2. Xalqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog‘lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o‘sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzsimon. Yulduzsimon topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega. Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so‘ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog‘lash uchun qo‘llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Masalan: -koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o‘xshash; -juftli o‘ram (tvisted pair) telefon simini eslatadi; -optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi.
Tarmoqda kompyuterlarni ulash uchun qalin (Internet yo‘g‘on simi –global tarmoqlar uchun) yoki ingichka koaksial simlar (Ethernet-lokal tarmoqlar uchun), o‘ralgan juftlik (toking ring-vitaya para) va optik tola (dastlab shishadan, hozirda esa plastik tola) simlari ishlatilishi mumkin.