Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klassifikatsiyasi. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo‘llanilishi. Lokal kompyuter tarmog‘iga kirish. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja


Tarmoqlarning texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki mijoz kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi



Yüklə 15,92 Kb.
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü15,92 Kb.
#174801
1   2   3   4   5   6
06-21 XAKIMOVA DILRABO QAYTA O\'ZLASHTIRMA ISHI

Tarmoqlarning texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki mijoz kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.

Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi. Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalgam oshiradi. . Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. Ular 8 tada 32 tagacha kompyuterni o‘zaro bog‘lashi mumkin.

Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi. . Modem «modulyator» va «demodulyator» so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko‘rinishidan raqamli ko‘rinishga aylantiriladi. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o‘lchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat.

Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 1) o‘tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: - past 100 Kbit/ s gacha; - o‘rta 0,5-10 Mbit/s gacha; - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.

2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o‘lchoviga muvofiq: . -LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq; . -CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo yetarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq; -MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq; . -WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; . -GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;


Yüklə 15,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin