Mavzu: Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/4
tarix23.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#134325
  1   2   3   4
Mavzu Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja




Mavzu: Lishayniklar bo`limi (Lichenes).


Reja:

1. Lishayniklar mоrfоlоgiyasi va anatоmik tuzilishi.


2. Lishayniklarning ko`payishi
3. Lishayniklarning tarqalishi va ahamiyati.


Tayanch so`zlar: lishaynik, yopishqoq, bargsimon; butasimon, gomeomer, geteromer, sorediya, izidiya, lobular, parmeliya, bug`u lishaynigi, usnea, mikobiont, fikobiont.

  1. Lishayniklar organizmlarning o`ziga xos guruhi bo`lib, tanasi ikki xil komponentdan: ya`ni avtotrof fikobiont (suvo`tlar) va geterotrof mikobiont (zamburug`lar)dan iborat. Lishayniklar tallomini tashkil qilgan suvo` tlari va zamburug` lar sistematik jihatdan ko`k-yashil suvo`tlari va yashil suvo`tlari, zamburug`lar qismi esa asosan xaltachali, kamroq vakillarida bazidiyali zamburug`lardan iborat ho` ladi. Suvo`tlari, odatda, zamburug`larga nisbatan mustaqilroq hayot kechirish xususiyatiga ega bo`ladi. Shuning uchun ham lishaynik tallomidan ajratib olingan suvo`tlari mustaqil yashab keta oladi. Zamburug`lar esa lishaynikni tashkil etuvchi suvo`ti qismisiz nobud bo`ladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda zamburug`lar suvo`tlariga - nisbatan yengil parazitlik xususiyatiga ega deb hisoblanadi. Shunisi ham qiziqki, lishayniklar tarkibida zamburug`larning bazidiyali vakillari bo`lgan turlari asosan tropik mamlakatlarda uchraydi. Aftidan, iqlim sharoiti ham ularning tallomini tashkil etuvchi sistematik guruhlariga ta`sir o`tkazsa kerak.

Lishayniklar avtotrof o`simliklardir, chunki ular suvo`tlarda xlorofill bo`lganidan, fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Zamburug`lar esa hosil bo`lgan organik moddaning bir qismi bilan oziqlanadi va suvo`tini suv hamda suvda erigan mineral moddalar bilan ta`minlab turadi. Ular zamburug` va suvo`tlarining birikmasidan vujudga kelgan simbioz organizmlar ekanligini birinchi marta 1867 y akademik A.S.Famitsin va I.V.Baranetskiylar aniqlagan.
Lishayniklarning rangi turli pigmentlarga bog`liq bo`lib, kulrang, yashil, qo`ng`ir, jigarrang, sariq qoramtir yoki boshqa tuslarda bo`lishi mumkin. Lishayniklarning hajmi va shakli xilma – xil. Ularning kattaligi bir necha millimetrdan o`nlab santimetrga yetishi mumkin.
Lishayniklar qattanasining shakliga ko`ra uchta asosiy morfologik tipda bo`lishi mumkin: 1. Yopishqoq (qasmoqsimon); 2. Bargsimon; 3. Butasimon;
Yopishqoq lishayniklar asosan tosh va daraxt po`stloqlarida jipslashgan yupqa tallomni yuzaga keltiradi. Lishaynikning ostki qismida substrat bilan bog`lab turuvchi rizoidlari zich va mustahkam o`rnashgan bo`ladi. Shuning uchun ham yopishqoq lishayniklar tallomini buzmasdan substratdan ajratib olish qiyin.
Bargsimon lishayniklar esa toshlarda kamdan-kam, ko`proq daraxt po`stloqlarida va tuproq ustida barglarga o`xshash tallomni vujudga keltiradi. Ularni substratdan tallomini buzmasdan ajratib olish rnumkin.
Va nihoyat, butasimon lishayniklar tuproq ustida yoki daraxt shoxlarida o`tlarga d`xshash substratga bittagina kuchli rivojlangan rizoidi yordamida yopishib turadi.






Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin