Korxonalardagi innovatsion faoliyatning samarali rivojlanishida ilmiy-texnik va marketing xizmatlari etakchi rol o‘ynaydi. Aynan shu bo‘linmalar, innovatsion g‘oyalar asosiy manbasi bo‘lib, innovatsion rivojlanishga bo‘lgan ikki yondashuv – “texnologik turtki” va bozor talabi (“bozor turtkisi”) ning birligini ta’minlashi lozim.
Korxonalardagi innovatsion faoliyatning samarali rivojlanishida ilmiy-texnik va marketing xizmatlari etakchi rol o‘ynaydi. Aynan shu bo‘linmalar, innovatsion g‘oyalar asosiy manbasi bo‘lib, innovatsion rivojlanishga bo‘lgan ikki yondashuv – “texnologik turtki” va bozor talabi (“bozor turtkisi”) ning birligini ta’minlashi lozim.
Marketing bo‘linmalarining birinchi darajali vazifasi – bozorni o‘rganishdir:
talab va raqobatni,
iste’molchi fe’l-atvori va uning afzal ko‘rishlari dinamikasini,
raqobat qiladigan yangiliklar mavjudligi va ularni (ichki va tashqi) bozorda realizatsiya qilish imkoniyatlarini tahlil etish.
Innovatsiyalar marketingi yangiliklarni iste’molchi nuqtai nazaridan tahlil qilish, potensial iste’molchi tahlili va bozor muhitini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Bozor muhitini o‘rganishda bozor turi, hajmi, raqobat va bozor segmentatsiyasi baholanadi. Yangilikni iste’molchi nuqtai nazaridan tahlil qilish uning yangiligini, tejamliligini, ekologikligini, sifat, narxi va jozibadorligini belgilashni taqozo etadi.
Yangilikni iste’molchi nuqtai nazaridan tahlil qilish
Daromadlar darajasi
Ma’naviy –psixologik xususiyatlar
Xaridlar motivatsiyasi
Tovarga bo’lgan talabning shakllanishi va h.k
Korxonalarda innovatsion jarayonni boshqarishda korxonalarning ilmiy salohiyatini shakllantiradigan va ularning innovatsion strategiyasini belgilaydigan ilmiy-texnik bo‘linmalar alohida o‘ringa ega. Ushbu holatda shunday korxonalar nazarda tutilganki, u yerda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar o‘z bazasi yaratiladi. Hozirgi vaqtda korxonalar innovatsion rivojlanishning turli taktikasini qo‘llaydi.
Korxonalarning biri innovatsion rivojlanish uchun nou-xau va litsenziyalarni,
uchinchilari – mustaqil ITI, KB yoki tashqi venchur tashkilotlarning innovatsion ishlanmalarini qo‘llashni,
boshqalari – ichki venchur tashkilotlarini yaratishni afzal ko‘radi.
Innovatsion rivojlanishning bunday taktikasini ular innovatsion ishlanmalar o‘z bazasi mavjud emasligi, innovatsion-investitsion xarajatlarning mumkin bo‘lgan minimizatsiyasi, modernizatsiya qilingan va qisman takomillashtirilgan yangiliklarni tezkor o‘zlashtirish va bozorgacha yetkazish zarurati bilan tushuntiriladi