Mavzu: Kon mashina detallarini qayta tiklashda quyimlarni xisoblash



Yüklə 13,96 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü13,96 Kb.
#168534
bexruz


Mavzu: Kon mashina detallarini qayta tiklashda quyimlarni xisoblash
Ta’mirlash ishlab chiqarishda detallarni metallizatsiya changpurkash yo’li bilan ta’mirlash keng qo’llanilmoqda. Jarayonning mohiyati – erigan metall 400 mkm gacha o’lchamlardagi mayda zarralar ko’rinishida siqilgan havo yoki inert gaz oqimi bilan detalning oldindan tayyorlangan yuzasiga uzatiladi va metall qoplama hosil qiladi. Ushbu usulda har xil o’lcham va konfiguratsiyadagi cho’yan, po’lat, alyuminiy, bronza detallarga 10 mm gacha qalinlikda turli metallardan mustahkam qatlam tushirish mumkin. Metallizatsiya paytida detalning qizishi 700 dan oshmaydi, buning natijasida termoishlov natijalari, detal metallining strukturasi va mexanik xususiyatlari o’zgarmaydi. Metallizatsiya shuningdek metallni korroziyadan (zanglashdan) saqlash, uning issiqlik va elektr o’tkazish xususiyatlarini yaxshilash, issiqlikka chidamliligini oshirish uchun qo’llaniladi.
Qoplama qilish uchun metallni eritish usuli bo’yicha elektryoyli, gazli va yuqorichastotaliga bo’linadigan metallizatsiya uskunalari qo’llaniladi.
Detallarni metallizatsiya bilan ta’mirlashning texnologik jarayoni yuzani metallizatsiyaga tayyorlash, bevosita metallizatsiya va qoplamaga keyingi ishlov berishdan iborat.
Detalni metallizatsiyaga tayyorlash o’z ichiga yuzani yog’lar, oksidlar, zang, namlik va kirdan tozalashni, to’g’ri geometrik shakl berishni, metallizatsiya qatlami asosiy metall bilan yaxshi bog’lanishini ta’minlash uchun g’adir-budir yuza qilishni, shuningdek qoplama qilinmaydigan joylarni izolyatsiya qilishni o’z ichiga oladi.
Kvarts qumi yoki po’lat uvoqlari bilan qum oqimli ishlov berish bilan, uzuq yoki dumaloq rezьba kesish bilan, nakatka (dumalatib ishlov berish) bilan, elektr uchqunli yoki anodli-mexanik ishlov bilan, sulьfat yoki xlorid kislota suvli eritmalarida yedirish (ishlov berish) bilan yuzani g’adir-budir qilish mumkin. Yuzani tayyorlash usuliga ko’ra metallizatsiya qilinadigan qatlam ulanishining mustahkamligi o’zgaradi. Masalan, qum oqimi bilan tayyoralashda u 5-6, elektr uchqun bilan tayyorlashda – 6-7, uzuq rezьba kesishda – 11-12, dumaloq rezьba kesishda – 18-25 MPa ni tashkil qiladi.
Elektr yoyli metallizatsiya sxemasi 15.9-rasmda ko’rsatilgan. Tiklanadigan detalь (val) tokarlik stanogining patroniga, metallizator esa supportga o’rnatiladi. Naplavka (suyultirib qoplash) jarayonida sim uchlari 3 yo’naltiruvchi quvurlardan 5 chiqishda elektr toki zanjirini tutashtiradi, elektr yoy paydo bo’ladi va sim eriydi. SHu bilan bir vaqtda quvurdan 2 yoy zonasiga 0,5-0,6 MPa bosim ostida siqilgan havo boradi. Erigan metall siqilgan havo oqimi bilan surilib, purkaladi va 100-300 m/s tezlikda detalning yuzasiga yotqiziladi. Detalь yuzasiga urilib, metall zarralari uning mikro- va makronotekisliklarini to’ldiradi. Yotqiziladigan metallning asosiysi bilan ulanishi mexanik va qisman molekulyar bog’lanish hisobidan, shuningdek soviganda qoplama cho’kishi natijasida amalga oshiriladi. Qoplamaning o’zi – yuqori qattiqlikdagi, past mexanik mustahkamli, metallning g’ovak, mo’rt qatlamidir, u moyni yaxshi shimdiradi va kichik solishtirma yuklamalarda o’ta mustahkam, katta yuklamalarda buziladi. Metallashgan qatlam qattiqligi odatda dastlabki metall qattiqligidan yuqori bo’ladi. CHangpurkash uchun 1-2 mm diametrli po’lat, mis va boshqa simlarning oddiy navlari ishlatiladi. 15.4-jadvalda detallarni changpurkash bilan metallizatsiyalash rejimlarining parametrlari ko’rsatilgan.
TSilindr detallarni metallizatsiyalash davomiyligi (soat), (15.7)
Bu yerda D – detalning diametri, mm; h –qoplama qalinligi, mm; - metallizatsiyalangan qoplama zichligi, g/sm3; g- apparat unumdorligi, kg/soat; K- 0,5-0,8 – simdan foydalanish koeffitsienti.
Elektr yoyli metallizatsiyalashning kamchiliklari – elektrod materialining ko’p yo’qotilishi (60% gacha), kimyoviy elementlarning kuyishi va oshiriladigan metallning oksidlanishi.
Metallizatsiyadan keyin detallarga tokarlik stanoklarda T15K6 qattiq qotishmali plastinkali va boshqa rezetslar bilan yoki silliqlab (qoplama o’ta qattiq bo’lganda) ishlov beriladi. Qoplama bo’yalmasligi uchun kesib tokarlik ishlov berish rejimlari odatiy rejimlarga ko’ra pasaytirilishi kerak: kesish tezligi – 15-30 m/daq gacha, uzatish – 0,1-0,2 mm/ob, kesish chuqurligi – 1,5 mm gacha.
Sirpanish detallarida qoplamalarni charxtosh bilan silliqlash tavsiya etilmaydi, chunki charxtoshdan ajraladigan abraziv zarralar qoplamalar kovakchalariga tiqilib, detalning intensiv (jadal) abraziv eskirishiga olib keladi.
Ishqalanish sirpanish sharoitlarida ishlaydigan detallarga mexanik ishlovdan keyin 5-6 soat davomida 80-900 S haroratda moy shimdiriladi.

Adabiyotlar:


  1. Kovshov A.N. Texnologiya mashinostroeniya. M.: Mashinostroeniya, 1987.- 320s.

  2. Danilevskiy V.V. Texnologiya mashinostroeniya. M.: Vqsshaya shkola, 1977.- 479s.

  3. Texnologiya mashinostroeniya: v 2 t. T.1. Osnovq texnologii mashinostroeniya: Uchebnik dlya vuzov / V.M. Burtsev i dr.; pod red. A.M. Dalьskogo-M.: Izd-vo MGTU im. N.E. Baumana 1998-564 s.

Yüklə 13,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin