Mavzu: Logistik zanjirlar va operatsiyalar. Reja



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#167187
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Logistik zanjirlar va operatsiyalar. Reja-fayllar.org


§ Logistik jarayon - rejalashtirilgan davr uchun belgilangan dori yoki uning tarmoq (funktsional) bo'linmalarining maqsadlariga erishishga imkon beradigan, ma'lum bir vaqtda tashkil etilgan logistika operatsiyalari / funktsiyalari ketma -ketligi.

Logistika bo'yicha ettita qoidalar mavjud:

§ 1. Mahsulot iste'molchi uchun zarur bo'lishi kerak.


§ 2. Mahsulot sifatli bo'lishi kerak.
§ 3. Mahsulot kerakli miqdorda bo'lishi kerak.
§ 4. Mahsulot o'z vaqtida etkazib berilishi kerak.
§ 5. Mahsulot kerakli joyga yetkazilishi kerak.
§ 6. Mahsulotni iloji boricha arzon narxda etkazib berish kerak.
§ 7. Mahsulot ma'lum bir iste'molchiga etkazib berilishi kerak

Agar logistika faoliyatining maqsadi, agar bu etti shart bajarilgan bo'lsa, ya'ni kerakli sifatdagi kerakli mahsulotni ma'lum bir iste'molchiga o'z vaqtida va minimal narxda etkazib berilsa, erishilgan hisoblanadi.

 

«Taqsimot» so‘zi juda keng qo‘llaniladi, uning lug‘aviy ma’nosi – biror-bir narsani kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli qismi taqdim etilishi tushuniladi.


Iqtisodiyotdagi taqsimot – bu ishlab-chiqarish jarayonining bir bosqichidir, oldin moddiy ne’matlarni ishlab-chiqarish, keyin esa taqsimlash, ya’ni yaratilgan mahsulotdagi har bir ishlab-chiqaruvchining ulushini aniqlash, lozim. Bunda ushbu ishlab-chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan egalik xuquqi taqsimlanadi. Mahsulotlarning o‘zi esa, masalan ombordagi sabzavotlar, ishlab-chiqarish jarayoni ishtirokchilari orasida taqsimlanmaydi.
Agrologistikada taqsimot deganda ushbu jarayonning buyumlashgan, seziladigan bir ma’nosi tushuniladi. Egalik xuquqlari taqsimoti bilan bog‘liq qonuniyatlar ham e’tiborga olinadi, ammo ular tekshirish va optimallashtirishning asosiy pred-meti hisoblanmaydi. Taqsimot logistikasida o‘rganiladigan asosiy predmet – mav-jud materiallar zaxirasining jismoniy taqsimot jarayonini ratsionallashuvidir. Mahsulotni qanday qadoqlash lozim, qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, ombor-lar tarmog‘i kerakmi (kerak bo‘lsa, qanday?), qanday vositachilar kerak – aynan shu ma-salalarni taqsimot logistikasi yechishi lozim bo‘ladi.
Logistika moddiy oqimlarning to‘liq boshqaruvini o‘rganadi va amalga oshi-radi, shuning uchun ham barcha bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya’ni nima-nidir kimlargadir bo‘lib berish zarur bo‘ladi:
v tovarlar xarid qilinganda yetkazib beruvchilar orasida buyurtmalar taqsim-lanadi;
v yuklar korxonaga kelib tushgandan so‘ng, ular saqlash joylari bo‘yicha taqsim-lanadi;
v ishlab-chiqarishning har xil bo‘limlari o‘rtasida moddiy zaxiralar taqsim-lanadi;
v savdo jarayonida moddiy oqimlar taqsimlanadi va hokazo.
Taqsimot logistikasi chegaralarini belgilab olish uchun, kapital ishlab-chiqa-rish jarayonining chizmasini ko‘rib chiqamiz, ma’lumki u uchta bosqichdan iborat.
Ishlab-chiqarish vositalarini xarid qilish bosqichidagi moddiy oqimlar xarid logistikasining o‘rganish va boshqarish obyekti bo‘lsalar, ishlab-chiqarish bosqichi-dagi moddiy oqimlar – ishlab-chiqarish logistikasi obyekti hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning taqsimoti va realizatsiyasi bosqichidagi moddiy oqimlar esa – taq-simot logistikasining obyekti bo‘ladilar.
Taqsimot logistikasi bu iste’molchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni ungacha yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa mod-diy va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘ri-sidagi bilimlar majmuidir. Shu bilan birga ushbu axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash ham taqsimot logistikasi doirasiga kiradi.
Taqsimot logistikasi quyidagi tamoyillarga asoslangan:
moddiy va axborot oqimlarini boshqarish jarayonini marketing maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunishi;
taqsimot jarayonining ishlab-chiqarish va xarid jarayonlari bilan tizimli o‘zaro aloqasi (moddiy oqimlarni boshqarish nuqtai- nazaridan);
taqsimot ichidagi barcha funksiyalarning tizimli o‘zaro aloqasi.
Taqsimot logistikasining ta’rifi quyidagicha ifodalanadi: taqsimot logisti-kasi – bu xar xil ulgurji xaridorlar o‘rtasidagi, ya’ni ulgurji savdo jarayonida amalga oshiriladigan, o‘zaro aloqador funksiyalar majmuasidir.
Chakana savdo jarayoni, odatda, Agrologistikada tadqiqot etilmaydi. Bu jarayon sama-radorligi, logistika doirasidan tashqaridagi omillarga bog‘liq, masalan is-te’molchilar psixologiyasini bilishga, savdo zalini bezash mahoratiga, reklamani tashkil etishga va boshqalarga. Chakana savdo jarayonida moddiy oqimlarning ratsio-nal tashkil etilishi albatta zarur, ammo uning ahamiyati moddiy oqim xarakatining oldingi bosqichlaridagiga nisbatan ancha kam.
Shuni ham aytish lozimki yuqorida aytilganlarning barchasi butun chakana savdo jarayoniga emas, (u o‘z ichiga ulgurji xarid va chakana savdolarni oladi), balki faqat-gina chakana savdoga, ya’ni iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga, tegishli.
Taqsimot logistikasining o‘rganish obyekti – yetkazib beruvchidan iste’molchi-gacha bo‘lgan xarakat bosqichidagi moddiy oqimlardir.
Moddiy oqim taqsimoti anchadan buyon faoliyatining axamiyatli tomoni bo‘lib kelmoqda edi, ammo nisbatan yaqindagina u eng muxim funksiyalardan biri mavqeiga ega bo‘ldi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda 50-60chi yillargacha taq-simot tizimlari hech qanday boshqaruvsiz rivojlanib keldi. Taqsimot kanallarini tanlash, tovarlarni qadoqlash, ularni tashish va iste’molchiga yetkazishga tayyorlash, ishlab-chiqarish va materiallarni xarid qilish masalalari bir-biri bilan o‘zaro aloqada yechilar edi. Birgalikda taqsimot funksiyasini tashkil etuvchi ayrim kichik-roq funksiyalar, mustaqil funksiyalar sifatida ta’riflanar edi. 60-70-yillarning boshlaridagina, ishlab chiqilgan mahsulot taqsimotiga doir barcha funksiyalarni yagona boshqarish funksiyasiga birlashtirish samaradorligini oshirishga olib keli-shini angladilar. Buning natijasida taqsimot funksiyalari korxona va tashkilot-larning funksional boshqaruvi tuzilmasiga kiritildi.
Savdodagi taqsimotning har xil funksiyalari integratsiyasiga, do‘konlarni ta’-minlovchi maxsus tuzilmalarni bo‘linishi va rivojlanishi misol bo‘lishi mumkin. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, 70-yillarda, bunday taqsimot tuzilmalarini yirik chakana savdo tashkilotlari barpo etib, ularni rivojlanti-rishga kirishdilar. Taqsimot markazlarining samaradorligiga tovarlarning yirik partiyalarini olish munosabati bilan beriladigan chegirmalar hisobiga, yetkazib be-rish samaradorligi hisobiga, hamda bir taqsimot markazida xizmatlardan foydala-nuvchi do‘konlar zaxirasi to‘planishi hisobiga erishiladi.

Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin