Mavzu: Mahalliy byudjetlar xarajatlari tizimi,ularni optimallashtirish masalalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Mahalliy byudjet xarajatlar tizimi



Yüklə 113,81 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü113,81 Kb.
#200594
1   2   3   4   5   6   7
O\'ktamov Umarali Davlat byudjeti kurs ishi

2. Mahalliy byudjet xarajatlar tizimi
Qoraqalpogʼiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
umumiy oʼrta taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy taʼlim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonunchilikda Qoraqalpogʼiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan taʼlim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, koʼp tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tugʼruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qoʼyish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sogʼliqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Qoraqalpogʼiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq toʼlash xarajatlari;
Qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʼligʼini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslar uchun internat uylari, pansionatlari va sanatoriylarini, nogironligi boʼlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
shahar yoʼlovchilar transporti tashuvchilarining yoʼlovchilarni va bagajni cheklangan tariflar boʼyicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini koʼrsatish bilan bogʼliq zararlarning oʼrnini qoplash xarajatlari;
kam taʼminlangan oilalarga toʼlanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.
iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
qishloq xoʼjaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq toʼlash, yerlarni rekulьtivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xoʼjaligi tashkilotlarini saqlab turish;
uy-joy-kommunal xoʼjaligi obʼektlarida taʼmirlash ishlarini olib borish;
suv yoʼllarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
aholi punktlarini obodonlashtirish;
issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga koʼrsatilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qoʼllash natijasida yuzaga keladigan zararlarining oʼrnini qoplash xarajatlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan oʼrmon xoʼjaligini, oʼsimliklar karantinini saqlab turish xarajatlari;
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo‘linmalarini saqlab turish xarajatlari;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan, shuningdek davlat organlarining yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;
6.1) harbiy-maʼmuriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.
6.2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar o‘tkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.


Yüklə 113,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin