Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)



Yüklə 192,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix28.04.2023
ölçüsü192,12 Kb.
#104359
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2) (2)

Kredit
iqtisodiy
kategoriya
bo`lib, u vaqtincha o`z egalari qo`lida bo`sh
turgan pul mablag`larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to`lash sharti
bilan
qarzga
olish
va
qaytarib
berish
yuzasidan
kelib
chiqadigan
munosabatlarni ifodalaydi.
SHunday qilib pulning ssuda kapitali tariqasida ya’ni daromad olish uchun qarzga
berish va qaytarib olish bilan bog`liq munosabatlar vujudga keladi.
Kredit munosabatlari faqat pul bilan bog`liqmi?


Tovar shaklida ham
kredit berilishi
mumkin-ku degan savol tug`ilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma kredit asosan pul shaklida bo`ladi. Tovar shaklida
berilgan taqdirda ham pul kredit shaklida hujjatlashtiriladi.
Kredit munosobatlari ikki sub’ekt o`rtasida yuz beradi. Biri bo`sh pul egasi, ikkinchisi
unga muxtoj, ya’ni qarz oluvchi.
Kredit sub’ektlari har xil. Bular yuridik hamda jismoniy shaxslar; bank, korxona, firma,
davlat turli toifa aholi bo`lishi mumkin. Bir sub’ektning o`zi bir vaqtda ham qarz oluvchi,
ham qarz beruvchi bo`lishi mumkin. Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi
o`rtasida bevosita yoki bilvosita bo`lishi mumkin. Birinchi holda ular to`g`ridan-to`g`ri
muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular vositachilar orqali aloqaga kirishadilar. Odatda,
asosiy vositachi rolini banklar o`ynaydi. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator
vazifalarni bajaradi.
1. Taqsimlash. Bo`sh pul mablag`larini qaytarish sharti bilan qarzga berish orqali
kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o`rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga
oshiradi va ishlab chiqarish resurslarini ko`chib yurishini ta’minlaydi.
2. Emissiya. Kredit asosida va unga bog`liq holda pul belgilari, pulga tenglashtirilgan
naqd
pulsiz to`lov vositalari, turli qimmatbaho qog`ozlar
emissiya qilinadi, xo`jalik
oborotiga kiritiladi.
3. Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy
ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit
munosabatlari orqali pul oborotining barcha
jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi.
4. Bo`sh pul mablag`larining harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish. Bunda pulni
pul topadi degan naql amalga oshadi.
5.Rag`batlantirish. U yoki bu maqsad
uchun qarz berish, qarzni undirish orqali,
tejamkorlik, iqtisodiy o`sish rag`batlantiriladi.
6. Tovar ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi.
Kredit berish uchun avvalo qarz beradigan mablag` bo`lishi kerak. Bu mablag`lar
qaerdan olinadi, manbai nima? degan savol tug`iladi.
Mablag`lar manbai quyidagilar:

Yüklə 192,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin