Havoning namligi Havoda doimo suvbug'lari bo'ladi. Havoda suvbug'lari qancha ko'p bo'lsa, uning namligi shuncha katta hisoblanadi.
yetganda havo suv bug'iga to'yinadi. Havo temperaturasi / qanchalik yuqori bo'lsa, uning to'yinish chegarasi p0 shuncha katta bo'ladi. Masalan:
t = -20°C da p0 = 1 g/m3; / = 0°C da p0 = 4,8 g/m3; t= 15°C da Po= 12,8 g/m3; t - 20°C da Po= 17,9 g/m3; / = 30°C da p0= 30,3 g/m3; t - 40°C da Po= 51,2 g/m3.
p, g/m3
Havoning to'yinganlik darajasini baholash uchun nisbiy namlik tushunchasi kiritilgan. Nisbiy namlik cp harfi bilan belgilanadi.
Havoning nisbiy namligini o'lchash Turmushda havo namligini o'lchash uchun tuzilishi oddiy bo'lgan Avgust psixrometridan foydalanish mumkin (yunoncha psixros- sovuq).U asosanbiri quruq, ikkinchisi nam termometrdan iborat (41- rasm). Birinchi termometr havo temperaturasini o'lchaydi. Ikkinchisi- ning uchi mato bilan o'ralib, pastki uchi distillangan suvli idishga tusliirilgan bo'ladi. Havo qanchalik quruq bo'lsa, suv matodan shunchalik tez bug'lanadi va uning temperaturasi shunchalik past bo'ladi. Quruq va nam termometrlar ko'rsatgan temperaturalar farqini hisoblab, psixrometrikjadvaldan nisbiy namlik aniqlanadi. Psixro- metrik jadval shu asbobning o'zi bilan birga bo'ladi. Psixrometrik jadvalning bir qismi (20-30°C uchun) 9-jadvalda keltirilgan.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Namlik deganda nimani tushunasiz?
Absolut va nisbiy namlik deb nimaga aytiladi?
Gigrometr psixrometrdan nimasi bilan farq qiladi?
O'quvchilar bilan birgalikda quyidagi masalalar yechiladi:
1 -masala. Ichida namlikni yutuvchi modda bo'lgan naycha orqali 20 I havo o'tkazilgan. Bunda naychaning massasi 400 mg ortadi. Havoning absolut namligini toping.
Berilgan: V= 20 / = 0,02 m1; m = 400 mg = 0,4 g.
Topish kerak: p - ?
Formulasi: p = m/V.
Hisoblash: p = 0,4 g/0,02 m3 = 20 g/m3.
Javob: p = 20 g/m3.
2-masala. Suv bug'larining 19°C temperaturadagi parsial bosimi 1,1 kPa bo'lsa, havoning nisbiy namligi qanday bo'ladi? 19°C da to'yingan bug' bosimi 2,2 kPa ga teng.
Berilgan: = = 19°C; /? = 1,1 kPa; p0 = 2,2 kPa.
Topish kerak: ф - ?
Formulasi: cp =(p/pQ) 100%. Hisoblash: Javob: ф = 50%.
5. O’quvchilarni baholash:O’quvchilar darsda bergan javoblariga qarab baholanadi
6. Uy vazifalari. Darslikdagi 22-§ ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob yozish.
Namlikning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalarni yozish.