketganda.

Bilimdonlar ezildi,

Dunyoni xarob qildi,

Odob go'shti buzildi,

Yerga tegib sudralur.

Beklar oti charchadi,

Cam beklarni yanchadi,

Yuzga za'far sanchadi,

Chehralari sarg'ayur.

Bo'ri bo'lib uldilar,

Yoqa yirtib turdilar,

Yig'lab-siqtab yurdilar,

Ko'z yoshlari mo'l bo'ldi.

Ko'nglimni chok qildi,

Bitgan yaramni tildi.

Kechmish xotirga keldi

Tun-kun uni istarman.

Kuchandi bilagim,

Kelurdi tilagim.

Ko'paydi bilimim,

Ammo umr tugalur.
(Aziz Qayumov tarjimasi)

-48-
Savol va topshiriqlar:


1. Qadimgi eposni qanday tasavvur qilasiz? Ular nasrda yaratilganmi yoki nazmdami?

2. Qadimgi epik asarlar haqidagi ma'lumotlar qaysi kitoblarda uchraydi?

3. Eng qadimgi ijodkorlardan kimlarning nomlari saq- lanib qolgan? Ular qanday asarlarni yaratishgan?

4. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi adabiy atamalardan qaysilarini bilasiz? Ularning hozirgi muqobillari qaysilar deb o'ylaysiz?

5. Qadimgi she'riyatning vaznlari haqida nima deya olasiz?

6. «O'rta Osiyo -eposlar beshigi» ifodasini izohlang

7. Yozma holda nisbatan to'la yetib kelgan eng qadimiy obidalarga nimalar kiradi?

8. Mahmud Koshg'ariyning asari XI asrda yozilgan. Nima uchun undagi asarlarni qadimgi davrlarga aloqador deymiz?

9. «Tong tangrisiga madhiya»da qanday qadimiy ishonch va e'tiqodlar aks etgan?

10. Qofiyada fe'l so'z turkumining ko'p qo’llanishiga sabab nima?

11. Qadimgi yodgoriiklarning zamonamiz uchun ahamiyati nimada deb o'ylaysiz?

-49-


6-Dars. Qomusiy olimlar

Reja:

1. O’rta Osiyo qomusiy olimlar beshigi

2.Qomusiy olimlarimiz bilan faxrlanamiz
«Biz ma 'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy

o'zlikni anglashning o'sishidan, xalqning ma'

naviy sarchashmalarga, uning ildizlariga qaytish

dan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz».

I. A. KARIMOV

O'rta Osiyo o'zining qomusiy olimlari bilan ham faxrlanadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta'kidlaganidek, «Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, al-Xorazmiy, Beruniy, lbn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko'plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo'lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma'lum».

Ana shunday qomusiy olimlardan biri al-Xorazmiydir. Uning asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso bo'lib, 780- yilda Xivada tug'ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Xorazmiyning nomini tarixda qoldirgan buyuk asari «Al-jabr val-muqobala» risolasidir. U keyinchalik matematikaning alohida sohasi bo'lgan algebra faniga asos bo'lgan. Ana shunga ko'ra uning nomi Yevropa mamlakatlariga ham yoyildi.

Hozirgi zamon hisoblash texnikasida keng qo'llanayotgan «algoritm» atamasi ham olim nomidan kelib chiqqan. U matematikaning nazariy masalalarini o'rganish bilan chek- lanmay, ularning amaliyotga tatbiq qilinishini ham ko'rsatib bergan. Xorazmiyning «Surat ul-ard» («Yerning surati») asari geografiya fani sohasidagi ulkan kashfiyot bo'ldi. Olim tuzgan «Astronomik jadvallar» esa XII asrda arab tilidan lotin tiliga tarjima qilingan va Yevropa mamlakatlarida mashhur bo'lgan.

Uning Yer kurrasi kattaligini aniqlash borasidagi xizmatlari ham tahsinga loyiqdir. Shuningdek, Xorazmiyning «Quyosh soatlari to'g'risida», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi» singari asarlar yozgani ham ma'lum.

Al-Xorazmiy Ma'mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va faol a'zolaridan biri edi. U 850- yilda Bag'dod shahrida vafot etgan. Muhammad Xorazmiyning asosiy asarlari arab tilidan atoqli olim Ashraf Ahmedov tomonidan o'zbekchaga tarjima qilingan.

O'rta asr mutafakkirlari orasida Abu Rayhon Beruniyning alohida o'rni bor (973—1051). Xorazmlik bu alloma afsonalarga ko'ra Navro'z (21- mart) va Mehrjon (21- sentabr) bayramlaridan boshqa har kuni ilm bilan mashg'ul bo'lgan.

Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari taqvim va yil hisobi, shuningdek, so'g'diylar, qadimgi xonliklar, forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian


-50-
va musul- monlarning qadimiy bayramlari, urf-odatlari to'g'risida qimmatli ma’umotlarni jamlagan. Shunga ko'ra u O'rta Osiyo va butun Sharq xalqlari uchun muhim tarixiy manba hisoblanadi.

Mahmud G’aznaviy Xorazmni zabt etgach, Beruniyni G’aznaga olib keladi, u Mahmudning yurishlarida ishtirok etadi. Hindiston tarixiga oid yirik asar yozadi.

Olimning geogrnliya, mineralogiya, astronomiya, kimyo va boshqa ko'plab fan sohalaridagi kashfiyotlari ham dunyo ilm faniga bebaho hissa bo'lib qo'shilgan.

Qomusiy olimlarimiz orasida Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiyning nomi alohida hurmat va ehtiromga sazovor. U 873-yilda Forobda tug'ilib, 950- yilda Damashqda vafot etgan.

Dunyo ilm ahli yunon olimi Aristotel (Arastu)ni birinchi muallim deb biladi, Forobiyni esa «Muallim us-soniy», ya'ni "Ikkinchi muallim» deb ataydi. Bunday sharafli nomga u o'z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga qo'shgan katta hissasi, ayniqsa, yunon lalsal'asini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi uchun sazovor bo'lgan. Forobiy «Arastu qonunlarining mohiyati haqida» asarida davlat va huquq haqidagi qarashlarini keng bayon qiladi.

Boshlang'ich ma'lumotni ona yurtida olgach, u Toshkent, Buxoro, Samarqandda o'qiydi, bilimini yanada oshirish uchun arab xalifaligining yirik madaniy markazlaridan bo'lgan Bag'dodga boradi. Yo'l-yo'lakay Eronning Isfahon, Hama- don, Ray shaharlarida bo'ladi. Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. U «Fozil shahar aholisining fikrlari» asarida turli ijtimoiy tuzumdagi davlatlar haqida fikr yuritadi.

Forobiy 160 dan ortiq asar muallifidir. U yunon olimlari Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriy va boshqalarning asarlariga sharhlar yozgan. Bu sharhlar O'rta Osiyo va jahon olimlarining dunyo qarashini shakllantirishda, ularning Aristotelning materialistik dunyo qarashi bilan oshno bo'lishlarida yaqindan yordam bergan.

Hatto Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» kitobini qirq marta o'qib chiqadi. Asar unga deyarli yod bo'lib ketadi. Ammo kitob mag'ziga baribir yetmaydi.

Ibn Sinoning bir kitobdor do'sti bo'lib, u har qanday yangi kitobdan olimni xabardor qilib turardi. Bir kuni do'konda unga yangi bir kitob ko'rsatadi. Bu o'zi tushuna olmagan o'sha „Metafizika" kitobi haqida ekanligini bilib hafsalasi qaytadi.

Bu haqda Ibn Sinoning o'zi shunday yozadi: «Bu ilmni bilishning foydasi yo'q ekan,

degan xayolda uning ko'rsatishi menga malol kelib, kitobni olishni rad qildim. Shunda dallol bu kitobning egasi pulga muhtoj, dedi. Men uni uch dirhamga sotib oldim. Kitob Forobiyning «Metafizika» asari maqsadlari haqidagi risolasi ekan. Uyga qaytdim-u, darrov uni o'qishga tushdim. «Metafizika» dilimga yod bo'lib qolganligi sababli o'sha-paytdayoq bu kitobning maqsadlari menga ochildi. Bundan juda xursand bo'lib ketdim, ertasigayoq kambag'allarga ancha narsa sadaqa qildim».

Forobiy falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika,

-51-
kimyo, optika, meditsina, biologiya va boshqa fanlar sohasida katta shuhrat qozongan.

Uning axloq (etika), pedagogikaga oid asarlari ham e'tirof etilgan. Shuningdek, olimning tilshunoslik, she'riyat, notiqlik san'ati, xattotlikka oid asarlari keng tarqalgan.

Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarida atroflicha aks etgan. Unda o'rta asrlarda ma'lum bo'lgan 30 ga yaqin fanning ta'rifi, ahamiyati ko'rsatib berilgan.

«Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to'g'ri va nima noto'g'riligi to'g'risida» risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o'rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg'irlar paydo bo'lishi quyosh issiqligi ta'sirida bug'lanishga bog'liqligini, Oy tutilishiga Yerning Quyosh bilan Oy orasiga tushib qolishi sabab ekanligini ko'rsatib beradi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab fol ochuvchilar — astrologlarni fosh etdi.Forobiyning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy qarashlari ham alohida ilmiy ahamiyatga ega. U O'rta asrlar sharoitida birinchi bo'lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida kuchli ta'limot yaratdi.

«Baxt-saodatga erishuv yo'llari haqida risola» asarida jamiyatning kelib chiqishi, davlat va uni boshqarish, ta'lim-tarbiya, axloq, ma'rifat, diniy e'tiqod, urush va tinchlik, mehnat, insoniy qobiliyat va boshqa mavzularda bahs yuritadi.

Abu Ali ibn Sino ham buyuk qomusiy olimdir. Uning lalsafa, meditsina, astronomiya, zoologiya, botanika, geologiya, psixologiya, musiqa, axloq, mantiq, tilshunoslik, ada- biyotshunoslikka oid asarlari mavjud. U badiiy ijod bilan ham shug’ullangan.

Olimning to'llq ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh Ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. U hijriy 370- (milodiy 980) yilda Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Bu qishloq Buxoro yaqinidadir.

Ibn Sino o'tkir qobiliyat egasi edi. U Qur’onni qiroat bilan o'qib, yodlash uchun bir yilgina vaqt sarflaydi.

Ibn Sinoning shuhrati ko'proq tabobat ilmi bilan bog'liq. Ayniqsa, Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolashda ishlirok etishi tabibning dovrug'ini oshirib yubordi. Bu paytda u 16-17 yoshlar chamasida bo'lgan. Buning evaziga u saroy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo'lga kiritadi.

Ibn Sino Xorazmda, Jurjonda, Ray, Hamadon, Isfahonda ham yashab ijod etgan.

Ibn Sinoning eng yirik tibbiy asari «Al-Qonun fit-tib» («Tib qonunlari») kitobi bo'lib, unda olim ko'p yillar davomida olib borgan ilmiy-amaliy ishlarini yaxlit umumlashtirgandir.

«Tib qonunlari» besh kitob, 14 jilddan iborat.

Ibn Sino bir qator tibbiy asarlarini she'riy shaklda yozgan. Ular urjuzalar deyiladi. Bunga sabab ular rajaz vaznida yozilganidir. Shulardan biri «Tabobatda urjuza» dostonidir. Shuningdek, «Tibbiy o'gitlar haqida urjuza», «Tana tuzilishiga doir urjuza» va boshqa risolalar ham she'riy shaklda yozilgan.

Ibn Sino tabiiy fanlar, aniq fanlar (matematika, geometriya, hisobot) bo'yicha ham ko'plab kitoblar yozgan. Birgina astronomiyaga oid o'ndan ortiq asari ma'lum.

-52-
Musiqa bo'yicha uning beshta kitobi bor. «Javome' ilm al-musiqiy» («Musiqa bilimiga oid to'plam») ularning eng yirigidir.

Ibn Sino iste'dodli adib ham edi. Uning doston, qasida, g'azal, ruboiy, fardlari bizgacha yetib kelgan. Ularning asosiy qismi arab tilida bo'lib, bir qismi esa fors tilida yozilgan.

Ibn Sino bir necha qissalar muallifi hamdir. «Solomon va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at- tayr» shular jumlasidan bo'lib, nasrda yozilgan.

Ibn Sino qissalarining ko'pi ramziy-majoziy ma'noga ega.

«Yusuf qissasi» Qur'on sujeti asosida bo'lib, shu mavzudagi birinchi asardir.

«Risolat at-tayr» («Qush risolasi») ham ramziy-majoziy asar bo'lib, arab tilida yozilgan. Keyinchalik u boshqa tillarga tarjima qilingan. Unda tuzoqqa tushib qolgan qushlarning ozod bo'lish yo'lidagi harakatlari ko'rsatib berilgan.

«Hayy ibn Yaqzon» («Uyg'oq o'g'li Tirik») qissasi ham ramziy-majoziy uslubda yaratilgan. U falsafiy jihatdan ham , diqqatga sazovordir.

«Solomon va Ibsol» ishqiy-sarguzasht asardir.

Ibn Sinoning bir qator tibbiy asarlari she'riy shaklda yozilganligini yuqorida aytib o'tdik. Uning sof she'riy asarlari ham anchagina. Ibn Sino she'riyati uchun falsafiy teranlik, keng mushohada, olam hodisalariga tiyrak aql bilan qarash xos:

Umring ko'pi bilan bir-ikki nafas,

Nafas esa kichik bir shamol-u sas,

Shamolga tayanmish umring binosi,

Mustahkam imorat yelga tayanmas. (Sh. Shomuhamedov tarjimasi)

Inson umrining qisqaligi, shunga ko'ra uni g'animat bilish she'rdagi asosiy fikrdir. Ana shu qisqa umr binosini shamol (yel) ustiga qurmaslik kerak, demakki, umrni behuda o'tkazmaslik lozim.

Ibn Sino she'rlarida ilm-ma'rifatni targ'ib etish, dunyo sirlarini bilishga intilish, axloqiy xislatlarni yuksaltirib borish kabi insoniy fikrlar asosiy o'rin tutadi.

Ibn Sinoning adabiyot ravnaqiga qo'shgan hissasi faqat badiiy ijod bilan cheklanmaydi. U she'riyat ilmiga doir ham bir qator ilmiy asarlar yaratgan. Ayniqsa, «Fann ash-she'r» (She'r san'ati) kitobi muhimdir. Unda yunon she'riyati turlari, uning shakllari haqida fikr yuritilgan.

She'riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmi haqida katta to'plam» asarida ham tadqiq etilgan.

«She'r, — deydi Ibn Sino, — obrazli so'zlardan iborat bo'lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari qaytarilgan,

oxirgi tovushlari bir-biriga o'xshash bo'lib kelgan satrlardan tuziladi».

Ibn Sinoning buyuk xizmatlari behuda ketmadi. Butun jahon olimning nomini katta hurmat bilan tilga oladi. Uning asarlari jahondagi ko'plab xalqlar tillariga tarjima qilingan.

MOVAROUNNAHRDA FORS VA ARAB TILLARIDA

YARATILGAN ADABIYOTLAR.

VIII asrga kelib Old va O'rta Osiyo, shuningdek, Shimoliy Afrikadan iborat
-53-
ulkan hududda yangi bir imperiya — Arab xalifaligi yuzaga keldi. U Pomirdan Atlantika okeani qirg'oqlarigacha bo'lgan maydonda ko'plab xalqlar va mamlakatlarni bo'ysundirgan davlat sifatida shakllandi va butun dunyo iqtisodi, siyosati, madaniyatiga kuchli ta'sir ko'rsatdi.

Bu davrda O'rta Osiyo yuqori rivojlangan qishloq xo'jaligi, dongdor shaharlari, ko'p tarmoqli hunarmandchiligi, qadimiy va boy madaniyatiga ega edi. Bu yerda turkiy va forsiy tillar amal qilardi. Endilikda ularning yoniga arab tili ham qo'shildi. Ilm-fan tili, asosan, arab tili edi. O'rta Osiyo olim va slioirlari bu tilda ham ijod qila boshlashdi.

Mashhur qomusiy olimlarimiz ilmiy kashfiyotlarining deyarli barchasi arab tilida yozilgan. Ammo badiiy ijod uch tilda: turkiy, forsiy va arab tillarida yaratildi.

Bu davrda Ro'dakiy, Abul Hasan Shahid Balxiy, Robiya, Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad Daqiqiy (vafoti 997- yil), Abul Qosim Firdavsiy (941 — 1025), balxlik qasidanavis shoir Unsuriy (960—1039), Farruxiy (1038- yilda vafot etgan), Manuchehriy (1041- yilda vafot etgan)lar fors-tojik (o'sha davrda dariy deb yuritilgan) adabiyotining yirik namoyandalari sifatida shuhrat qozonishdi.

Arab tilida ijod qilgan adiblar haqidagi toliq ma'lumot Saolibiyning «Yatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr» («Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonalari») asari orqali yetib kelgan.

Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy 350- (961) yili Nishopurda tug'ilgan va 429- (1038) yili shu yerda vafot etgan. U ko'plab o’lkalarni kezib chiqqan yirik olim (50 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi), shoir va tarixchi edi. Arab adiblari qadimdan boshlab turli shoir va yozuvchilarning tarjimayi holi, asarlari, ijodidagi yetakchi xususiyatlari haqida alohida kitoblar yaratishgan. Ularning tazkira nomi bilan yuritilishini yuqorida aytgan edik. Saolibiygacha ham bu an'ana mavjud edi. Adib shu an'anaga muvofiq holda kitob tuzadi. Uning to'rtinchi qismi Xuroson va Movaroun- nahrdagi arabiynavis ijodkorlarga bag'ishlangan.

Asarning avvalgi qismlarida X—XI asrlarda yashab arab tilida ijod qilgan 415 ta adib va yozuvchilar haqida ma'lumotlar va ijodlaridan namunalar keltirilgan. 4-qismga esa 124 ta xurosonlik va movarounnahrlik shoirlar ijodi kiritilib, ularning nasriy hamda nazmiy asarlaridan parchalar berilgan.

Bu qismda 4160 baytga yaqin she'r mavjud. Ular qasida, vasf, hajv, marsiya, masnaviy, g'azal, urjuza janrlariga mansubdir.

Bu davrlardagi qasidalar keyingilaridan farq qiladi. Ularda ham maqtov, ham tanqid bo'lishi mumkin. Hajv, g'azal, vasf, marsiya janrlari keyinchalik qasidadan ajralib chiqqan, deb qaraladi.

Qasida keyinchalik turkiy adabiyotda ham, fors-tojik adabiyotida ham ancha keng tarqalgan she'riy janrlardan biriga aylanadi. Lekin ular o'z mazmuni, mavzu va shakliga ko'ra arab qasidalaridan ajralib turadi.

Saolibiy keltirgan qasidalar ayrim tarixiy voqealarga bag'ishlangan. Moddiy qiyinchilikdan shikoyat, pand-nasihat ruhidagi qasidalar ham bor. Hajviy yo'nalish ham ko'p uchraydi.

X asrdagi Buxoroda yaratilgan adabiyot haqida Y.E.Bertels shunday yozgan edi:


-54-
«Aslini aytganda, til nuqtayi nazaridan bu davr adabiyotini fors va arab adabiyotiga bo'lish haqiqatan shartli narsadir. Aslida biz mavzu, uslub, tashqi ko'rinishi bir xil, faqat tildagina farqi bo'lgan yagona adabiyotga egamiz. Shuni ham aytish kerakki, shoirlar ko'p holda ikki tilni bilishgan va har ikki tildan birday osonlik bilan foydalanishgan, bir fikrning o'zini goh bu, goh u tilda ifoda etishgan».

Bu davrda fors-tojik adabiyoti ham ancha rivojlandi.

Nosir Xusrav (1004—1088) Qobodiyon (hozirgi Tojikiston)da tug'ilib, Turkiston, Afg'oniston, Hindiston, Hijoz, Kichik Osiyo, Suriya, Arabistonda bo'ldi. Uning «Safarnoma» asari ana shu sayohatlar natijasida bunyod bo'lgan. Shuningdek, adibning «Zod al-musofirin», «Vajhi din» (Dinning qiyofasi), «Jomi al-hikmatayn» (Ikki hikmat uyg'unligi), «Kavshannoma» (Nur kitobi), «Saodatnoma» kitoblari hamda devoni mashhurdir. Bu asarlarda u faqat diniy-falsafiy muammolarnigina emas, ilg'or axloqiy-tarbiyaviy fikrlarni ham olg'a suradi. She'rlarida yuksak insoniy fazilatlarni ulug’lash asosiy o'rin tutadi.

Umar Xayyom (1048—1131) Nishopurda tug'ilgan. Uning astronomiya, matematika, falsafaga oid yirik asarlari mavjud. Shoir sifatida u ruboiylari bilan mashhur bo'lgan. Uning ruboiylari jahon adabiyotidagi nodir durdonalar qatorida turadi. Umar Xayyom ruboiylari mavzu doirasining kengligi, falsaliy teranligi, badiiy yuksakligi bilan haligacha butun insoniyat ma'naviyatiga kuchli ta'sir o'tkazib kelmoqda.

Abu Nasr Asadi Tusiy (vafoti 1070- yil) Firdavsiy «Shohnoma»si izidan borib «Gershaspnoma» dostonini yaratgan. U fors-tojik adabiyotidagi ilk yozma munozaralar muallifidir. Bular «Yer va osmon», «Kecha va kunduz», «Nayza va kamon», «Musulmon va kofir», «Arab va ajam»dir. Shuningdek, u fors tilining eng qadimgi izohli lug'atini ham yaratgan. Lug'atda 80 ga yaqin o'sha davr shoirlarining she'rlaridan namunalar berilgan. Ular orasida Ro'dakiyning «Kalila va Dimna», Unsuriyning «Vomiq va Uzro» asarlaridan keltirilgan baytlar ham mavjud.

Adib Sobir Termiziy (taxm. 1078—1148) yirik shoir bo'lgan. Uning otasi Ismoil Termiziy ham shoir edi. U Sulton Sanjar Saljuqiy saroyida xizmat qilgan. Sulton uni Xorazm shohi Otsiz huzuriga yuboradi. Uni xufiyalikda ayblab, 1148- yili Amudaryoga cho'ktirib yuborishadi. Uning «Devon»i qasida va g'azallardan iborat.

Termiziyning zamondoshi Anvariy Abevardiy uni «pokizanazm» shoir sifatida baholagan.

Abu Abdulloh Ja'far Ibn Muhammad Ro'dakiy ayrim manbalarga ko'ra yuz ming, boshqalariga ko'ra bir million uch

yuz ming misra she'r yozgan adib sifatida mashhurdir. Ammo bizgacha ularning ikki ming misrasigina yetib kelgan. Ro'dakiy «Odam ush-shuaro» (shoirlarning Odam Atosi) degan nom bilan shuhrat qozongan.

Ro'dakiy IX asrning 50—60- yillarida Panjrud qishlog'ida (hozirgi Panjakent yaqinida) tug'ilgan. X asrning 40- yillarida vafot etgan. U yoshligidayoq chang chalish, qo'shiq aytish bilan mashhur bo'lgan. Ayni paytda badiiy ijod bilan shug'ullangan. Samarqand madrasasida tahsil olayotganida uning shuhrati


-55-
Somoniylar davlatining poytaxti Buxoroga yetib boradi. Uni saroy xizmatiga olishadi. Ammo qarigan chog'ida u saroydan quviladi. Afsonalar uning ko'zlariga mil tortilganidan xabar beradi. Aslida uning ko'zi tug'ma ojiz bo'lgan.

Ro'dakiy she'rlariga yorqin obrazlilik, tabiatni jonli tasavvur etish, xalqona soddalik va musiqiylik, islomgacha bo'lgan davrlardagi poetik obrazlarga moyillik xosdir.

Rivoyatlarning xabar berishicha, somoniylar amiri Nasr II (914-942) Hirotda ziyofatlar ichida yuraveradi. Yurtni sog'ingan a'yonlar amirga ta'sir ko'rsatishni Ro'dakiydan iltimos qilishadi. Shunda Ro'dakiy bir ziyofat chog'ida o'zining mashhur «Bo'yi jo'yi Moliyon oyad hame» (Dimog'imga Mo'liyon arig'ining hidlari urildi) degan qo'shig'ini changda ijro etadi. Qo'shiqdan amir shunchalik kuchli ta'sirlanadiki, yalangoyoq holda otga sakrab minib, Amudaryo kechuviga qarab yo'naladi.

G'azal shunday boshlanadi:

Bo'yi jo'yi Mo'liyon oyad hame,

Yodi yori mehribon oyad hame.

(Mo 'liyon arig'ining hidlari (dimog'imga) kelmoqda, Unda mehribon yor yodi ham kelmoqda.)

Bu misralar amirning ko'z oldiga olmazor bog'larni, Mo'liyon arig'idagi suvlar jildirashini gavdalantirgan, ayni paytda uzoqda qolgan yor va diyor xotirasi uyg'ongan.

Keyingi misralarda ona yurt bilan bog'liq bo'lgan yanada nozik va ta'sirli tasvirlar keltirilgan.

Bizgacha adibning «Qarilik haqidagi qasida»si, «Modari may» (May onasi) qasidasi, «Bo'yi jo'yi Mo'liyon» g'azali va bir necha ruboiylarigina to'liq holda yetib kelgan. Uning boshqa asarlari ayrim parchalar tarzidagina saqlangan. Masalan, «Kalila va Dimna» dostonini manbalar 12 ming baytdan ortiqroq hajmda bo'lganini ko'rsatadi. Bizga uning 1000 misrasi mu'lum, xolos.

Lekin mavjud qismlarning o'ziyoq shoirning yuksak she'riy iqtidori va kuchli badiiy mahoratidan dalolat bera oladi.Shoir ijodi fors-tojik adabiyotida g'azal janrining paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojida alohida o'rin tutadi. Ro’dakiy ijodi o'zining buyuk insonparvarlik va hayotsevarlik ruhi bilan haligacha insoniyatning ma'naviy olamini boyitib kelmoqda. Adibning she'rlari o'zbek tiliga ham tarjima qilingan.

-56-



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin