Belgilangan davr oralig‘ida yoki loyiha hayotiylik davrida 10%
dan 35% gacha bo‘lgan ehtimollik darajasi
1
Kamdan- kam
100 yilda
bir marta yoki undan kam
Kamdan- kam
Belgilangan davr oralig‘ida yoki loyiha hayotiylik davrida 10%
va undan past bo‘lgan ehtimollik darajasi
Shkala riskni asosli tarzda darajalarga va ustuvorligi bo‘yicha ajratishga imkon yaratishi kerak. Shkala eng optimal ko‘rinishda beshta darajadan tashkil topishi kerak. Quyida ta’sir darajasi, ehimollik, moyillik va sodir bo‘lish tezligi bo‘yicha har biri uchun alohida namunaviy baholash shkalasi keltirilgan.
Ta’sir darajasi. Ta’sir(yoki oqibat) darajasi risk holati korxona faoliyatiga ta’sir ko‘lamini ko‘rsatadi. Ta’sir darajasini baholash mezoni o‘z ichiga moliyaviy, reputatsion, boshqaruv, xavfsizlik, tashqi omil, ishchi-xodim, mijoz va operatsion ta’sirlarni oladi. Korxonalar odatda ushbu keltirilgan sohalarning har biri bo‘yicha risk ta’sirini umumlashtirish orqali ta’sir darajasi aniqlanadi. Ba’zi korxonalar risk uchun ishlab chiqilgan shkalani, imkoniyatlar (daromadlar) uchun ham qo‘llashadi (5.4-jadval).
Ehtimollik. Ehtimollik – bu ma’lum hodisa sodir bo‘lish ehtimolligi hisoblanadi. Ehtimollikni miqdoriy ifodalar orqali nisbiy (foizda) ehtimollik sifatida yoki sodir bo‘lish chastotasi sifatida ko‘rish mumkin. Sonli qiymatlardan foydalanilayotganda vaqt oralig‘ini yillik takrorlanishlar yoki loyiha hayot davriyligi orqali tasniflanishi kerak. Ba’zida korxonalar ehtimollikni «belgilangan davr
oralig‘ida risk hodisasi bir necha marotaba sodir bo‘lish»i yoki «bo‘lmaslig»iga o‘xshash sifatiy ifodalar orqali ifodalashadi (5.5-jadval).
Riskka moyillik. Riskka moyillik ta’sir kuchi va ehtimollikka bevosita bog‘liq. Korxona qanchalik riskka moyilligi kuchli bo‘lsa shuncha riskning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi. Agar nazoratni o‘z ichiga olgan riskka qarshi choralar o‘z o‘rnida va tegishli tarzda qo‘llanilmasa, risk hodisasi sodir bo‘lish ehtimolligi oshadi. Moyillikni baholash korxonalarda riskni boshqarish qanday yaxshi joriy etilganini aniqlashga imkon beradi.
Riskka moyillikni baholash mezoni quyidagi choralarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi: stsenariyaviy rejalashtirish, real optsionlar42, risk hodisasi sodir bo‘lganda unga tez moslashib kapital zihiralarini shakllantirish kabi qarshi choralarni qo‘llash. Biroq universal baholash mezani mavjud emas. Har bir korxona o‘z mezonini talablarini qondirishga mos tarzda ishlab chiqishi kerak.