Reja Zamonaviy kiyim funksiyalari Estetik funksiyalar Kiyim konstruksiyalash
Kiyim — odam tanasini tashqi ta’sirlardan muhofaza qiluvchi va estetik funksiyalarni bajaruvchi buyum hamda buyumlar majmui. «Kostum» — chuqur va keng ma’noga ega. Insonning muayyan ruhiy holatini va tarixiy bosqichini aks ettiradigan, o‘zaro uzviy bog‘langan, bevosita tanaga kiyiladigan va unga mos ravishda tanlangan kiyim qismlarining tizimi kostum deyiladi.
Zamonaviy kostum ko‘p funksiyalidir. Kiyim funksiyalari ikki asosiy
sxema. Zamonaviy kiyim funksiyalari.
guruhlarga ajratiladi:
Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik — gigiyenik funksiyalarga bo'linadi. Axborot — estetik funksiyalar axborot va estetik funksiyalarga ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog'onada yana kengroq aniqlanadi. Misol uchun: himoyaviy funksiya tashqi muhit va ob-havo ta’sirlaridan himoyani, ishlab chiqarishning ta’sirlaridan himoyani hamda mexanik ta’sirlardan himoyani o‘z ichiga qamrab oladi. Fiziologik va gigiyenik funksiya kiyimni tinchlik va harakat holatida qulayligini bildiradi hamda kiyim ostidagi mikroiqlim sharoitining qulayligini aniqlaydi. Axborot funksiyalar kishi (kasbi, didi, madaniyati) va uning kiyimi to‘g‘risida axborot beradi (kiyim vazifasi, o‘rinliligi, zamonaviyligi, yangilikligi va h.k.).
Estetik funksiyalar kiyimning kishi obraziga mosligi, kiyim kom- pozitsiyasining mukammalligi va tayyorlashga oid sifatining darajasi hamda xaridorgirligi to‘g‘risida dalolat beradi. Kiyim funksiyasiga mosligini, uning amaliy vazifasiga muvofiqligini va konstruktiv jihatdan mukammalligini bildiradi.
Agar kiyimda uni tashkil etuvchi qismlari funksional va estetik jihatdan o‘zaro mantiqiy yaxlitlikka ega bo‘lmasa, uning ko‘rinishi chinakam go‘zal bo‘la olmaydi.
Sport kostumiga oid funksiyalar boshqa kiyimlar funksiyasidan keskin
farqlanadi. Unga utilitar, himoyaviy belgilash, tenglashtirish, an’anaviy va estetik funksiyalar xosdir. Bu funksiyalardan birining ustivorligi sport turiga bogliq. Masalan, voleybolda himoyaviy va belgilash bo‘lsa, figurist qizlar kostumida estetik funksiya ustunroq turadi. Sport kostumining shakli uning yetakchi funksiyasiga bog'liq.
Kiyim konstruksiyalash — loyiha ishlarining muhim qismi bo‘lib, tikuv buyumlari konstruksiyalarini ratsional loyihalash masalalari bilan shug‘ullanadigan amaliy fandir. Mazkur darslik kiyim konstruksiyalashga doir o'quv materialini loyihalash uslublarini mukammallashtirish maqsadida qo‘llanadigan zamonaviy yo'nalishlarni va O‘zbekiston sharoitida kiyim loyihalash xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. harakatni chegaralaydigan korset o‘miga shaklan va konstruktiv
jihatdan mukammallashgan ich kiyimlar yaratildi. Yubkalar kaltalashdi.
1928-yilda Gabriel Shanel ayollar modasiga erkaklar tipidagi kostum kiritdi. 1930-yillarda butun dunyo bo‘yicha kiyimning ommaviy tarzda ishlab chiqarilishi boshlandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida kiyimning tabiiy shakli o‘zgarib
«harbiylashgandek» bo‘ldi.
1950-60-yilJardan boshlab yangi xususiyatli materiallar assortimenti kiyim konstruksiyasiga va shakliga katta o‘zgarishlar kiritdi.
1970—80-yillarda kiyim silueti va shakli murakkablashib, uning konstruktiv tuzilishiga ko‘proq ahamiyat berildi.
Bizgacha yetib kelgan o‘zbek milliy kiyimlar XIX asrning oxiri — XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Erkaklarning milliy liboslari yelka, bel va bosh kiyimlaridan iborat. Ichki libosga yengsiz mullavacha ko‘ylak, yaxtak va ishton kirgan.
Ustki libosga issiq (paxta solib qavilgan) yengil choponlar, qo‘y yoki tuya junidan tikilgan chakmon, kebanak, kamzullar va po‘stinlar kiradi.
Ustki kiyimlar ichida eng ko‘p tarqalib hozirgacha yetib kelgan libos — chopondir. Chopon tikilishiga qarab avra chopon, astarli chopon, paxtalik chopon turlariga bo‘lingan. Chopon tikilgan matosiga qarab qalami chopon, banoras chopon, beqasam chopon, kimxob chopon, surra chopon va hokazo; kimga mo‘ljallanganligiga qarab esa bola chopon, kuyov chopon, quda chopon kabi nomlar bilan atalgan. To‘n-choponlarni bog‘lash uchun belbog‘, belkars, chorsilar, charm va duxoba kamarlar ishlatilgan.
Bosh kiyimlar do‘ppi, qalpoq, kallapo‘sh, salla, telpak, qo‘y mo‘ynasidan tikilgan cho‘girmalarni o‘z ichiga olgan.
Hozirgi zamon kiyimlarida milliy an’analar bilan yevropa uslubi bogianib
ketgan.
Chunki milliy kiyimlarimiz bizning hayot tarzimizga va iqlimimizga
moslangan, shu bois, erkak va ayollarning xonaki kiyimlarida ham an’anaviy liboslar o‘z davomiyligini saqlab qolmoqda.
Shunday qilib, avval insonni iqlimiy ta’sirlardan muhofaza qilish uchun yaratilgan kiyimning shakli va xillari keyinchalik turli tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy hamda iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tassawur evolutsiyasi ta’siri ostida o‘zgarib, u amaliy san’at obyektiga aylandi
Dostları ilə paylaş: |