Mavzu: Kredit turlari va Bank



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#111924
1   2
Презентация iqtisod nazariyasidan

Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat
krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.
• Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor
va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U
chakana savdo
magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash
bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida
bank ssudalari
berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik
uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
• Ipoteka krediti 
koʻchmas mulklar
(er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish
vositasi,
banklar
va korxonalar tomonidan chiqariladigan
ipoteka obligatsiyalari
hisoblanadi.
• Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa
kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz
obligatsiyalari
xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday
shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
• Xalqaro kredit 
ssuda
kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki
pul (
valyuta
) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar
hisoblanadi.
• Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning
lizing
,
faktoring
,
forfeyting
,
trast
kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.


Kredit mexanizimi:
• Kredit ma’lum maqsadga berilishi kerak,bu maqsad atroflicha asoslanishi
talab qilinadi.Chunki qarz berguvchi o’z pulini oqilona ishlatilinishi va o’z
vaqtida ortig’I bilan qaytib kelishiga ishonch hosil qilishi kerak
• Kredit aniq muddatga beriladi.Shu jihatdan uzoq,o’rta va qisqa
muddatli,hatto bir kunlik kreditlar bo’ladi
• Kredit uchun haq to’lanadi,bu foiz deb ataladi.Chunki bozor tizimida hech
narsa tekinga berilmaydi ya’ni Xalq iborasi bilan aytganda ham oftobga chiqmaydi>
• Kreditning puli albatda qaytarilib berilishi kerak chunki birovning puliga
xiyonat qilib bo’lmaydi.Shu sababli kredit berilganda qarz olguvchining
naqadar qarni to’lashga qobilligi hisobga olinadi
• Kreditni o’z vaqtida qaytarilishi iqtisodiy jihatdan kafolatlanishi kerak


Kredit resurslarining manbalari:
• Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat:
• korxonalarning
amortizatsiya
ajratmalari;
• mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
• korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, 
moddiy ragʻbatlantirish fondlari;
• korxonalar foydasi. Ular davlat
byudjeti
va kredit tizimi bilan hisob-kitob
qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun
foydalanguncha
bankdagi
hisoblarida saqlanadi;
• bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy
tashkilotlarning joriy pul resurslari;
• aholining boʻsh pul mablagʻlari.


Bank:
Bank (
lotincha
ansa — sarrof
peshtaxtasi) —
kredit
-
moliya
muassasasi; asosan, 
vaqtincha boʻsh
pul
mablagʻlarini
toʻplash, korxonalarga va umuman
pulga muhtojlarga kredit, ssuda
berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini
amalga oshirish, pul va turli
qimmatbaho qogʻozlar
chiqarish,
oltin
va chet el valutalari
bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish
va boshqa faoliyatlar bilan
shugʻullanadi
.


Vazifasi va turlari:
• Bank ishining asosiy yoʻnalishlari
depozit
(omonat) qabul
qilish,
kreditlar
berish va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni
amalga oshirish hisoblanadi. Bank qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, 
saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni joriy boshqarish, birja
topshiriqlarini bajarish,
seyflarni
ijaraga berish kabi pulli xizmatlar
ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra
hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: 
markaziy (emissiya) banki va tijorat banki.


Markaziy banklar:
Markaziy bank („banklarning
banki“) (Milliy bank va AQShda
Federal rezerv tizimi) mamlakatning
jami kredit tizimini nazorat qiladi, 
davlat pul-kredit siyosatini amalga
oshiradi, naqd pul va qimmatbaho
qogʻozlar emissiyasi bilan
shugʻullanadi, mamlakatning oltin-
valuta zahiralarini saqlaydi, davlat
va tijorat bankiga kreditlar beradi.


Tijorat banki:
• Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. 
Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, 
kooperativ bank va boshqalardan iborat. Tijorat banki universal bank boʻlib
jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank xizmatlari koʻrsatadi (depozitlarni jalb
etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho qogʻozlarni sotish va sotib olish). 
Bu bank bank va kredit tizimining oʻzagini tashkil etadi. Universal bank hamma
turdagi asosiy bank harakatlarini amalga oshiradi. Ixtisoslashgan bank biron-bir
faoliyatga, sohaga va tarmoqqa xizmat koʻrsatadi. Investitsiya banki, asosan, 
emissiyataʼsischilik operatsiyalar bilan shugʻullanadi va qimmatbaho qogʻozlar
savdosini oʻtkazadi. Maxsus bank muayyan mijozlar guruhiga xizmat koʻrsatadi
yoki ayrim sohalarda ixtisoslashadi (jamgʻarma, savdo, tashqi savdo, ipoteka va
boshqalar). Kooperativ bank tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan pay asosida
barpo etiladi, taʼsischilarning kredit va bank xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini
qondiradi. Tarmoq va hududiy prinsiplar boʻyicha tashkil topadi, tijorat bankining
bir koʻrinishi hisoblanadi.


Investitsiya banki:
• Investitsiya banki korxonalarning qimmatli qog'ozlari va bondlarni
chiqaradi, sarmoya boshqaruvi xizmatlari, kapital bozorda firmalarga
maslahat berib boradi, birja bozorlarini yaratadi va yuritadi.


Islom banki:
• Islom banklarining faoliyati Islomiy qoida va qonunlarga asoslanib olib
boriladi. Bunday banklarning eng muhim jihati sarmoya yoki qarzlar
uchun foiz hisobida xizmat haqi undirilmaydi, chunki bunday faoliyat
Islom dinida taqiqlangan. Banklar mijozlarga mo'ljallangan binolarni
moliyalashtirishdan tushgan foydalar hisobiga yuritiladi.


Tashqi banklar:
• Tashqi banklar yoki ingliz tilida 'offshore' banklar past soliqli va kam
cheklovli xorijiy davlarlarda joylashgan banklardir. Ularning aksariyati
xususiy banklardan iborat.


Tarixi:
Bank ishining dastlabki belgilari quldorlik
jamiyatida paydo boʻlgan. Ular asosan, 
savdogarlarning pul bilan bogʻliq hisob-kitob
ishlarini bajargan ijro-banklar (mijozlar
Oʻrtasida hisob-kitoblarni naqd pulsiz olib
boradigan banklar) shaklida vujudga keldi. 
Shu bilan bir qatorda maxsus sarrofxonalarda
sarroflar pul almashtirish va yirik pullarni
maydasiga almashtirib berish ishlari bilan
shugʻullangan. Bankning ayrim belgilariga ega
boʻlgan muassasalar oʻrta asrlarda shimoliy
Italiya shaharlarida, soʻngra Gollandiya va
Germaniyaning savdo markazlarida yuzaga
keldi.


Oʻzbekistondagi bank tizimi
• Oʻzbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat bankning filiali boʻlgan. 19-asrning 
oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Oʻrta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) 
banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, boʻlim va
agentliklari faoliyat olib bordi.
• Oktabr toʻntarishidan soʻng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. Oʻzbekistonda bank tizimi 1924-
yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1923; 1921 —
23-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1959; 1922 — 59-yillarda SSSR Savdo banki), SSSR Tashqi savdo banki
(1924)ning Oʻzbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. SSSRning parchalanishiga qadar
Oʻzbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika
hududidagi bank Faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. Sobiq
SSSR bankining respublika idoralari mustaqil bank sifatida OʻzR Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olindi.
• Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi iqtisodiyotni xoʻjalik yuritishning bozor
sharoitlariga bosqichmabosqich oʻtkazish dasturiga mos keladi. Oʻtgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 
bosqichli strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) huquqiy jihatdan mustahkamlandi; 
bankning soni va ular koʻrsatadigan xizmat turlari koʻpaydi.
• 1995 — 96-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. OʻzRning „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi
(1995-yil 21-dekabr) Qonuni bank tizimining huquqiy asoslarini toʻldiribgina qolmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy
bankining alohida maqomi, maqsadlari, vazifalari hamda vakolatlarini ham aniq belgilab berdi. OʻzRning „Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida“ 1996-yil 25-apreldagi yangi Qonuni esa tijorat banki faoliyatining barcha huquqiy asoslarini xalqaro standartlar
darajasida belgilab berdi. Tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari boʻlgan
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki OʻzRning bosh banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining
Oʻzbekiston boʻlimi).


Oʻzbekistondagi bank tizimi

Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va vakolatxonalari, 
kooperativ va xususiy bank tashkil etadi.

Bank sohasini monopoliyadan chiqarish bank islohotlarining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Dastlabki bosqichda bu asosan iqtisodiyotning ayrim sohalariga xizmat
koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan bankni tuzish yoʻli bilan amalga oshirildi. Ixtisoslashtirilgan bankning tashkil etilishi bozorga yoʻnaltirilgan bank tizimini yaratish yoʻlidagi
zaruriy va tabiiy bosqich boʻldi.

1995 — 96-yillarda „Asaka“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki, „Aloqabank“ aksiyadorlik tijorat banki, „Toshkentijtimoiyuyjoy-bank“ aksiyadorlik tijorat banki, 
„Uzsayohatinvestbank“ Oʻzbekiston aksiyadorlik tijorat investitsiya banki va „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banklari tashkil etildi. 
„Oʻzdehqonsanoatbank“ aksiyadorlik tijorat banki „Paxtabank“ ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat bankiga, „Oʻzjamgʻarmabank“ Xalq bankiga aylantirildi.

Tijorat banki xalq xoʻjaligining turli sohalaridagi korxonatashkilotlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisobkitob xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi. Bu bank toʻla
mustaqildir. Ularning aksiyalari turli mulk shakllariga mansub boʻlgan korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlangan. Tijorat bankining xususiy zaxiralari
yetishmay qolganda ular kredit resurslari bozoridan zarur pul mablagʻlarini sotib olishlari mumkin.

OʻzRning barcha mintaqalarida 800 ga yaqin filiallarga ega boʻlgan 35 Tijorat banki faoliyat koʻrsatadi, ulardan 5 tasi chet el kapitali ishtirokida, 11 tasi xususiy banklardir
(2000).

Xususiy bankning huquqiy bazasini rivojlantirishda Respublika Prezidentining 1997-yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni ragʻbatlantirish choratadbirlar
toʻgʻrisida“ Farmoni muhim ahamiyatga ega boʻldi. Farmonga koʻra, respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banki bilan bir qatorda xususiy bank ham tashkil etila
boshladi (muassis jismoniy shaxslar hissasi bank ustav kapitalining kamida 50 % ni tashkil etishi lozim). 1998-yilda 5 ta xususiy („Alp Jamol“, „Turkiston“, „Istiqbol“, „XIFbank“ 
va „Oʻktambank“) bankga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsatnoma berildi.

1995-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Tijorat banki uyushmasi tashkil topdi (uning tarkibiga xususiy banklar ham kirgan).

Respublikada 1992-yildan „Oʻzbank-audit“ — banklararo aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan auditorlik firmasi ish olib boradi. 1996-yildan buyon „Oʻzbankaudit“ 
bilan bir qatorda „Deloyt end Tush“ va „Ernst end Yang“ kabi 5 ta xalqaro auditorlik konsalting firmalariga hamda „Xolis“ guruhi va „Odil audit“ mahalliy audit firmalariga
OʻzR Markaziy banki tomonidan bank auditi oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli sertifikatlar berildi. Ular banklar, kredit muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, tashkilot va
korxonalarning buyurtmasi bilan ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi (taftish qiladi), xolisona xulosalar beradi, ekspertizalar oʻtkazadi.


Oʻzbekistondagi bank 
tizimi
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda chet el bank va xalqaro moliya
muassasalari kapitali ishtirokida qoʻshma bank faoliyat koʻrsatadi. 
Ular jumlasiga Oʻzbekiston — Gollandiya „Oʻzprivatbank“ va „ABN 
Amrobank— Oʻzbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati“, 
Oʻzbekiston — Turkiya „OʻTbank“, Oʻzbekiston — Jan. Koreya
„OʻzDEUbank“ kiradi. 13 ta chet el banki Toshkentda oʻz
vakolatxonasini ochgan. Bular katorida Doyche bank, Berliner Bank, 
Meybank (Malayziya), Kredit Sviss (Shveysariya), „Kredi Kommersial
de Frans“, „Sosyete Jeneral“ (Fransiya), Pokiston Milliy banki, Cheyz
Manxetten (AQSH), „Rossiyskiy kredit“ va „Sakura bank LTD“ 
(Yaponiya) banklari bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro valyuta fondi va
Jahon bankning doimiy maslahatchilari xizmatidan foydalanadi.
2000-yil 1-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan
mijozlarga 529 mlrd. soʻmlik kredit qoʻyilmalari ajratilib, shundan
237 mlrd. soʻmi qisqa muddatli, 292 mlrd. soʻmi oʻrta va uzoq
muddatli kreditlarni tashkil etdi. Oʻrtacha foiz stavkasi qisqa
muddatli kreditlar boʻyicha 33,7 %, oʻrta muddatli kreditlar boʻyicha
23 %, uzoq muddatli kreditlar boʻyicha 13 % dan iborat boʻldi.


Etiboringiz uchun rahmat

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin