Mavzu: Kompyut



Yüklə 233,98 Kb.
səhifə2/5
tarix12.08.2023
ölçüsü233,98 Kb.
#139226
1   2   3   4   5
4-mavzu

IP tarmoqlarda marshrutlash negizlari

Tarmoqli darajaning muxim masalasi bo‘lib, marshrutlash - tarkibli tarmoqlardagi ikkita oxirgi tugunlar orasida paketlarni uzatish xisoblanadi. 2.1-rasmda ko‘rsatilgan tarkibiy tarmoq misolida marshrutlash negizlarini ko‘rib chiqamiz.
Ushbu tarmoqda 20 ta marshrutizator umumiy tarmoqqa 18 ta tarmoqni birlashtiradi: S1,S2,…,S20 - bu tarmoqlar nomeri. Marshrutizatorlar, tarmoqlar ulanadigan bir nechta portga (kamida ikkita) ega. Marshrutizatorning xar bir portiga tarmoqning aloxida tugunidek qarash mumkin: bu unga ulangan tarmoq ostida o‘z tarmoq adresiga va lokal adresga ega, masalan: 1-raqamli

marshrutizator 3 portga ega, unga S1, S2, S3 tarmoqlari ulangan.


Rasmda ushbu portlarning tarmoq adreslari M1(1), M1(2), M1(3) bilan belgilangan. M1(1) porti tarmoqda S1 nomerli, M1(2)-S2 nomerli, M1(3)-S3 nomerli lokal adresga ega. Shunday qilib, marshrutizatorni, xar biri o‘z tarmog‘iga kiruvchi bir nechta tugunlar yig‘indisi deb ko‘rish mumkin. Marshrutizator bir butun qurilma bo‘lganligi sababli, u aloxida tarmoq adresiga ham, xech qanday lokal adresga xam ega emas. Murakkab tarkibiy tarmoqlarda, ikkita oxirgi tugunlar orasida paketlarni uzatish uchun bir nechta alternativ yo‘nalishlar deyarli xar doim mavjud. Yo‘nalish bu yuboruvchidan to tayinlangan nuqtagacha paket o‘tishi kerak bo‘lgan marshrutizatorlarning ketma-ketligi. Shunday qilib A tugunidan B tuguniga yuborilgan paket 17, 12, 5, 4 va 1 yoki 17, 13, 7, 6 va 3 marshrutizatorlar orqali mumkin.
A va B tugunlari orasida yana bir nechta marshrutlarni topish qiyin bo‘lmaydi. Bir nechta imkoni bo‘lganda, yo‘nalishni tanlash masalasini marshrutizatorlar,
xamda oxirgi tugunlar xal qiladi. Tanlash ushbu qurilmalarda tarmoqning oxirgi konfiguratsiyasi to‘g‘risida axborot bo‘lishiga qarab, xamda yo‘nalishni tanlashning berilgan mezoni asosida bajariladi. Odatda mezon sifatini aloxida paketlarning yo‘nalish o‘tishidagi to‘xtalishlar yoki paketlarinig ketma-ketligi uchun yo‘nalishning o‘rtacha o‘tkazish qobiliyati bajaradi. Ko‘pincha yo‘nalishda o‘tilgan oraliq marshrutizatorlar (xoplar) sonini xisobga oluvchi, juda oddiy mezon ishlatiladi. Agar tayinlanish tarmog‘ining adresi bo‘yicha, paketning keyingi yurishidagi to‘g‘ri yo‘nalish tanlansa, xar bir oxirgi tugun va marshrutizator marshrutlash jadvali deb nomlangan maxsus axborot tuzilishini taxlil qiladi.
2.1-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishda, marshrutizatorlarning tarmoqli adresi va tarmoqlar nomerlari uchun shartli belgilarni ishlatib, marshrutizatorda marshrutlash jadvali qanday ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.

2.1-rasm. Tarkibiy tarmoqda marshrutlash negizlari.




Yüklə 233,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin