Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 191-guruh talabasi Salayeva Hilolaning “Ko’p fotonli jarayonlar“mavzusi bo’yicha yozgan kurs ishiga
Taqriz “Ko’p fotonli jarayonlar “ mavzusi bo’yicha yozilgan kurs ishi tuzilishi bo’yicha Kirish, Asosiy qism va Xulosalardan iborat bo’lib, mavzuni yoritishda bir qancha ilmiy adabiyotlar va internet materiallaridan foydalanilgan.
Mavzuda ko’p fotonli jarayonlar va ularning lazer fizikasidagi o’rni haqida ma’lumotlar berildi.
Fundamental o’zaro ta’sirlar va ularning ta’sir radiusi, ta’sir mexanizmi va xarakterli vaqti to’liq xolda jadvallashtirib berilgan.
Mavzuni yoritishda bir qancha jadval va tasvirlardan foydalanilgan bo’lib, mavzu matnini tayyorlashda ular muntazam ketma-ketlikda mavzuga joylashtirilgan.
Salayeva Hilolaning “Ko’p fotonli jarayonlar “ mavzusi bo’yicha yozgan kurs ishi Davlat ta’lim standartlarida va oily ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan o’quv hujjatlari talablariga to’la javob beradi.
Fizika kafedrasi o’qituvchisi: