3-MA’RUZA
MAVZU: KOMPYUTERNING TURLARI VA
TASHKILIY QISMLARI, KOMPYUTERLARNING
ASOSIY KO’RSATKICHLARI VA XUSUSIYATLARI
R.A. YUSUPOV
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p
turli xil kompyuterlar ishlab chiqildi.
Ularning ichida hozirda unitilib ketganlari bilan birga, kompyuter
arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining katta
ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham bor.
Kompyuter arxitekturasini oldingi ma’ruzada keltirilgan rivojlanish
bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy kompyuterlarning qanday
qurilganligi va qanday ishlashi haqidagi bilimlarni yanada
kengaytirish, hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada
oshirish mumkin bo‘ladi.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning qurilish asoslarini o‘zida mujassam
etgan dastlabki kompyuterlardan biri, bu 1952 yili Jon Fon Neyman tomonidan ishlab
chiqilgan va
birinchi avlod
kompyuterlariga mansub bo‘lgan -
IAS (
Immediate Address
Storage
)
«to‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslanuvchi xotira» degan nomga ega kompyuterdir. Bu
kompyuterning arxitekturasini 1-rasmda keltirilgan chizma asosida tushuntirish mumkin.
Fon Neyman kompyuteri beshta asosiy qismlardan iborat:
xotira
,
arifmetik-mantiqiy
qurilma
,
boshqarish qurilmasi
va
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari
. Ushbu
kompyuterning xotirasi, har biri 40 bit uzunlikdagi 4096-ta so‘zlardan iborat. Bu 4096 x 5 bayt
(40 bit = 5 x 8 bit) = 20480 bayt = 20 Kbayt xajmga ega tezkor xotiradir. 40 bitli har bir so‘z
20 bitli ikkita buyruqdan yoki 40 bit uzunlikdagi ishorali butun sondan iborat bo‘lishi mumkin
edi. 20 bit uzunlikdagi har bir buyruqning 8 biti buyruqning turini – ya’ni qo‘shish (
ADD
),
ayirish (
SUB
), ko‘paytirish (
MUL
), ko‘chirib yozish (
MOV
) kabi buyruqlardan birini ko‘rsatsa,
buyruqning qolgan 12 biti esa xotiradagi 4096 so‘zdan birini adreslash uchun xizmat qilgan.
1-rasm. fon Neyman hisoblash
mashinasi
AMQ – arifmetik-mantiqiy qurilma
(АЛУ,
арифметико-логическое
устройство), BQ – Boshqarish
qurilamsi
(УУ,
устройство
управления),
PQ
–
periferik
qurilma
(ПУ,
периферийное
устройство)
Arifmetik-mantiqiy qurilma tarkibida 40 bit uzunlikka ega –
akkumulyator
deb nomlangan maxsus ichki registr bo‘lgan.
U
asosan
kompyuterning
buyruqlari,
hozirgi
kompyuterlarning buyruqlariga o‘xshab, tezkor xotiradan
olingan ma’lumotlarni akkumulyatorga
yozish
, unda kerakli
amallarni
bajarish
, so‘ngra esa natijalarni tezkor xotiraga
qaytib
yozish
amallarini bajargan.
Bu kompyuter nuqtasi qo‘zg‘aluvchan sonlar ustida amallar
bajara olmagan.
Kompyuterlar tarkibida asosiy tashkil etuvchilardan biri bo‘lgan displey,
1960 yili DEC firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan,
ikkinchi avlod
kompyuterlariga mansub PDP-1 kompyuterida birinchi bor qo‘llanilgan. Bu
displey 512x512 piksel o‘lchamga ega bo‘lib, unda nuqtalar yordamida
chizmalarni chizish mumkin edi.
1965 yili ishlab chiqarilgan birinchi mini-kompyuter hisoblangan PDP-8
kompyuterida, hozirgi kompyuterlar arxitekturasida muhim o‘rin tutgan,
kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalarni o‘zaro ulovchi parallel o‘tkazgichlardan
iborat -
umumiy shinadan
foydalanilgan. DEC firmasi PDP-8 kompyuteridan
50000 donasini sotgan va bu bilan, mini-kompyuterlar bozorida yetakchi
kompaniyaga aylandi. PDP-8 kompyuterining soddalashtirilgan chizmasi
2-rasmda keltirilgan.
2-rasm. PDP-8 kompyuterining soddalashtirilgan chizmasi.
Hozirgi kompyuterlarda keng qo‘llanib kelayotgan – bir vaqtning
o‘zida, bir nechta dasturlarni ishlashini amalga oshirish mexanizmi –
multidasturlash
, IBM firmasining IBM 360 kompyuterlari oilasiga mansub
bo‘lgan modellarda yo‘lga qo‘yilgan edi.
1981 yilda IBM kompaniyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlarning
dastlabkilari hisoblangan, o‘ta katta integral sxemalar asosida
to‘rtinchi
avlod
kompyuterlariga mansub bo‘lgan
IBM PC (Personal Computer)
kompyuterlari ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu kompyuterlarda Microsoft
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan MS-DOS operatsion tizimi
o‘rnatilgan edi.
1985 yili so‘z uzunligi 32 bitli Intel 386 protsessori o‘rnatilgan shaxsiy
kompyuterlar ishlab chiqarila boshladi. Bu kompyuterlarda esa, MS-DOS operatsion
tizimi asosida ishlaydigan, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan
Windows qobiq dasturi ham o‘rnatilgan edi.
1980 yillarning o‘rtalariga kelib
qisqartirilgan buyruqlar to‘plamiga ega
bo‘lgan
-
RISC (Reduced Instruction Set Computer)
kompyuterlar ishlab chiqarila
boshlandi. Ushbu kompyuterlarning buyruqlari, ulardan avval ishlab chiqarilgan -
to‘liq buyruqlar to‘plamiga ega bo‘lgan
-
CISC (Complex Instruction Set
Computer)
kompyuterlarning buyruqlariga nisbatan ancha sodda va tez bajarilar edi.
RISC kompyuterlari asosida keyinchalik ko‘p sonli buyruqlarni bir vaqtda
bajara oladigan -
superskalyar
kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.
4 avlod kompyuterlarining element bazasi hisoblangan - o‘ta katta integral
mikrosxemalar tarkibiga bir necha o‘n ming, bir necha yuz ming va nihoyat bir necha o‘n
millionlab tranzistorlarni joylashtirish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi, ishlab
chiqarilayotgan kompyuterlar o‘lchamlarini tez suratlar bilan kichrayishiga olib keldi.
1993 yili Apple kompaniyasi tomonidan beshinchi avlod kompyuteri hisoblangan,
Apple Newton nomli cho‘ntak kompyuteri ishlab chiqildi. Mana shu avlod
kompyuterlariga mansub deb hisoblangan, kompyuter texnologiyasi sohasida keskin
burilish yasagan –
«
ko‘rinmas kompyuterlar
»
deb nom olgan kompyuterlar ham ishlab
chiqarila boshladi.
«
Ko‘rinmas kompyuterlar
» hozirda – maishiy texnika qurilmalari, soatlar, bank
kartochkalari va boshqa-boshqa ko‘pgina qurilmalar tarkibida ishlatilmoqda. Bu
kompyuterlar, jahon ishlab chiqarishining rivojlanishiga, kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |