Mavzu: Korxonaning moliyaviy holati tahlilining natijalarini umumlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish yo‘llarini belgilash.
Reja: 1. Korxonalar moliyaviy holati tahlili tushunchasi va asosiy talablari.
2. Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari.
3. Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari.
Foydalanilgan adabiyotlar
kirish
XXI asr barcha sohalar qatori iqtisodiyotda ham globallashuv, raqobatning subyektlararo darajasidan xalqaro darajaga ko'tarilganligi, hisob-kitob tizimining jahon miqyosida bir xiI andozaga keltirilayotganligi, zamonaviy biznes qoidalarining tez o'zgarishi kabi keskin jarayonlarning sodir bo'lishi bilan boshlandi. Yuz berayotgan o'zgarishlar va jarayonlar axborot tizimini takomillashtirishga, dunyo miqyosida iqtisodiyotni boshqarishning bir-biriga o'xshash va muvofiq keladigan tizimining shakllanishiga olib kelmoqda. Dunyo ahli Internet orqali bir-biri bilan cheklanmagan tarzda muloqot qilmoqdalar. Bu esa, o'z navbatida, odamlardan ham tezkorlikni, ham axborotlardan tez xulosa chiqarib, zudlik bilan boshqaruv qarorIarini qabul qilishni talab qilmoqda. Ayni paytda xuddi shunday talablar iqtisodiyotda xo'jalik yurituvchi subyektlarga ham qo'yilmoqda. Aynan ushbu muammolarni hal qilish xo'jalik yurituvchi subyektlar, uning asosiy bo'g'ini bo'lgan korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlilini takomillashtirishni, uning tezkorligini ta'minlashni taqozo etmoqda. lahon amaliyotida erkin iqtisodiy munosabatlarni yo'lga qo'yishning yagona modeli sifatida tan olingan bozor iqtisodiyoti avvalo chuqur tahliliy va ilmiy asoslangan yechimlarni talab etadi. Firma va kompaniyalar iaolligi hamda· ularning ish samaradorligini ta'minlash iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida har qachongidan ham murakkab hodisa va jarayonga aylanadi. Shu jihatdan, har bitta korxona faoliyati uning moliyaviy holati, to'lovga qodirligi hamda moliyaviy barqarorligini aniqlashda tahliliy amallarga bo'lgan ehtiyoj va zaruriyatda muammolar yechimini chiqarish yanada murakkablashadi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishi hamda uning barcha davlatlarni qamrab olishidan ham ko'rish mumkinki bugungi iqtisodiyot o'ta murakkab iqtisodiyot, uni bir davlat doirasidagi siyosat, yoki amaliy yechimlar bilan hal etish mumkin emasligi, masalaga keng qamrovli tarzda yondashuvni 3 talab etadi. Ya'ni, har bir davlat yoki unda faoliyat yuritayotgan korxona, jahon iqtisodiyotining ajralmas bo'g'iniga aylanib ulgurgan deyish mumkin. Chop etish yoki taqdim etish orqali oshkor etiladigan moliyaviy hisobotlardagi ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish va tushunish qiyin bo'lmaydi, qachonki ushbu hisobotlar bir xil qoida va tamoyillar asosida tuzilgan bo'lsa. Shu ma'noda yuqoridagi ta'kidlarni aynan o'rinli deyish mumkin. Negaki, agar turli davlatlardagi korxonalar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni ham buxgalterlar va analitiklar tomonidan hech qanday qiyinchiliklarsiz tushunishlari mumkinligini nazarga oladigan bo'lsak, bu qarash juda sodda qarash bo'lar edi. Agar shunday bo'lganda, moliyaviy hisobotlarni o'rganish va tahlil etish orqali barcha muammolar o'z-o'zidan hal etilgan yoki oldi olingan bo'lar edi. Korxonaning manzili, erishgan natijalari, muammolari moliyaviy holati haqidagi axborotlarda (moliyaviy hisobotlarda) aks etgani bilan aslida muammolar yechimi uning quyi bo'g'inlarda ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikka yuz tutmaslik va yashab qolishga harakat mavjud moliyaviy resurslarlarni boshqarishni yaxshi bilishni, kapital tarkibini va tashkil topish manbaalarini shakllantirishda moliyaviy mustaqillikni ( o'z va qarz mablag'lari ulushini) to'g'ri nisbatlashni, eng muhimi samarali va natijali ishlab chiqarishni, tijorat va moliyaviy faoliyatini yo'lga qo'yishni talab etadi. Korxonalar moliyaviy holatini tahlil etishning amaldagi an'anaviy holati biznesning bugungi kun talabida takomillashtirish, metodologik yangiliklar bilan boyitish, aniq qoida va normalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, obyektivlikning istiqboldagi darajalarini bashoratlash mumkin bo'lgan analitik jarayonlar tizimiga aylantirish lozirn. Bugungi moliyaviy holat tahlilida ko'proq tashqi ta'sirlardan himoya etish (inflyatsiya, kontrigentlar bilan aloqalar mustahkamligi, mulkiy va huquqiy shakllarning o'zgaruvchanligi kabi) masalalarini qarnrab olgan kompleks yondashuvlarga, modellarga tayanish lozim. Moliyaviy holat tahlilini bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos shakli aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy hamda dinamik o'zgarishlarini, korxona faoliyat natijaviyligini va xarajatlar tarkibini, to'lovga qobillik va moliyaviy barqarorligini, kapital aylanuvchanligini, rentabellik va bozor aktivligini ko'rsatkichlar tizimida shunday baholay bilishi lozimki bu harakat biznesni samaradorligini aniq ko'rsata bilsin va istiqbolda uni o'stirishning aniq yo'llari ta'minlansin. Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlariga muvofiq maxsus kasbiy fanlar qatoriga kiritilgan «Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holati tahlili» kursi Buxgalteriya hisobi va audit ta'lim YO'nalishi bazasida tayyorlanadigan ta'lim mutaxassisliklari talabalari (magistr va ilmiy izlanuvchilariga) mo'ljallangan. Kursning maqsadi ta'lim oluvchilarga iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatini tahlil etishning nazariy bilimlarini berishga, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu kurs buxgaiteriya hisobi, audit, menejment va boshqa maxsus tanlar bo'yicha olingan bilimlarni boyitgan holda moliyaviy hisobotlami tahlil etish va ular bO'yicha boshqaruv qarorlarini qabul etish hamda fanning dolzarb masalalari yuzasidan ma'lumotlar beradi. Shu bilan hirga mazkur kurs iqtisodiy yo'nalishlarda ta'- lim olayotgan boshqa mutaxassisliklar uchun ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, «Bank ishi». «Soliqlar va soliqqa tort ish» , «Sug'urta», «Iqtisodiyot» ta'lim YO'nalishlari bazasida tayyorlanadigan mutaxassisliklarida o'qitilayotgan fanlar uzviyligida ushhu kursning roli va o'mi alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki ushbu soha mutaxassislari iqtisodiyotning turli sektorlarida taoliyat yuritayotgan karxonalarning moliyaviy ahvolidan voqif bo'lish va uning kutilishlarini bashorat etishda albatta moliyaviy holat tahlili bo'yicha chuqur bilim, malaka va ko'nikmalariga ega bo'lishlari talab etiladi. O'quv qo'llanma namunaviy dasturga muvofiq moliyaviy tahlilning 7 ta bobini o'z ichiga oladi. Har bitta bob nazorat savollari va muammoli savollar bilan boyitilgan. O'quv qo'llanmaning birinchi bobi «Moliyaviy holat tahlili va uning axborotlar tizimi»ga bag'ishlangan. Unda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida korxonalar moliyaviy holatini tahlil etishning zaruriyati va muhimligi, moliyaviy holat tahlilini fan sifatida shakllanishi, iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismlari: boshqaruv va moliyaviy tahlil, moliyaviy holat tahlili . maqsadi. mazmuni va asosiy vazifalari, tahlil subyektlari, 5 moliyaviy holat tahlilini tashkil etilishi, tahlilni axborotlar tizimi va uning oldiga qo'yiladigan talablar, xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan hisobotlar axborotligi va ularning muammoli jihatlari, hisobotlar bo'yicha xarajatlarni baholash va ularni minimallashtirish, hisobotlarni elektron shaklda topshirishni takomillashtirish va axborotlarni analitik ishlashni avtomatlashtirish, chet el firma va kompaniyalarida moliyaviy holat tahlili va uning O'zbekiston Respublikasidagi moliyaviy holat tahlili bilan muvofiqligi masalalari yoritilgan. Ikkinchi bob «Buxgalteriya balansini gorizontal, vertikal va trendli tahlili» deb nomlanib unda buxgalteriya balansini 0' qish va tahlil qilish orqali firma va kompaniyalar moliyaviy holatiga baho berishni mazmuni, buxgalteriya balansini gorizontal va vertikal tahlili, firma va kompaniyalarni mulki, kapitali va majburiyatlarini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholanishi, buxgalteriya balansini trend tahlili, firma va kompaniyalar aktivlari va passivlarini tahlili, uzoq muddatli aktivlar, zaxira va xarajatlarni o'z va qarz mablag'lari hisobiga manbalanishini tahlili, lizing hisobiga olingan mablag'lar tahlili, firma va kompaniyalar balansini reyting baholash va moliyaviy tahlilni yakuniy xulosalarini rasmiylashtirish tartibi berilgan.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatidagi iqtisodiy tanglik1ar. inqirozlar doimo mulk egalari, investorlarni yuzaga kelgan holatlar bo 'yicha muhim qarorlar qabul qilishga undaydi. Aks holda, sekin-sekin biznesdagi harakat yakun topadi va korxonalar yopiladi. Erkin iqtisodiyotda, xo'jalik yurituvchi subyektlar va mulk egalarini qiziqtiradigan eng muhim masala biznes samaradorligi va faoliyat natijaviyligini baholash, ular moliyaviy holatini tahlil etish masalasidir. Mazkur masala iqtisodiyotning bir maromda rivojlanishida ham muhim hisoblanadi. Shu sababli, bugungi kunda xo'jalik yurituvchi subyektlar boshqaruv apparati oldida bir qancha murakkab ya'ni, mavjud mulkiy holatga, iqtisodiy resurslarning tarkibiy tuzilishi va warning samaradorligi. faoliyatning natijaviyligi, to'lovga qobillik va moliyaviy barqarorligiga baho berish yuzasidan aniq taktik qarorlar tayyorlash bo'yicha qat or muammolarga duch kelinmoqda. Bugun, dunyoning barcha davlatlarini u yoki bu darajada qamrab olayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xo'jalik yurituvchi subyektlar oldiga nafaqat ichki muammolar haqida qayg'urishini, balki ko'proq tashqi muammolar ta'siridan himoyalanishini ham talab etmoqda. Afsuski, yuz berib bo'lgan jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi albatta o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. Shuningdek, undan qutilib qolishning ham imkoni yo'q. Bu borada faqat, uning ta'sirini yumshatish, Yo'qotishlar va iqtisodiy jabrlarni imkon qadar kamaytirish choralarini ko'rish lozim. Inqirozga yuz tutgan korxonaning holati ham aynan shunday, faqat yuqoridagi jihatdan o'zining ko'lami, darajasi bilan farq etadi xolos. Ya'ni, korxona inqirozga yuz tutmaslik haqida, ko'proq inqirozgacha bo'lgan jarayonda qayg'urishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning inqirozga yuz tutishi va sinishi tabiiy hoI sanaladi. Kimki uning shartlari, qoidalari asosida harakat qilmas ekan bu hoI albatta muqarrar hisoblanadi. Korxonalar faoliyatidagi inqiroz belgilarini ko'rsatib beruvchi barometr mavjud emaski doimo uning ko'rsatkichi kuzatib turilsa. Bu holat, xo'jalik moliyaviy faoliyati haqidagi reallikni rasmiy tuziladigan va chop etiladigan moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida tizimli tahIil etish orqaligina bilinadi, o'rganiladi xolos. Korxonada inqiroz belgilar ma\jud emas, inqirozning xavf-xatari bor, inqirozli holat mavjud deb xulosa qilish biznesda doimo boshqaruv apparatining e'tiborida turuvchi masaladir. Korxonalar moliyaviy holatidagi tanglikni ham xuddi yuqoridagi holatga qiyoslash mumkin. Aslida, inqirozning bosh sababi ham korxonalar moliyaviy holatidagi ushbu tanglikka borib taqaladi. Lekin asli, tanglikning sababi va yechimlar moliyaviy holatda emas balki ko'proq subyektlarning ishlab chiqarish faoliyatining quyi bo'g'inlaridadir. Moliyaviy holatda esa ushbu holat oyna singari aks etadi xolos. Yechimi unchalik oson bo'lmagan bunday holatda korxona egalari ko'pincha mustaqil maslahatchilarga va analitiklar yordamiga ehtiyoj sezadilar. Negaki, korxonalar moliyaviy holatidagi tanglikni, inqirozni mo'jizaviy formula asosida yoki shunchaki hoxish-istak bilan hal etib bo'lmaydi. Bugungi kunda tobora doirasi kengayib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham korxonalar moliyaviy holatiga sezilarli ta'sir o'tkazmoqda. Respublikamizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'siridan ko'riladigan talofatlarni imkon qadar kamaytirish va korxonalarni hamda davlatimizni uning ta'siridan saqlab qolish yuzasidan hukumatimiz tomonidan inqirozga qarshi choralar dasturining ishIab chiqilganligi va uning izchil amalga oshirilishi natijasida aytish mumkinki (xalqaro ekspertlarning ishonchsizlik 10 va mensimaslik bilan qarab kelishiga qaramay) bunga to'la barham berildi va berilmoqda deyishga asoslarimiz yetarli. Inqirozlar sharoitida korxonalar moliyaviy holatini tahlil etishning ahamiyati har qachongidan ham dolzarb va muammoli ahamiyat kasb etadi. Negaki barcha yuz bergan holatning asosiy sabablarini va mavjud tanglikdan chiqishning yo'llarini bilishni xohlaydi. lahon maliyaviy-iqtisodiy inqirozi har doimgidan ham ekspert, tahlilchilar oldiga o'ta murakkab vazifalarni qo'yadi. Natijada, kasb egalari va ularning xizmat funksiyalariga bo'lgan zaruriyat har qachongidan ham yuksak darajaga ko'tariladi. Korxonalar moliyaviy holatiga tashhis qo'yish va uni sog'lomlashtirishning aniq chora -tadbirlarini ko' rish aslida makro ko'lamdagi barqarorlikni ta'minlashning ham muhim omili hisoblanadi. Shu sabahli, yuzaga kelgan holatda birinchi navbatda korxonalarni rnoliyaviy sog'lornlashtirish va ularning kelgusida barqaror o'sishini ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rish lozim. Inqirozning siklik jarayonlari bilan olimlar 100 yillar davomida shug'ullanib kelgan. Lekin shunga qaramay uning jozibadorligi, doirasining kengayishi, shakllarining xilrna-xilligi rnasalaga doimo turlicha yondashuvni talab etadi. Galdagi, jahon inqirozi (moliyaviy-iqtisodiy) sababi ko'proq ipoteka kreditlarini berishdagi tanglik holati bilan izohlanadi. Uning aniq sabablari yuzasidan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari) nornli asarida batafsil izohlar berib o'tgan. «Hech kimga sir emaski, bugun keng tarqalib borayotgan jahon rnoliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri-bu banklar likvidligi, ya'ni to'lov qobiliyatining zaifligi bilan bog'liq rnuarnrnoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul rnablag'larining yetishmasligi bilan izohlanadi) . Ko'plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o'ylanrnagan siyosati ham ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga solib qo'yganligini ham alohida ta'kidlash lozim. Shu bilan birga aytish joizki inqiroz yuzaga kelgan va undan ko'proq jabr ko'rayotgan davlatlarda yalpi ichki mahsulotning 80 foizga yaqin qismi xizmat ko'rsatish sohasida (asosan moliyaviy sektorda) yaratilganligiga nazar soladigan bo'lsak, moliya sektori iqtisodiyotni lokomotivi, uni harakatga keltiruvchi kuchiga aylanganligini, uning izdan chiqishi esa butun iqtisodiyotni izdan chiqarishi ham mumkinligini izohlash mumkin. Bugungi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini asli ildizi ham shunda. Ushbu sektorda, juda ehtiyotkor va puxta o'ylangan siyosat borish lozim.
Xulosa Jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko'p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg'unligiga bog'liql. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.l1.2008-yildagi N:!4058 «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni2ga muvofiq quyidagilar jahon moliyaviyiqtisodiy krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etishning hal qiluvchi omillari sifatida belgilangan: eng avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini faollashtirish, sifatli, eksportga yo'naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'rninlaydigan zamonaviy moslashuvchan minitexnologiyalarni tatbiq etish; ichki va tashqi bozorlarda mamlakatirniz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish, eksport qiluvchi korxonalar tomonidan yangi tovarlar turlarini sot ish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o'zlashtirish; iqtisod qilishning qattiq tartibini joriy etish, jumladan. texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash, ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya sarfini hamda boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini keskin kamaytirish; texnik va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, mahsulot sifatini boshqarishning xalqaro standartlarini tatbiq etish; moslashuvchan narx-navo siyosatini amalga oshirish, jahon bozorlarida narx-navo konyunkturasi tez o'zgarib borayotgan sharoitda eksport mexanizmlarini takomillashtirish. Dunyo inqirozlarining boshlanishi ushbu kasb egalariga bo'lgan zaruriyatni yanada oshirgan va bu fanning rivojlanishida o'ziga xos davr bo'lishi ham mumkin. Negaki, yuzaga kelgan holatlar yuzasidan aniq sabab-oqibat bog'lanishlarini hech bir kash egasi tahlilchi ekspertlarchalik aniq izohlab bera olmaydi. Shu sabahli jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozlari sharoitida korxonalar moliyaviy holati tahlilining ... , zaruriyati va muhimligi yanada oshadi. lahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi (iqtisodiyot globallushuvidagi muvofiqlik) sharoitida moliyaviy tahlilning zarurlyati, moliyaviy hisobotlarda aks etgan ma'lumotlar bazasiga tayangan holda korxonaning moliyaviy holatiga baho berish orqali mavjud holat va uni istiqboldagi kutilishini maqsadli boshqarish yuzasidan boshqaruvchilarga axborotlar bazasini shakllantirib berishdagi sa'y-harakatlar tashkil etadi. Moliyaviy holatni bilish orqali biznesning ko'lamdorligiga, faoliyat samarasi va natijaviyligiga, aktivlar va ularning manbalanishidagi real holatga, subyektlarning bozordagi va ishdagi aktivlik darajasiga, mablag'lar aylanuvchanligi, to'lovga qobillik va qodirlik darajasiga, salohiyat darajasiga baho berish mumkin. Moliyaviy tahlilni zaruriyatini yana shu bilan izohlash mumkinki korxonalar moliyaviy holatini tahlil etish orqali nafaqat mavjud holat yuzasidan axborot olinadi, balki uni yaxshilash, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni oldini olish, mavjud tanglik holatidan chiqish yo'llarini ko'rsatib berish, rivojlanishning istiqboldagi ko' rsatkichlarini bashoratlash imkoni ham tug'iladi.