4.2. Vijener shifrlash tizimi Fransuz kriptografi Bleyz de Vijener qadimda eng mashhur bo‘lgan ko‘p alifboli tizimlarga asos solgan. Bu tizim uning sharafiga Vijener tizimi deb atalgan. Vijener tizimi ham Sezar tizimiga o‘xshash bo‘lib, unda kalit qadam-baqadam o‘zgaradi. Shifrmatn hosil qilish va uni dastlabki matnga o‘girishda Vijener kvadratidan foydalaniladi [9-rasm]. Har bir ustun 0,1,2,..,25 kalitli Sezar tizimi kabi qaralishi mumkin. Shifrlash uchun dastlabki matn harflari kvadrat jadval satridan Sezar tizimi kalitini esa kvadrat jadval ustunidan o‘qiladi.