[SbCl6]-+R+=R+[SbCl6]- Xosil bo’lgan ion assotsiat toluol bilan ekstraksiyalanadi va yutilish spektrida ion assotsiatiga tegishli bo’lgan 600 nm (ε= 104 – 105 dm3 · mol-1 · sm-1) intensiv maksimum bo’lib, ayni shu to’lqin uzunlikda ekstraktni optik zichligi o’lchanadi.
2. Moddaning turli energiyalar manbai ta’sirida shu’lalanishi lyuminessensiya deyiladi. Usul bilan konsentratsiyaning kichik chegarasida (10-4-10-7) moddalar miqdorini tahlil qilish mumkin .
Tasnifi: 1) Qo‘zg‘atuvchi manbaning turiga ko‘ra:
Fotolyuminessensiya – spektrning UB va ko’rinadigan soxa, nurlari ta’sirida moddani shu’lalanishi.
Xemolyuminessensiya – kimyoviy reaksiyaning energiyasi xisobiga, moddani shu’lalanishi.
Rentgenolyuminessensiya – rentgen nurlari ta’sirida moddani shu’lalanishi.
Katodolyuminessensiya – gaz xolatida katod lampasidan chiqayotgan elektronlar oqimi ta’sirida moddani shu’lalanishi. Termolyuminessensiya – qizdirib cho’g’latilgan moddani shu’lalanishi.
2) SHu’lalanish davomiyligiga ko‘ra:
Fluoressensiya – qo’zg’atuvchi manba ta’siri to’xtatilgach darxol so’nuvchi sho’’la (10-6-10-9 sek ). Fosforessensiya – qo’zg’atuvchi manba ta’siri to’xtatilgach, ma’lum vaqt davom etuvchi shu’lalanish (10-2-10-3 sek) .
Lyuminetsent titrlashda eritmasini tayyorlash
Ishchi eritmaning titrini aniqlashda hisoblar quyidagicha bajariladi. Agar eritma konsentrasiyasi normallik bilan ifodalansa, unda titrlashdagi hisoblar uchun ushbu formuladan foydalaniladi:
V1·N1= V2·N2 Bunda V1,V2- eritmalar hajmi, ml; N1,N2- eritmalar normalligi.
Normal konsentrasiya to’rtinchi o’nlik belgigacha aniqlik bilan hisoblanadi.
NaOH ishchi eritmasining konsentrasiyasini aniqlash uchun boshlang’ich eritma sifatida xlorid kislotaning 0,1 n. eritmasi olingan. Titrlashga olingan boshlang’ich eritmaning hajmi 10 ml. Titrlashga sarf bo’lgan ishchi eritmaning hajmi 11,30 ml. Ishchi eritmaning aniq normal konsentrasiyasi
bo‘ladi.
Ishchi eritmaning aniq normal konsentrasiyasini ifodalashda ko’pincha tuzatish koeffisienti K deb ataluvchi koeffisient ishlatiladi. Bu kattalik eritmaning aniq konsentrasiyasini topish uchun eritmaning ehtimol qilinayotgan normalligiga ko’paytirish kerak bo’lgan sonlardir. Masalan, K = 0,945 bo’lgan taxminan 0,1n eritma bor. Demak, eritmaning aniq normal konsentrasiyasi 0,1·0,945 = 0,0945n ga tengdir.
K sonni titrimetrik aniqlangan eritma normalligini eritmaning taxminiy normalligi qiymatiga bo’lib topiladi.
bunda N- eritmaning aniqlangan normalligi; N0- eritmaning taxminiy normalligi. Agar ishchi eritma fiksanaldan tayyorlangan bo’lsa, K = 1.
Tahlil qilinuvchi eritmadagi aniqlanuvchi modda ekstragent yordamida ekstraksiyalanadi. So’ngra hosil bo’lgan ekstraktni analitik to’lqin uzunlikda fotometrik usulda aniqlanadi. Usul tahlil qilinuvchi eritmada yorug’lik yutilishini to’g’ridan – to’g’ri o’lchash imkoni bo’lmaganda yoki tahlil qilinuvchi dastlabki ob’ekt – (malxam, pasta, suspenziya kukun va x.k.) – holida bo’lib, ularda fotometrik o’lchashni o’tkazib bo’lmagan xollarda qo’llanadi. Ekstraksion – fotometrik tahlilni o’tkazish shart-sharoitlari:
1 . Murakkab aralashmadagi komponentlarning nur yutilishi bir xil to’lqin uzunligida bo’lsa, yutilish maksimumlari bir birini qoplasa. Masalan:
3-rasm. Aralashmadagi S va D yutilish bandlarini qo’shilgan holati
2.Suvda oz eruvchan moddalar tahlilida
3.Tahlil qilinuvchi eritmada aniqlanuvchi moddaning konsentratsiyasi juda kam bo’lsa, uni ekstraksiya usulida konsentratsiyasi oshiriladi va fotometrik usulda aniqlanadi.
4.Tahlil qilinuvchi eritmadagi rangsiz moddalarni aniqlashda. Bunday holda aniqlanuvchi modda bilan fotometrik reaksiya yordamida, rangli modda xosil qilib, ekstraksiyalanadi. So’ngra fotometrik reaksiya maxsulotining analitik to’lqin uzunligida ekstraktning optik zichligi o’lchanadi.
Misol: So+2, Fe+3 aralashmasidan So+2 aniqlash.
Fe+3 + 6NCS- → [Fe NCS)6]3-
Ekstraksion fotometrik tahlilni o’tkazish uchun quyidagi talablarga rioya qilinadi:
Ekstraksiya jarayoni to’liq bajarilishi uchun R=99,9 % bo’lishi kerak.
Organik erituvchi, fotometrik reaksiya tanlanadi.
Eritmada ekstrakt uchun optimal rN tanlanadi.
Halaqit beruvchi ionlarni niqoblashda maxsus reagentlar qo’llanadi.
Ekstraksion – fotometrik usul nisbatan sodda, yuqori selektiv va tezkorligi sababli ko’pchilik moddalar (xususan-kompleks xosil qiluvchi metal kationlarini) farmatsevtik preparatlar (masalan, surtma dorilardagi prednizalon va prednizalon atsetat)ni aniqlash imkonini beradi.
Ekstraksion – fotometrik tahlilda qo’llanadigan fotometrik reaksiyalar. Ekstraksion fotometrik usul uchun fotometrik reaksiyani tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlangan fotometrik reaksiya mahsulotining rangi yorqin, yutilish spektrining analitik to’lqin uzunligidagi yutilish maksimumi kuchli bo’lishi lozim. Fotometrik reaksiyalarni quyidagi ikki turi ishlatiladi: 1. Metallarni rangli komplekslari xosil bo’ladigan fotometrik reaksiyalar. Tahlil qilinuvchi modda reagent bilan rangli kompleks birikma hosil qilinadi.
Hosil bo’lgan rangli kompleksni organik erituvchi bilan ekstraksiyalanadi.
Masalan, suvli eritmada bir qator kationlar bilan birgalikda Pb2+ kationi ditizon bilan kuchsiz ishqoriy pN=8,5-11 sharoitda qirmizi-qizil rangli qo’rg’oshin ditizonatini xosil qiladi.