Mavzu: Kompyuter grafikasi turlari: vektorli, rastrli, fraktal, cd-grafika. Reja Kompyuter grafikasi turlari Vektorli, rastrli, fraktal, cd-grafika



Yüklə 6,81 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü6,81 Kb.
#197526
Kompyuter grafikasi turlari Abdumajidova Gulirano

Mavzu: Kompyuter grafikasi turlari: vektorli, rastrli, fraktal, CD-grafika. Reja 1. Kompyuter grafikasi turlari 2. Vektorli, rastrli, fraktal, CD-grafika.


Grafik muharrirlar bu chizma, tasvir, prezentastiya, illyustrastiya ko’rinishidagi axborotlarni yaratish va ularni tahrir qilish uchun mo’ljallangan amaliy dasturlar paketidir. Grafik muharrirlar axborotni grafik ko’rinishga o’tkazib beruvchi maxsus dasturlar bo’lib, bu muharrirlarda tasvirlarni chizish, tahrirlash yoki boshqa manbalardan ma’lumotlarni qabul kilish imkoniyatlari mavjud.
Kompyuterda axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish va ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda bo’lgan grafik bo’lmagan ob’ektlar o’rtasida bog’lanish o’rnatishni informatika fanida kompyuter grafikasi deb ataladi.
Kompyuter grafikasi:
1. Rastrli grafika
2. Vektorli grafika
3. Fraktal grafikaga ajratiladi.
Rastrli grafikada tasvirlar nuqta(piksel)lar ketma-ketligi tarzida hosil kilinadi. Rastli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat bo’ladi. Chizilgan tasvirlar esa nuqtalarni ketma-ket joylashtirish orkali hosil qilinadi. Nuqtalar soni qanchalik zich bo’lsa, tasvir shunchalik aniq va chiroyli ko’rinishda chiqadi. Rastrli grafikaning asosiy kamchiligi bu tasvirni kattalashtirish ya’ni masshtablashtirishda tasvir sifatining buzilishidir.
Chunki tasvir kattalashganda uni hosil qilgan nuqtalar orasidagi masofa ham kattalashadi.
Vektorli grafikada tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Chiziq sifatida egri va to’g’ri chiziklardan foydalaniladi. Bu grafikada yaratilgan tasvirlarni masshtabi kattalashtirilganda ham tasvirlarning ko’rinishiga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi. Shuning uchun vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar juda aniq va chiroyli chiqadi.
Vektorli grafika illyustrastiyalar, sxemalar yaratishda, bino va inshootlarni loyihalashda, chop etiluvchi hujjatlarni tayyorlashda keng qo’llaniladi. Bu grafik dasturlarning eng mashhurlariga Adobe Illustrator, Macromedia Freehand, CorelDraw va boshqalar kiradi.Fraktal grafika badiiy kompozistiya yaratish – bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida kiritiladi. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarida qo’llaniladi. CorelDraw grafik muharriri vektorli grafikaga mo’ljallangan dastur hisoblanadi. CorelDraw dasturiy paketi takomillashib borib, ko’p sohalarda qo’llaniluvchi vositaga aylandi.
CorelDraw dasturiy paketi yordamida turli grafik ko’rinishlarni yaratish, shuningdek, inshootlarni loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, badiiy ko’rinishdagi kompozistiyalarni taqdim qilish, geometrik shakllarni ya’ni tekislikdagi va fazodagi shakllarni yaratish bilan bog’liq amallarni mukammal bajarish mumkin. CorelDraw Graphics Suite 12 versiyasi oldingi versiyalarning imkoniyatlarni kengaytirib, yanada takomillashdi.
Uning dastiriy paketida quyidagi dasturlar o’rin egallaydi. Asosiy dasturlari:
CorelDraw 12 – vektorli tasvirlar va illyustrastiyalar bilan ishlovchi dastur.
Corel PHOTO-PAINT 12 – nuqtali tasvirlar ustida ishlovchi, tahrirlovchi dastur bo’lib, skaner vositasida tayyorlangan rasmlarni yuqori sifatli filtrlash kabi ishlarni bajaruvchi kuchli vosita hisoblanadi.
Corel R.A.V.3 – vektor animastiyalar yaratuvchi va ularni tahrirlovchi dastur hisoblanib, Web– dezaynerlar uchun mo’ljallangan funkstiyalar ham majud.
Yordamchi dasturlari:
CorelTrace12 – nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o’tkazuvchi dastur.
CorelDraw Sapture12 – kompyuter ekranidan tasvirlarni nusha oluvchi dastur.
Bitstream Font Navigator – Windows tizimida shriftlarni boshqaruvchi dastur.
Duplexing Wizard – hujjatlarni broshyura ko’rinishida chop etishga tayyorlash.
CorelDraw dasturiy paketi boshqa grafik muharrirlarga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlaydi, ya’ni nashriyot tizimlarida, masalan, yumoristik yoki boshqa kitoblarni har xil , turli o’lchamdagi harflar bilan yozish mumkin. O’quvchilar bu dastur bilan ishlash jarayonida shunga amin bo’ladilarki, uning boshqa grafik muharrirlardan imkoniyati keng, mavjud amallar ancha ko’p va murakkabdir. Bu muharrirda fayl va ularning kengaytmasi file.cdr ko’rinishda bo’lib, fayllarni import va eksport qilishda eng yaxshi qulayliklarga ega hisoblanadi.
CorelDraw Graphics Suite 12 dasturiy paketi WINDOWS OT ga quyidagi talablarni qo’yadi:
WINDOWS 2000 yoki WINDOWS XR operastion tizimlari;
Prostessor Pentium II, 200 MGst va undan yuqori;
RAM 128 Mbayt;
CD-ROM;
1024x768 o’lchamdan kichik bo’lmagan SVGA monitor;
“ sichqoncha” yoki planshet;
Qattiq diskda 500 Mbayt bo’sh joy;
CorelDraw vektorli grafik muxarririda tasvir ixtiyoriy shakldagi konturlardan iborat bo’ladi. Bu konturlardan tasvir yaratiladi. Egri chiziqlar Franstuz injeneri va matematigi Per Beze nomi bilan Beze egri chiziqlari deb nomlanadi. Yaratiladigan kontur bir yoki bir nechta segmentlardan iborat bo’ladi. Ketma-ket segmentlarning umumiy nuqtasi tugun deb nomlanadi.
Yüklə 6,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin