Mavzu: Ludomanizmning ijtimoiy-psixologik oqibatlari Reja


Internetning bolalar ongiga ta’siri va ludomanizm



Yüklə 39,47 Kb.
səhifə2/3
tarix12.09.2023
ölçüsü39,47 Kb.
#142724
1   2   3
Ludomanizmning ijtimoiy-psixologik oqibatlari

Internetning bolalar ongiga ta’siri va ludomanizm
Hozirgi zamonaviy kompyuter texnologiyalari, «ommaviy madaniyat» yoshlarni real hayotdan chalg‘ituvchi ko‘plab omillarni paydo qildi. Bular kompyuter o‘yinlari, internet, virtual voqyelik, kino, televideniye. Ayniqsa, pedagog, psixolog va sotsiologlar yoshlarni onlayn roli o‘yinlariga butunlay kirib ketishlaridan, ludomanlarning soatlab, kunlab virtual dunyoda qolib ketishayotganidan tashvishga tushmoqdalar. Internet orqali suhbatlasharkansiz, muloqot shunchaki bir o‘yin ko‘rinishida bo‘ladi. U biz bilgan haqiqiy munosabatlarga umuman o‘xshamaydi. Bu qanday suhbat bo‘ldiki, sichqonchaning birgina harakati bilan uni yakunlash, iteraktiv vaziyatni har qanday holatga keltirish mumkin bo‘lsa!?
KIBERLUDOMANIYA yoxud xavfli xastalikka chalingan odamlar XXI asr insoniyat tarixida tamaddunlararo muloqot asri, texnika va texnologiya, axborot kommunikasiyalari tizimi misli ko‘rilmagan darajada takomillashib boruvchi yuzyillik sifatida iz qoldirishi shubhasiz. Afsuski, bunday global rivojlanish xalqaro telekommunikasiyalar, internet tizimi, ommaviy axborot vositalari orqali yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etayotganligi bugungi kunning achchiq haqiqatlaridan biridir. Yoshlarimiz ongini zaharlab, ularning ma’naviy qarashlarini izdan chiqarayotgan ana shunday xavfli ta’sirlardan biri ludomaniyadir. «ludomania.com» internet manbasida keltirilishicha, bu so‘z (lotin tilida ludus – o‘yin) zamirida o‘yinlarga mukkasidan ketish, ularga qaram bo‘lish ma’nosi yotadi. Tashqaridan qaraganda mazkur holat zararsizdek ko‘rinsa-da, tadqiqotchi olimlar unga inson ruhiy holatining buzilishiga olib keluvchi hamda ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi «kasallik» sifatida qarashadi. Chunki «ludomaniya» oqibatida kishi nafaqat jismoniy va ruhiy zo‘riqadi, balki ijtimoiy, kasbiy, oilaviy, hattoki shaxsiy hayotidagi majburiyatlarga ham mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi. Bugungi kunda G’arb davlatlarida avtomat va kompyuter klublari, kazino hamda bukmeykerlik idoralari o‘yinlariga mukkasidan ketish ludomaniyaning asosiy ko‘rinishlari sifatida tilga olinmoqda. Bunday kishilar toifasiga faqat oson pul topishga, yengil daromad olishga harakat qiladiganlar deb qarash noto‘g‘ri. Negaki «o‘yinchi»lar orasida boy-badavlat, jamiyatda nufuzi va mavqyei baland kishilar ham tez-tez uchrab turadi. Ishbilarmonlik, kimo‘zarga musobaqa o‘ynash kabi sifatlar ularga xos xususiyatlardir. Ludomanlarning asosiy ishi o‘zgalar nigohida mavqyelarini oshirish, boshqalarga nisbatan yaxshi, kuchli, qobiliyatli va omadli ekanliklarini isbotlashdan iborat. Faqat muvaffaqiyatgina ularga hayotdan to‘la qoniqish, o‘zini to‘liq namoyon etish hissini beradi. Ular uchun eng muhimi – o‘yinda g‘alaba qozonish. Bu ularning nimalarga qodir ekanini isbotlash usuli, ruhiy hamda ma’naviy qoniqish omili. Ammo u buni kutilgan natijalarga boshqalarning yordamisiz, o‘z kuchi bilan erishsagina his qiladi. Bunday o‘z-o‘zini boshqaruv ludoman uchun g‘olib kelish qobiliyati, ishbilarmonlik sifatlari, hukmronlik timsollari hisoblanadi.
O’yin jazavasi nisbiy kuchli ta’sir etuvchi farmakologik samaraga ega ruhiy faol moddalar – narkotiklarga ruju qo‘ygan odamlarda kuzatiladigan holatga o‘xshaydi. Shu bois ludomaniya muammosi inson ruhiyatiga ta’siri jihatidan ichkilikbozlik yoki giyohvandlik singari jiddiy kasalliklar darajasiga ko‘tarilishga ulgurdi. Bugun ko‘pgina mamlakatlarda aholining aksariyat qismi turli o‘yinlar bilan vaqt o‘tkazadi. Masalan, internet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 1975 yili turli o‘yinlarga aholining 68 foizi qiziqqan bo‘lsa, 1999 yilga kelib bu ko‘rsatkich 86 foizni tashkil etgan. 1987 yili har bir amerikalik yiliga o‘z byudjetining 0,3 foizini o‘yin uchun sarflagan. Bugungi kunda mazkur raqam 1 foizdan oshgan. Albatta, hayoti davomida umuman hech qanday o‘yinga qiziqmagan, ularni o‘ynamagan odamlar ham bor, shuningdek, o‘yinlarga juda ko‘p mablag‘ sarflab vaqt o‘tkazadiganlar ham, afsuski, kam emas. Okeanortida o‘yin biznesidan tushgan yillik daromad 67 milliard dollarni tashkil etgan. Bu kabel televideniyesi va kinolar namoyishidan tushgan daromaddan ancha yuqori. «Ludomaniya» so‘zi dastlab qimor o‘yinlariga berilib ketgan kishilarga nisbatan qo‘llanilgan. Vaqt o‘tgani sayin uning ko‘rinishlari ham o‘zgarib, turli nomlarga ega bo‘lib bordi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari, kompyuter texnikalarining rivojlanishi, telekommunikasiya sohasidagi taraqqiyot zamonaviy «kibernetik ludomaniya» degan yangi tushunchaning kashf etilishi uchun zamin yaratdi. Kiberludomaniya – kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish. Bu so‘zning lug‘atimizdan joy olganiga hali ko‘p bo‘lmagani bois, uning mohiyatini hamma ham bilavermaydi. Kiberludomaniya ham ta’sir jihatidan inson ruhiy holatiga, salomatligiga ichkilikbozlik va narkomaniya kabi zarar yetkazib, salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Dunyo olimlari uni allaqachon xavfli kasalliklar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishgan. Bu xastalik, inson o‘yinni emas, o‘yin insonni boshqargan taqdirda, xavfli hisoblanadi. Kiberludomaniya kasalligining boshlang‘ich davri yashirin tarzda kechishi mumkin. Ushbu kasallikning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O’yin domiga tushib qolgan «bemor» o‘zini odamlardan olib qochadigan, kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadigan bo‘lib qoladi. O’ta jahldorlik, tez-tez kuzatiladigan bosh og‘rig‘i, uyqudagi notinchlik, doimiy tushkunlik, ruhiy bezovtalik kiberludomanlarga xos belgilar hisoblanadi. Kompyuter o‘yinlari kishini ohanrabodek o‘ziga tortib, virtual hayotga kirishga majbur qiladi. Bunda odam real hayotdagi barcha tashvishlar, muammolarni unutgan holda virtual olamga tushib qoladi. Natijada kompyuter o‘yinlari inson hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning atrof-muhitga loqayd munosabatda bo‘lishiga olib keladi. Qiziqishlari doirasi torayib, ko‘proq o‘yin haqida o‘ylaydi. Bugun shahar ko‘chalaridagi istalgan internet kafe yoki «Playstation»da guruh-guruh bo‘lib o‘yinga berilgan bolalarni ko‘rasiz. Ular orasida bolalar bilan bir qatorda katta yoshdagilar ham borligi achinarli holdir. Bolalarimiz kitob o‘qimay qo‘ydi deya qayg‘urib gapiramiz. Aslida, bunday bo‘lishiga kattalar sababchi emasmi?! Bolalar bilan suhbatlashsangiz ularning istaklari ham o‘zgarganini sezasiz. Ular endi Qorboboga turli o‘yinchoqlar emas, «Playstation», kompyuter, noutbuk, telefon, planshet so‘rab maktub yozishadi. Xatni ham pochta orqali emas, internetdan jo‘natishingizni iltimos qilishadi. Bir so‘z bilan aytganda, kompyuter bolalardan o‘yinchoqlarni tortib oldi. Kompyuter o‘yinlaridagi timsollar ularning idealiga aylanib qoldi. Xohlasak-xohlamasak, bolaning kelajagi aynan yoshligida qanday o‘yinlar o‘ynaganiga bog‘liq.
Individni internetga mukkasidan ketishning dastlabki belgilari quyidagilar:
• uzoq vaqt tarmoq ichida bo‘lish;
• internetdan hyech qanday maqsadsiz foydalanish;
• virtual olam tufayli boshqa qiziqishlardan voz kechish;
• internetdan foydalana olmaganda kayfiyatning tushishi, jahldorlik kabi holatlarning kuzatilishi.
Internet bilan do‘st tutingan insonda o‘z-o‘zidan atrofidagi kishilar bilan muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, ruhiyatida o‘zgarish sodir bo‘ladi. U o‘zini kuchli va go‘zal, hamma narsaga qodirdek his qiladi. Virtual olam devorlari ortida hyech kim uni nojuya ishlari uchun urishmaydi, buzilgan jo‘mrakni tuzatishga majbur qilmaydi. Internet go‘yoki uni tashqi dunyodan himoya etuvchi qobiq vazifasini bajaradi.65
Kundalik hayotidan zerikkan, o‘z imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan, virtual muloqotni real muloqotdan ustun deb biluvchi odamlargina tanishuv saytlari va chatlarning doimiy mehmoniga aylanib qoladi.
Yana bir muammo. Ma’lumki, bolalarda ota-onasiga taqlid qilish yoki birdan katta bo‘lib qolish istagi kuchli. Kompyuter o‘yinlari kichkintoylarga ana shu imkoniyatni, virtual tarzda bo‘lsa ham, hadya qiladi. Kompyuter bolalarni «kap-katta odam»ga aylantiradi. Shu zaylda ular monitor qarshisida soatlab o‘tirib, go‘yo dunyo muvozanatiga keskin xavf tug‘dirgan, butun-butun shaharlarni ostin-ustun qilib, duch kelgan odamni o‘qqa tutayotgan, pichoqlayotgan, baland qavatli binolarni qo‘porayotgan jinoyatchilarni o‘ldirib «qahramon»ga aylanishadi.
Shu tariqa kichkintoylar geym-klublarga bola bo‘lib kiradi-yu, yoshi ancha «ulg‘ayib» chiqib ketadi. Afsuski, ular mana shu daqiqada kompyuter qiyofasini olgan jodugar ulardan eng bebaho boylik – bolaligini o‘g‘irlayotganini payqashmaydi! Bu uni odamlardan ajralib qolishga, o‘z qobig‘iga o‘ralib, virtual olamdagi o‘z qahramoni bilan yashashga ko‘niktirib qo‘yadi. Bu hodisani bir nom bilan «zombilashuv» deyishmoqda.
Hozir urfga kirayotgan, virtual reallikning bir ko‘rinishi bo‘lgan onlayn (online) o‘yinlar ma’naviy-ruhiy tahdid darajasini yanada oshiradi. Bunda bolalar internet tizimiga kirib, virtual olamda o‘zaro jang qilishadi, otishmalarda qatnashadi. Masalan, olti yoshli Jek Londondagi uyida o‘tirib Avstraliyada istiqomat qilayotgan sakkiz yoshli Marveykka qarshi qirg‘in qurollari yordamida jangga kirisha oladi. Demak, ular g‘alaba qozonishni istasa bir-birining timsolidagi «qahramon»ni virtual olamda o‘ldirishi kerak bo‘ladi, ongda hayotning qadrsizlanishi ro‘y beradi.
Vaqt o‘tgani sayin bolalarga internet olamining ta’siri muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, global tarmoqning yashirin yoki nooshkora xavflariga faqatgina ta’siriga tushib qolishni emas, balki ekstremistik xarakterdagi sekta va turli xil uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligi, virtual firibgarlikka keng yo‘l qo‘yilganlikni ham ko‘rsatish mumkin66. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga yetaklashi, bu veb-sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog‘lig‘iga xavf soluvchi ma’lumotlarni ko‘rishiga olib kelishi mumkin. Elektron pochta manzillari orqali olingan xabarlar kuchli ruhiy ta’sir o‘tkazib, bolalarni internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas. Bank yoki kredit kartochkasidagi hisob raqamlarni bilgan bolakaylar onlayn savdolarda qatnashish imkoni bilan birga kichik o‘yinchoqdan tortib to eng so‘nggi rusumdagi mashina sotib olish imkonyatiga ega degani. Bu narsa ularni virtual firibgarlarning nishoniga aylantiradi.
Yana bir masala, lug‘at boyligimizga ingliz tilidan kirib kelgan «gadjet» so‘zi qurilma, moslama kabi ma’nolarni anglatadi hamda yuksak texnologiyalarga asoslangan kichik hajmdagi zamonaviy texnik uskunalar, jumladan, planshet kompyuterlari, MR3- pleyer, flesh-karta va telefonlarni nazarda tutadi. «Gadjetomaniya» – texnik vositalarga mukkasidan ketish bilan bog‘liq ruhiy holat. Turli insonlarda u turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Gadjet «asir»ini boshqalardan ajratib olish qiyin emas. Deylik, kafeda do‘stlar yig‘ilgan, hamma bir-biridan hol-ahvol so‘raydi, hayotida sodir bo‘lgan qiziq voqyealarni hikoya qilib beradi, faqat birgina odam telefonidan bosh ko‘tarmay nimalarnidir yozish bilan band. Uni muntazam ravishda telefoni yoki kompyuterini yangisiga almashtirish ehtiyoji bezovta qiladi, texnik qurilma uning doimiy hamrohiga, qo‘lidan tushmaydigan ovunchog‘iga, ta’bir joiz bo‘lsa, tana a’zosiga aylanib ulgurgan. Yuqoridagi belgilar asosida ruhshunoslar hech ikkilanmay bunday insonlarga gadjetomaniya tashxisini qo‘yishadi. Zamonaviy texnika yoshlarning katta qismi uchun atrofdagilarning e’tiborini jalb qilish vositasiga aylandi. So‘nggitexnologik kashfiyotlar hayotimizni yengillashtirish, unga rang-baranglik olib kirish, yumushlarimizni kamaytirish uchun xizmat qilayotgani rost. Ammo ko‘pchilik odamlar ulardan shunchaki vaqt o‘tkazish, ko‘ngilxushlik maqsadida foydalanayotganini ham ta’kidlash joiz. Sensor ekranli qurilmalarning yaratilishi gadjetlar olamida chinakam inqilob bo‘ldi. Kompyuter sichqonchasi va klaviaturadan voz kechildi, bu, o‘z navbatida, axborot qabul qilish va tarqatish tezligiga ta’sir etmay qolmadi. «Apple» kompaniyasiga tegishli iPad planshetlari butun dunyoni egalladi. Kompaniyaning rasmiy sayti dastlabki oyning o‘zidayoq planshetning 3 milliondan ortiq nusxasi sotilib ketgani haqida ma’lumot beradi. Gadjetomaniya – yuqumli va tez tarqaladigan kasallik. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, u turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Shulardan biri – tinimsiz xabarlashish odati. Bu «dard»ga chalingan odam mobil telefonini yeru ko‘kka ishonmaydi, SMS yuborish va qabul qilishdan maqsad yangi axborot olish emas, balki muloqotga bo‘lgan ehtiyojni shu yo‘l bilan qondirishdan iborat. «Compulenta.ru» ma’lumotlariga ko‘ra, eng faol gadjet iste’molchilari Buyuk Britaniyada istiqomat qilisharkan. Tadqiqot natijasida aholining uchdan bir qismi qurilmalarni zarurat emas, shunchaki qiziqish yuzasidan xarid qilishi aniqlandi. So‘rovda ishtirok etgan polshaliklarning 19 foizi yangi texnik uskunani xarid qilmasa asabiylashishini bildirgan. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning 95 foizi o‘z pochtasini muntazam tekshirib turadi, hatto mobil telefonlarni ham ular qo‘ng‘iroqlashish uchun emas, balki tarmoqda maqsadsiz «kezish» (internet-syorfing) uchun xarid qiladilar. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, SMSga mukkasidan ketish va o‘rganib qolish oson. So‘nggi vaqtlarda ruhiy davolash muassasalari shifokorlari «me’yoridan ortiq matn terish» sindromi tashxisiga ko‘p duch kelishmoqda. Bu xastalik dam olish vaqtida ham klaviaturada tinimsiz matn teruvchi odamlarda uchraydi. Ko‘pincha internet, chat ishqibozlari, shuningdek, SMS yordamida muloqot qilishni yoqtiruvchi mobil telefon egalari ayni shu kasallikka duchor bo‘lishadi. Aksariyat hollarda bemorlarning yoshi 16 dan oshmaydi, biroq 28 – 30 yoshli «mutaxassis – matn teruvchilar» ham kam emas.
Internet va multimediya texnolgiyalari inson hayoti tarziga kuchli va qisqa vaqt mobaynida ta’sir o‘tkazib ma’naviy hayot xilma-xilligini kiskin oshirmoqda “Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqyea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi.”67 Hozirda bunday muammolarni oldini olish va hal qilish bo‘yicha bir qancha e’tiborga loyiq tavsiyalari berilmoqda:



Yüklə 39,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin