“Keychains” funksiyasining yaratilishi (parollarni bir biriga bog`lash);
Mac OS 9 Apple kompaniyasiga yanada ko`proq kompyuterlari sotilishiga sabab bo`ldi. Ammo vaqt o`tar, information texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrga qadam qo`yayotgan paytda o`z o`rnini mustahkamlash uchun bitta joyda turib qolish kerakmasligini tushungan Apple yana yangi versiya ustida ishlay boshladi. 3) Yangi versiya ustida ishlayotgan kompaniya ishchilarini Mac OS 9 ni yana qanday qo`shimchalar kiritish mumkin, degan savol o`ylantirayotgan paytda Macintosh kompyuterining ixtirochisi Stiv Jobs shaxsiy muammolar tufayli kompaniyaning bosh direktori lavozimidan kechib, o`zi yana qaytadan boshqa Next kompaniyasini ochib, NextStep operatsion sistemasi ustida ishlayotgan edi. Apple firmasi rahbariyati Stivsiz baribir hech nima yarata olmasliklarini tushunibmi, unga yana bosh direktor lavozimini taklif qilishadi. Stiv Jobs bunga bitta shart bilan rozi bo`ladi. Shartga ko`ra Apple kompaniyasi Next kompaniyasini sotib olishi kerak edi. Apple bunga rozi bo`ladi. Va nihoyat 2000 yilda butunlay yangicha ko`rinishda, NextStep operatsion sistemasining yangi programma kodiga va UNIX operatsion sistemasining asosiy imkoniyatlarini o`zida jamlagan Mac OS X dunyo yuzini ko`rdi. Yangi progaramma kodiga, yangi servisga va yangi Mach yadrosi bilan ishlab chiqarilgan bu versiya Mac OS ning boshqa versiyalari uchun ishlab chiqarilgan programmalar bilan ishlamaydi. Uning Mac OS 10 emas, Mac OS X deb nomlanishiga asosiy sabab ham shu: kompaniya rahbariyati oxirgi versiyani boshqa versiyalari bilan bir plataga ega emasligini bildirmoqchi bo`lgan.
Mac OS X ning hozirgacha yaratilgan bir necha versiyalari mavjud bo`lib, ularning hammasi tezkor yirtqich hayvonlar nomi bilan atalgan. Masalan, 10.0 versiyasi “Gepard”, 10.1 “Puma”, 10.2 versiyasi “Jaguar”, 10.3 versiyasi “Pantera”, 10.4 versiyasi “Tiger”, 10.5 versiyasi “Leopard”, 10.6 versiyasi “Snow leopard”, 10.7 versiyasi “Lion”, 10.8 versiyasi esa “Deer tiger” deb nomlangan. Bu versiyalar yaratilishida juda ko`p yangi funsiya va programmalar ishlab chiqilgan. Ularning ayrimlarini sanab o`taman: