Mavzu: lisoniy sathda gap bo‘laklari. Bosh bo‘lakla



Yüklə 3,78 Mb.
səhifə2/4
tarix19.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#156914
1   2   3   4
9-MA\'RUZA (7)

E N


Boshqa barcha so‘z kengaytiruvchilari (to‘ldiruvchi va aniqlovchilar) o‘zi ergashib kelayotgan bo‘laklar bilan bir butun holda bitta bo‘lak (ega, kesim, hol) bo‘lib keladi. Masalan, SHarob hammaning boshini qizdirib, hissiyotni aqldan ustun qilgan bu soatda sohibqiron Amir Temurning Hindistonning podshohi bo‘lgan zurriyoti o‘zining qilich kesmaydigan, o‘q o‘tmaydigan nazarkarda botir ekaniga arslon kiyik bilan olishganda o‘z g‘alabasiga amin bo‘lganday ishonmoqda edi (P.Qodirov) gapida uchta gap kengaytiruvchisi bor: bu soatda, zurriyoti, aniq bo‘lganday. Bular to‘g‘ridan-to‘g‘ri gap markazi (kesimi) dagi kesimlik qo‘shimchalari bilan bog‘langan. Qolgan so‘zlar esa ana shu (soatda, zurriyoti, amin bo‘lganday, ishonmoqda edi) bo‘laklarning ma’noviy valentligini to‘ldirayotgan so‘z kengaytiruvchilaridir (Sxemada hol H, ega E belgisi bilan berildi) (42-jadval):

Kesimlik kategoriyasi.

Kesimlik kategoriyasi mazmun jihatidan tasdiq-inkor , so‘zlovchining bayon etilgan fikrga bildirgan munosabati – modallik , zamon va shaxs-son ma’nolaridan tarkib topadi. (Buni qisqacha shartli ravishda T, M, Z, SH deb belgilaymiz va qulaylik uchun keyingi o‘rinlarda ana shu shartli qisqartmalardan foydalanamiz). Bu ma’nolar yaxlit holda voqelangandagina kesimlik kategoriyasi ichki mazmun tomonini namoyon qila oladi. T, M, Z, SH ma’nolarining har biri alohida-alohida ravishda yuzaga chiqishi mumkin.

Masalan, modal so‘zlarda mayl (modallik) ma’nosi bo‘ladi. Kishilik olmoshlari va egalik qo‘shimchalarida shaxs-son ma’nosi etakchilik qiladi. Tasdiq-inkor so‘zlari (ha, yo‘q) da, bo‘lishli-bo‘lishsizlik ([-ma], [0]) da tasdiq-inkor ma’nosi yorqin ifodalangan bo‘ladi. Payt ravishlari, zamon otlari, shuningdek, o‘rin-payt kelishigi shakli, ravishdosh va sifatdoshda zamon ma’nosi ifodalanadi. Lekin bularning barchasi alohida-alohida voqelanish bo‘lib, kesimlik vazifasida yuzaga chiqishidan boshqa holatda yaxlit sistem tabiatga ega bo‘lmaydi.


Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin