Mavzu: Kompyuter texnikasi vositasi



Yüklə 21,93 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü21,93 Kb.
#198844
1   2   3
informatika

Planshet. Bu nurli qalam va doskachadan iborat qirilma kompyuterga tasvirlarni qo’lda chizib kiritish imkonini beradi. Nurli qalam yodamida planshet doskachasida chizilgan tasvir kompyuterga uztilib, ekranda uning nusxasi paydo bo’ladi.

UPS – zahira ta’minot manbai bo’lib, u elektr energiyasi uzilib qolganda ma’lum vaqtgacha kompyuterni zarur energiya bilan ta’minlab turadi. UPSning ba’zi turlari kompyuterni qisqa vaqt, 10-15 daqiqa davomida ta’minlab, undagi ma’lunotlarni doimiy hotiraga joylab olish uchun imkon yaratadi. Kompyuterni uzoq vaqt, bir necha soat yoki kun davomida energiya bilan taminlab tura oladigan UPSlar ham mavjud bo’lib, ulardan internet va lokal tarmoq serverlarini o’chib qolmasligini ta’minlash uchun foydalaniladi. Bunday UPS qurilmalari qimmatroq bo’ladi. UPSlardan boshqa elektr jihozlari uchun ham foydalanish mumkin. Ammo bu qurilmalarga katta energiya talab etedigan elektr jihozlarini ulash mumkin emas. Masalan, dazmol, elektr suv qaynatish choynaklari ulansa UPS yaroqsiz holga kelishi mumkin.



Modem kompyuterni tashqi dunyo bilan telefon tarmog’i orqali bog’lash qurilmasi bo’lib, u orqali uzoq masofadagi kompyuterlar bilan bog’lanish, umumiy tarmoqlarga, hususan internet tarmog’iga ulanish mumkin. Telefon apparanlarining bazi turlari ma’lumotni qog’ozdan “o’qish” va chop etish imkoniyatiga ega bo’lib, yana ular ma’lumotni telefon tarmog’I orqali shunday apparat yoki kompyuter ulangan nuqtalarga jo’natishi mumkin. Bu apparatlar faks-modem deyiladi. Dastlab modemlar ushbu maqsadda, yani qog’ozdagi malumotlarni masofaga uzatishga mo’ljallangani uchun faks-modem deb yuritiladi.

Multimedia. Kompyuterni tovush hosil qiluvchi qurilmasi bo’lib, bu qurilma yordamida musiqa tinglash, ovozli o’quv dasturlarini yaratish, o’yinlar o’ynaganda tovushlarni eshitish mumkin. Multimedia qurilmasi mikrofon, karnaychalar va quloqchindan iborat bo’ladi. Kuchaytirilgan multimediya tizimida yana qo’shimcha video va avdio apparatlarga bog’lanish moslamalari, tele va radio to’lqinlarni qabul qilish jihozlari ham bo’lishi mumkin.



IV. Mustahkamlash. Ko’rgazmali qurollar yordamida o’quvchilarga savollar berib mavzuni mustahkamlayman.
V.Vazifa: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qismlarini tasvirii chizib kelish va mavzuni darslikdan o’qib takrorlash.
Yüklə 21,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin