Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari
Optimallik – tuzilma bo`linmalari o`rtasida eng kam boshqaruv bo`g’inlariga ega bo`lgan holda o`zaro aloqalarni ratsional tarzda o`rnatishdir. SHu sababli ko`p bo`g’inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qo`yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Tezkorlik (operativlik)– barcha funktsional bo`linmalarning, zarur hollarda ishlab chiqarish bo`linmalarining, boshqaruv qarorlari o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash uchun o`zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi.
Ishonchlilik – axborotlarni o`z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va bajarish joylariga o`z vaqtida etkazishni ta`minlaydi. Ishonchlilik va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi. Tejamkorlik –asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya`ni ishlab chiqarish samaradorligining o`sishiga erishishdir.