Mavzu: Kombinatsion ham, yoki mantiqiy elementlarini o‘rganish va loyihalashtirish



Yüklə 0,64 Mb.
tarix16.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#69436
2labaratoriya asli


2-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Kombinatsion HAM, YOKI mantiqiy elementlarini o‘rganish va loyihalashtirish
Ishdan maqsad:Kombinatsion mantiqiy sxemalarda HAM, YOKI mantiqiy elementlari yordamida loyihalashtirishni o’rganish.
Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo’lgan, nol va bir yoki “rost” va “yolg’on” so’zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo’llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinasiyasi ko’rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo’ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Uni Irland olimi D. Bul ishlab chiqqan.
Umumiy holda, mantiqiy ifodalar har biri 0 yoki 1 qiymat oluvchi х1, х2, х3, … х n mantiqiy o’zgaruvchilar (argumentlar)ning funktiyasi hisoblanadi. Agar mantiqiy o’zgaruvchilar soni n bo’lsa, u holda 0 va 1 lar yordamida 2n ta kombinatsiya hosil qilish mumkin. Masalan, n=1 bo’lsa: x=0 va x=1; n=2 bo’lsa: х 1 , х 2 =00,01,10,11 bo’ladi.
Har bir o’zgaruvchilar majmui uchun u 0 yoki 1 qiymat olishi mumkin. Shuning uchun n ta o’zgaruvchini turli mantiqiy funksiyalarga o’zgartirish mumkin, masalan, n=2 bo’lsa 16, n=3 bo’lsa 256, n=4 bo’lsa 65536 funktsiya.
n o’zgaruvchining ruxsat etilgan barcha mantiqiy funksiyalarini uchta asosiy amal yordamida hosil qilish mumkin:
- mantiqiy inkor (inversiya, EMAS amali), mos o’zgaruvchi ustiga “–” belgi qo’yish bilan amalga oshiriladi;
- mantiqiy qo’shish (dizyunksiya, YOKI amali), “+” belgi qo’yish bilan amalga oshiriladi;
- mantiqiy ko’paytirish (konyunksiya, HAM amali), “•” belgi qo’yish bilan amalga oshiriladi.
Ifodalar ekvivalentligini ifodalash uchun “=” belgisi qo’yiladi.
Mantiqiy funksiyalar va amallar turli ifodalanish shakllariga ega bo’lishlari mumkin: algebraik, jadval, so’z bilan va shartli grafik (sxemalarda). Mantiqiy funksiyalarni berish uchun mumkin bo’lgan argumentlar majmuidan talab qilinayotgan mantiqiy funksiya qiymatini berish yetarli. Funksiya qiymatlarini ifodalovchi jadval haqiqiylik jadvali deb ataladi.

Endi ketma-ketlikda ishni tuzish jarayonlari bilan tanishib chiqamiz


1-avval dasturga kirib dasturni uzimizga mos va barcha nosozliklar va dastur kamchiliklarini to’ldirilgan holatdan keyin sxemani tuzishni boshlaymiz

Eng avval qiladigan ishlarimiz lampochka indicator va manbani boshlash ushun tokulanishlarni amalga oshirish uchun barcha detallarni yig’amiz.
Keying ishlardan biri harbir uskunalarni mos ravishda bir biribilan bog’lab chiqish kerak buladi. Yana bir narsaga aloxida etibor berish kerakki tuzayotgan sxemaniz xató va kamchilioklarsiz bo’lishi kerak

Har bir ulanishlar davomida oldingi harakatimizga birmarta qarab sungra sxemani tuzishda gavom etishimiz lozim.
Sxemani tayyorlagandan keyin dastlanki holatdagi kurinishi barcha indikatorlarda tok manbayi ,, 0’’berishi kerak.



Kalit ulangandan keyin manbadan tok sxema to’gri tuzulgan dan keyingina oqib o’tadi va indikatorlardagi qiymatlar lampochkada quvvat borligini ko’rsatadi va yonadi
Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin