Mavzu: Ko`p fotonli jarayonlar


II.Bob.Lazer nurlanishining xususiyatlari



Yüklə 95,35 Kb.
səhifə7/13
tarix07.01.2024
ölçüsü95,35 Kb.
#207943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
murodjon

II.Bob.Lazer nurlanishining xususiyatlari.
2.1. Nochiziqli optika.

Zamonaviy nochiziqli optikaning asosiy holatini tushuntirishdan oldin, shu sohaning mashhur mutaxassisi I.R.Shenning «Nochiziqli optika prinsiplari» kitobidan quyidagi satrlarni keltirsa o‘rinli bo‘ladi: «Bizning atrofimizdagi barcha fizikaviy jarayonlar chiziqli kechganda, fizika juda zerikarli, hayot esa umuman bo‘lmagan bo‘lar edi». Baxtimizga biz nochiziqli olamda yashayapmiz. Agar chiziqiylik fizikaga bezak bersa, nochiziqiylik esa uni jozibador ko‘rsatadi». Bu so‘zlar lazer nurlanishi va nochiziqli optika effektlaridan foydalanishga asoslangan zamonaviy optikani to‘liq xarakterlaydi.

S.I.Vavilov «mikrostruktura sveta» kitobida o‘zing 20-yillarda o‘tkazgan kuzatishlarini va undan keyingi tajribalarini umumlashtirib quyidagi fikrlarni bildirgan edi.

«Yutayotgan muhitdagi nochiziqlik faqat absorbsiyaga nisbatan kuzatilishi shart emas. Absorbsiya dispersiya bilan bog‘langan, demak yorug‘likning muhitda tarqalish tezligi umuman olganda yorug‘lik quvvatiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Shu sababli muhitning boshqa optik xususiyatlarida ikkiga ajralib sinishda – dixroizmda, aylantirish qobiliyatida va hokazolarda umumiy holda yorug‘lik quvvatiga bog‘liq ko‘rinishi, ya’ni superpozitsiya prinsipi buzilishi kerak». Chiziqli bo‘lmagan optikaning lazer nurlanishining tarqalishini eksperimental tekshirish bilan bog‘langan keyingi rivojlanishi oqibatida Vavilovning bo‘lishi mumkin bo‘lgan chiziqli emas hodisalarning xilma-xil ekanligi haqidagi fikri tasdiqlanibgina qolmay, balki u aytib o‘tgan hamma konkret effektlar kuzatildi. Shuning uchun Vavilov haqli ravishda chiziqli bo‘lmagan optikaning asoschisi hisoblanadi.

Vavilov chiziqli bo‘lmagan hodisalarning sababini yorug‘likni yuta oladigan molekula yoki atomlar sonining o‘zgarishida, ya’ni atom, molekulalarning uyg‘ongan holatga o‘tishi va bu holatda bo‘lish vaqtining o‘zgarishida ko‘rgan. Chiziqli bo‘lmagan hodisalar yuqorida ko‘rsatilgan sabablardan tashqari yana qator sabablar tufayli ham yuz beradi. Shunga mos ravishda lazer nurlanishining tarqalishini o‘rganganda topilgan chiziqli bo‘lmagan hodisalar to‘plami yanada turli-tuman bo‘lib chiqdi.


Yüklə 95,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin