Mavzu: Logistikada asosiy oqimlar Moddiy oqimlar Reja



Yüklə 24,65 Kb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü24,65 Kb.
#186040
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Logistikada asosiy oqimlar Moddiy oqimlar Reja-fayllar.org


Mavzu: Logistikada asosiy oqimlar Moddiy oqimlar Reja

Mavzu: Logistikada asosiy oqimlar Moddiy oqimlar

 

Reja:

 



1.Moddiy (material) oqim tushunchasi
2.Moddiy oqimining turlari
3.Taqsimot logistikasi ob'ekti, predmeti, funktsiyalari
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar
1.Moddiy (material) oqim tushunchasi
Oqim deb maʼlum bir vaqt oraligʼida xodisa yoki jarayon sifatida roʼy beradigan, bir butun massa sifatida qaraladigan va mutloq (absolyut) birliklarda ifodalanadigan bir jinsli obʼektlar toʼplamiga aytiladi.
Oqim quyidagi asosiy koʼrsatkichlar bilan tavsiflanadi:
• hajm – bu koʼrsatkich oqimdagi elementlar miqdorini koʼrsatadi va u natural oʼlchovlarda (t, dona, m, km, v.h) ifodalanadi;
• boshlangʼich, oraliq va oxirgi punktlar – bu koʼrsatkich muayyan oqim (tovar-moddiy resurs)ning maʼlum bir paytda qaerda turganligini ifodalaydi;
• yoʼl uzunligi – bu koʼrsatkich yetkazib berish manbʼaidan isteʼmolchigacha boʼlgan masofani ifodalaydi;
• harakat traektoriyasi (yoʼnalishi) – bu koʼrsatkich tovar-moddiy resurslarni yetkazib berishdagi harakatlanishning yoʼnalishini ifodalaydi;
• harakat tezligi – bu yetkazib berish vositasining harakat tezligidir;
• harakat vaqti – yetkazib berish uchun sarf qilingan vaqt;
• harakat intensivligi – yetkazib berish jarayonida moddiy resurslar partiyalarini yetkazib berish vaqtlari oʼrtasidagi farq.
Logistika fani oʼrganadigan oqim turlari orasida asosiysi moddiy oqimdir.
Moddiy oqim moddiy resurslarni
• transport vositalari yoki quvurlar orqali tashish,
• omborlarda toʼplash va joylashtirish,
• isteʼmolchilarga taqsimlash jarayonlarida vujudga keladi.
• Moddiy oqim-bu logistika fani oʼrganadigan, boshqaradigan va optimallashtiradigan asosiy obʼektdir.
U xomashyo, yarim tayyor maxsulotlar va tayyor maxsulotlarni dastlabki manbadan oxirgi isteʼmolchiga yetkazib berish jarayonida, yaʼni tashish, ortish-tushirish, omborlarga joylashtirish, saqlash va boshqa operatsiyalarni bajarish natijasida roʼy beradi.
Moddiy oqim oʼz-oʼzidan roʼy bermaydi, uning roʼy berishi uchun maʼlum miqdordagi maqsadli yoʼnaltirilgan moliyaviy resurslarning hamda axborot kommunikatsiya tizimining mavjudligi talab qilinadi.Moddiy oqim turli korxonalar o’rtasida yoki bir korxonaning ichida ro’yobga chiqishi mumkin. Moddiy oqimini aniqlashni shakllantirishdan oldin ulgurji savdo korxonasining ombori ichida vujudga keladigan moddiy vositalar oqimining misolni olib ko’raylik.
Ish vaqtida keltirilgan tovar tushirilgandan keyin bevosita saqlash uchun yo’naltirilishi mumkin yoki dastavval qabul qilib olingandan so’ng saqlanadigan joyga tushishi mumkin. Dam olish kunlari olib kelingan yuklar qabul qilish joylariga tushiriladi, u yerdan birinchi ish kunining o’zidayoq omborlarga tarqatiladi. Kelib tushgan tovarlarning barchasi saqlash joylarida to’planadi.

Yüklə 24,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin