Mavzu: Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari. Reja


faoliyatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 57,6 Kb.
səhifə3/3
tarix17.03.2023
ölçüsü57,6 Kb.
#88390
1   2   3
Mavzu 1

faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash;

  • mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;

  • xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;

  • ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;

  • mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;

  • korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish.

Albatta, zamonaviy korxonalarning ko‘p qirrali faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to‘ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’i nazar, xo‘jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:

  • korxona egasining daromad olishi;

  • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;

  • xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;

  • korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;

  • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.

Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:

  • ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;

  • mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish va sotish;

  • sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish;

  • ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;

  • xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;

  • soliqlarni to‘lash, byudjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to‘lovlarni amalga oshirish;

  • amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.

Bu funksiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funksiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.
Xar bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, milliy iktisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta
Yüklə 57,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin