Sinonimlar(yunoncha synonimon-bir xil nomli so‘zidan olingan) fonetik tarkibi har xil,
ma’nolari bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlardir. Ma’nodoshlikning so‘zlar
asosida yuzaga kelgan turi leksik (lug‘aviy) sinonimlar deyiladi. Sinonimlar yuzaga
kelishi va ma’nolariga ko‘ra quyidagi turlarni tashkil qiladi:
1. To‘liq (sof) sinonimlar. Aynan bir tushunchani anglatish va nutq jarayonida
biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkinligi bilan ajralib turadi. Ular
ko‘pincha boshqa tillardan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarning o‘zbekcha
so‘zlar bilan ma’nodoshligi asosida hosil bo‘ladi:
2. Ma’noviy sinonimlar. Bir-biridan nozik ma’nolari ya’ni ijobiy, salbiyligi yoki
uslubiy va boshqa jihatdan farqlanuvchi ma’nodosh so‘zlardan tashkil
topadi.
3. Shartli sinonimlar. Muayyan matndagina ma’nodoshlikka ega bo‘ladigan
sinonim so‘zlardir. Ular ko‘pincha she’riyatda kuchli his-tuyg‘u ifodalovchi
vositalar sifatida qo‘llaniladi
Antonimlar
Antonimlar (yunoncha anti-zid, onoma-nom so‘zidan olingan bo‘lib) o‘zaro zid
tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir. So‘zlarning zid ma’noligi boshqa shu kabi
hodisadan farqli ravishda leksik (lug‘aviy) antonimlar deyiladi. Antonimlarga so‘z
turkumlari nuqtai nazaridan qaralganda ularning quyidagi turkumlarda uchrashini
kuzatish mumkin:
1. ot antonimlar: ota-ona, yigit-qiz, kelin-kuyov;
2. sifat antonimlar: shirin-achchiq, katta-kichik, baland-past;
3. fe’l antonimlar: kulmoq-yig‘lamoq, turmoq-o‘tirmoq;
4. ravish antonimlar: uzoq-yaqin, oz-ko‘p, sekin-tez;
5. ba’zan nutqda baho me’zoni bo‘lgan besh va ikki sonlari ham zidlikka ega bo‘ladi.
Bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik
So’zlar bir ma’noli yoki ko’p ma’noli bo’ladi. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya
deyiladi. Bir ma’noli so’zlar monosemantik so’zlar deyiladi. Odam, chumchuq,
ravish, tuya.. kabi so’zlar bir ma’nolidir.
Birdan ortiq (bir necha) ma’nolarda keladigan so’zlar ko’p ma’noli so’zlar
deyiladi. Ko’p ma’noli so’zlar polisemantik so’zlar deyiladi. Ko’p ma’noli
so’zlar omonim so’zlardan quyidagicha farqlanadi:
Ko’p ma’noli so’z bir so’zning bir
necha ko’chma ma’noda kelishidir.
Omonim esa bir xil shaklga ega
bo’lgan birdan ortiq (bir necha)
so’zdir. Masalan, o’t (olov), o’t
(o’simlik), o’t (harakat), o’t (inson
a’zosi).
Ko’p ma’noli so’zning ma’nolari
o’rtasida bog’lanish seziladi.
Omonim so’zlar ma’nolari
o’rtasida yaqinlik sezilmaydi.
|