Lizing operatsiyalari turlari va shakillari - Lizing operatsiyalari, qo’shma lizing, moliyaviy lizing, bo’linma lizing, guruhli lizing, operativ lizing kabi turlarga ajratilinadi.
Qo’shma lizing-lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo’lib qolgan tarzda, lizing shartnomasi bo’yicha olgan obyektini lizing beruvchining yozma roziligidir.
Moliyaviy lizing unda mulkka xizmat ko’rsatish va sug’urtalash lizing oluvchi tomonidan amalga oshirilishi ko’zda tutiladi hamda shartnomaning muddatidan avval bekor qilinishiga yo’l qo’yilmmaydi. Shartnoma muddati tugagach, foydalanuvchi mulkni sotib olishi, kelishuvni imtiyozli shartlarda yangilashi yoki munosabatlarni to’xtatishi mumkin. Moliyaviy lizing quyidagi turlarga bo’linadi;
Bo’linma lizing – asosiy maqsadi bir necha kredit tashkilotlarini yirik lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun birlashtirish hisoblanadi. U lizing beruvchining bitta yoki bor nechta kreditlaridan lizing mulkining 80% qiymati miqdorida uzoq muddatli qarz olishni ko’zda tutadi. Bunda lizing beruvchi-qarzdor ssudaning soliq va bir vaqtning o’zida qaytarilishi uchun javobgar bo’lmaydi, chunki ssuda qarz beruvchi tomonidan lizing to’lovlari hisobiga to’lanadi.
Guruhli lizingda- lizing beruvchi ro’lini mulkni ishlab chiqaruvchi firmalari bilan banklar (lizing kompaniyalri) kooperatsiyasi bajaradi.
Bunda ishlab chiqaruvchilar hamkorlarni izlab topish va lizing obyektiga texnik xizmat ko’rsatishni, lizing ko’mpaniyasi esa loyihaning tashkiliy qismini ishlab chiqishni, mamuriy masalani hal qilishni, maslahat hizmatlari ko’rsatishni o’z zimmasiga oladi.
Moliyaviy lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
Shartnomaning muddati tugagach lizing obyekti lizing oluvchining mulkiga o’tadi;
Shartnoma muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80%dan ortiq bo’ladi yoki shartnoma muddati tugagach, lizing obyektining qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kamini tashkil etadi;
Lizing oluvchi obyektni qat’iy belgilangan narxda yoki shartnoma muddati tugaganda aniqlanadigan narxda sotib olish huquqiga ega;
Lizing shartnomasi davridagi to’lovlarning umumiy o’rtasidagi ishtirokchilari summasi lizing obyekti qiymatining 90% dan ortiq. Lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi.
Operativ lizing shartnoma muddati mulkning xizmat qilish muddatidan kam ekanligi bilan ajralib turadi. Shartnoma amal qilish muddati davomida lizing beruvchi faqat mulk qiymatining bir qisminigina to’laydi. Bu holda mulkning qoldiq qiymati yuqori boladi va lizing beruvchi ushbu qiymatni qoplash uchun bir necha bor foydalanishga topshieishga to’g’ri keladi. Agar lizing shartnomasida ko’rsatilgan talablardan birortasi nazarda tutilmagan bo’lsa, lizingning bunday turi operativ lizing hisoblanadi. Operativ lizingni amalga osirish tartibi va shartlari qonun jihatlari bilan tartibga solinadi. Lizing obyekti lizing beruvchi balansida hisoblanadi.
Bevosit – lizing beruvchi sifatida mulkni ishlab chiqaruvchi korxona ishtirok etadi va o’z mulkini mustaqil ravishda lizing oluvchiga topshiradi.
Bilvosita – mulkni vositachi orqali lizingga berishni ko’zda tutadi yani uch tomonlama klassik bitim imzolanadi yoki ishtirokchilar soni 4-7 kishi bo’lgan ko’p tomonlama bitim tuziladi.
Qaytma – mohiyati shundan iboratki, ishlab chiqaruvchi mulkni lizing kompaniyasiga sotadi, kompaniya esa o’z navbatida mulkni huddi shu korxonaning o’ziga ijaraga beradi, yani mulk ishlab chiqaruvchi va lizing oluvchi yagona huquqiy shahs hioblanadi. Mazkur lizing turi moliyaviy holati qiyin bo’lgan korxonalar uchun qiziqish uyg’otadi.
Amaldagi lizing munosabatlarida esa odatda lizing munosabatining boshqa subektlari, lizingning asosiy ishtirokchilari o’rtasidagi vositachi sifatida jalb etiladi. Shuningdek, sublizing oluvchilar ham. Lizing munosabati asosiy ishtirokchilari o’rtasida lizing bozori xizmatlarining malakali ishtirokchilari vositachilik qilishi mumkin.
Lizing obyektiniuchinchi shaxsga vaqtincha foydalanish va egalik qilish uchun berish, ya’ni sublizing lizing beruvchining yozma roziligi asosida mumkin ekanligi O’zbekiston respublikasida lizing subyektining va lizing munosabatlarning o’ziga xos jihati hisoblanadi. Bunda lizing oluvchi lizing beruvchi oldidda lizing shartnomasi bo’yicha mas’ul bo’lib qoladi. O’zbekiston Respublikasi “lizing to’g’risda”gi qonunning 4-moddasiga ko’ra lizing muayyan obyektiga nisbatan lizing shartnomasi bo’yicha lizing beruvchi va lizing oluvchi, shuningdek lizinng beruvchi kreditori va lizing obyektini lizingga oluvchi ayni bir shaxs bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Murakkab lizing operatsiyalarida qarz beruvchi, lizing beruvchilar, yetkazib beruvchilar va lizing oluvchilar tomonidan bir qator yuridik shaxslar qatnashadi, chunki lizing kontraktiga turli vositachilar ( distributerlar, dillerlar, brokerlar, sug’urta va trast kompaniyalar va boshqalar) jalb etiladi.