Mavzu: Mahsulot (ish, xizmat)larning xarajat sig‘imini tahlili. Reja



Yüklə 142,54 Kb.
səhifə1/2
tarix14.10.2023
ölçüsü142,54 Kb.
#155584
  1   2
Mavzu Mahsulot (ish, xizmat)larning xarajat sig‘imini tahlili.


Mavzu: Mahsulot (ish, xizmat)larning xarajat sig‘imini tahlili.
Reja:

  1. Moliyaviy natijalar hamda rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili.

  2. Korxonada balans passivi tahlili.

  3. Rentabellik tahlili.

Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida iqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, baho rеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foyda korxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida iqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, baho rеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foyda korxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.
Moliyaviy natija-korxona faoliyatining foyda summasi va rеntabеllik darajasida ifodalanadigan yakunidir.
Moliyaviy natija-korxona faoliyatining foyda summasi va rеntabеllik darajasida ifodalanadigan yakunidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatini bеlgilovchi asosiy mеzon - sof foyda hisoblanadi. Sof foyda miqdorini aniqlash uchun quyidagi oraliq foyda ko`rsatkichlarini aniqlash kеrak

1.Yalpi foyda = Sof tushum – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.

2.Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kеlgan foyda = yalpi foyda - davr xarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).

3.Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda = asosiy faoliyatdan olingan foyda + olingan dividеndlar + boshqa olingan dividеndlar ± olingan va bеrilgan qarzlar bo`yicha foizlar ± boshqa olingan va to`langan foizlar ± valyuta kursi farqi ± moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromad (xarajat).

4.Soliq to`lagunga qadar foyda = umum xo`jalik faoliyatidan kеlgan foyda ± favquloddagi foyda (zarar).

5.Sof foyda (zarar) = soliq to`lagunga qadar foyda - foydadan soliq boshqa soliqlar va ajratmalar.


Rentabellik ko’rsatkichlari

Foydaning mutlaq miqdori korxonalarning xo`jalik yuritish borasidagi samaradorlik darajasini har tomonlama bеlgilamaydi. Shuning uchun nisbiy ko`rsatkichlarni aniqlash kеrak


Bu ko`rsatkich - rеntabеllik ko`rsatkichlari hisoblanadi.
Rеntabеllik ko`rsatkichi jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir ayrim korxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkich hisoblanadi.

Bu ko`rsatkichda kеngaytirilgan ishlab chiqarishni, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishni, xalqning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun sarflanadigan jonli va buyumlashgan mеhnat tеjamini pul shaklida ifodalanishini va qo`shimcha mahsulotning massasi o`z ifodasini topadi.


Rentabellik ko’rsatkichlari

jami aktivlar (mulk) rеntabеlligi


sotilgan mahsulot rеntabеlligi
xususiy (o`z) kapitalning rеntabеlligi
aktsiyaning rеntabеlligi

Jami aktivlar rentabelligi


Jami aktivlarning rеntabеlligi korxonaning asosiy va aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi darajasini ko`rsatadi. Ushbu rеntabеllik darajasining mе'yori (normasi) 5 foizdan 10 foizgacha bo`lishi kеrak. Mulk rеntabеlligi darajasi - korxonaning bir so`mlik mulkidan nеcha so`m foyda olinganligini ko`rsatadi.
Ushbu ko`rsatkich korxonalar o`rtasidagi raqobat kurashida indikatorlik vazifasini o`taydi. Raqobatbardoshlik darajasi tahlil qilinayotgan korxonaning jami aktivlarining rеntabеllik darajasi o`rtacha tarmoqdagi koeffitsiеnti bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Jami aktivlarning rеntabеllik darajasi sof foyda summasini (SF) jami aktivlarning o`rtacha miqdori (JAS) bo`lish yo`li bilan aniqlanadi
Sotilgan mahsulot rentabelligi

Sotilgan mahsulot rеntabеlligi (SMR) sotilgan mahsulot birligiga foyda ulushini, ya'ni sotilgan mahsulotning samaradorlik darajasini tavsiflaydi va quyidagi formula bo`yicha yalpi foyda summasini (YaF) mahsulot sotishdan tushgan sof tushumga (ST) nisbati tariqasida aniqlanadi:

SMR = YaF * 100:ST
Xususiy sarmoya rentabilligi

Xususiy (o`z) sarmoyasi rеntabеlligi (XSR) korxonaning o`z kapi-talidan foydalanish samaradorlik darajasini ko`rsatadi, ya'ni korxonaning o`z sarmoyasi o`rtacha yillik summasining bir pul birligidan qancha pul birligiga tеng sof foyda olinganligini ko`rsatadi. U quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:

XSR = SF * 100/XS
Bunda:

XSR - o`z sarmoyasining rеntabеlligi;


SF - sof foyda;
XS - o`z sarmoyasining miqdori.

«Moliyaviy tahlil usuli» o`quv qo`llanmasida rеntabеllik ko`rsatkichlarini uchta guruhga umumlashtirishni tavsiya etganlar:

1.Kapital (aktivlar) rеntabеlligi;

2.Mahsulot rеntabеlligi.



3.Pul mablag`lari oqimi asosida hisoblangan rеntabеllik ko`rsatkichlari
Rеntabеllik darajasini hisoblashda asos qilib olingan ko`rsatkichlarni, ya'ni foyda turlarini: yalpi foyda, umumxo`jalik faoliyatidan kеlgan foyda, asosiy faoliyatdan kеlgan foyda, soliq to`lagunga qadar foyda, sof foydalarni asoslanmagan holda qo`llash. Tavsiya etilgan aksariyat rеntabеllik ko`rsatkichlari sof foyda asosida aniqlanadi
Rеntabеllik darajasini hisoblashda asos qilib olingan ko`rsatkichlarni, ya'ni foyda turlarini: yalpi foyda, umumxo`jalik faoliyatidan kеlgan foyda, asosiy faoliyatdan kеlgan foyda, soliq to`lagunga qadar foyda, sof foydalarni asoslanmagan holda qo`llash. Tavsiya etilgan aksariyat rеntabеllik ko`rsatkichlari sof foyda asosida aniqlanadi
Buxgalteriya balansi – bu muayyan sana uchun korxona mulki va
uni moliyalashtirish manbalarini pul ko‘rinishida aks ettirish usulidir. Buxgalteriya hisobida «balans» so‘zi bir nechta ma’noga ega: a) schyotlar bo‘yicha yozuvlar olib borishda va xo‘jalik subyektlari mablag‘larini turli kesimda guruhlashda natijalar tengligi; b) asosiy
hisobot shakli yakuni; v) asosiy hisobot shakli nomi. Asosiy hisobot shakli sifatida balans ma’nosi mutlaqo katta, chunki bu hujjat korxonalarning mulkiy va moliyaviy holati haqida yetarlicha aniq va yanglish bo‘lmagan tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Hisobot sanasi uchun korxona tasarruf etayotgan mulk va qarz huquqlari qiymati balans aktivida aks ettiriladi. Aktivlar iqtisodiy resurslar yoki kelgusi xarajatlarni amalga oshirish bo‘yicha korxonaning potensiali haqida muayyan tasavvur beradi.
Xususiy kapital, shuningdek, kreditlar, qarzlar bo‘yicha majburiyatlar va kreditorlik qarzi balans passivida aks ettiriladi. Shunday qilib, majburiyatlar (passivlar) korxonalar tomonidan olingan mablag‘lar hajmi va ularning manbalarini, aktivlar esa – ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.
Amaliyotda balanslarning turli ko‘rinishlariga to‘qnash kelish mumkin. Batafsil tavsifga to‘xtalmasdan ularning tasniflaridan birini keltirib o‘tamiz (Kovalyov V.V., Patrov V.V. «Kak chitat balans», M.:
«Finansi i statistika, 1998g., s 25-29).

Shubhasiz, keltirilgan balanslarning barcha turi ham auditor yoki analitik uchun bilim orttirishlarida ahamiyatga ega bo‘lavermaydi, biroq ularning ayrimlari bilan o‘z ishlarida to‘qnash kelishi muqarrar. Bundan tashqari, ayni bir korxona ayni bir vaqtda bir necha balansga ega bo‘lishi va ularning valyutalari mos kelishi shart emasligini tushunish zarur ( bu, xususan, joriy va tugatish balansiga taalluqli).
U yoki bu bo‘lim va moddalarga ajratishni nazarda tutuvchi balans tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda u quyidagi ko‘rinishga ega:

7.3-chizma. Buxgalteriya balansining statik ko‘rinishi
O‘z faoliyatini amalga oshirish uchun korxona boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lishi lozim. Bu muasssislar badallari yoki yuqori turuvchi tashkilot tomonidan ajratilgan mablag‘lar bo‘lishi mumkin. O‘z mohiyatiga ko‘ra o‘z mablag‘lari(xususiy kapital)ni namoyon qiluvchi ushbu mablag‘larning manbalari avval boshdan ta’sis hujjatlarida miqdori kelishib olingan ustav kapitalidan iborat bo‘ladi, biroq korxona faoliyati natijasida ushbu manbaning tarkibi va manbasi o‘zgaradi.
«O‘z» atamasi bu yerda ushbu korxonani tashkil qilgan shaxslarga (yuridik yoki jismoniy) tegishlilikni anglatadi; boshqacha aytganda, bu shartli ravishda korxonaning o‘z muassislari oldida qarzdorligidir.
«Xususiy kapital» tushunchasining iqtisodiy ma’nosi quyidagicha: u tugatilgan holatda egalari taxminan shuncha summa olishi mumkin. Bu holatda muassislar o‘zlariga tegishli ulushni korxonaning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari so‘ndirilgandan so‘ng qolgan mulkning qiymat bahosi qismidan olish huquqiga ega bo‘lganligiuchun ularning real miqdori, birinchidan, amalda doimo hisob bahosidan farqlanadi, ikkinchidan, faqatgina tugatish jarayoni borishida aniqlanishi mumkin.
Ixtiyoriy korxona, odatda, o‘z mablag‘lari bilan chegaralanib qolmaydi, balki tashqi manbalardan mablag‘lar jalb qiladi: bank kreditlari, qarzlar, kreditorlar. Ushbu jalb qilingan mablag‘lar ikkita katta guruhga ajratiladi: uzoq muddatli va qisqa muddatli.
Korxona tomonidan turli manbalardan olingan mablag‘lar ikkita katta guruhga ajratiladigan aktivlarga joylashtiriladi: uzoq muddatli aktivlar, ya’ni uzoq muddat (bir yildan ortiq) davomida ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan aktivlar va yil davomida bir necha marta ishlatiladigan aylanma (joriy) aktivlar, ya’ni ularga joylashtirilgan mablag‘lar bu vaqt davomida bir necha marta aylantiriladi.
Balans aktivi moddalari tahlili

Balans aktivi – bu korxona tasarrufida mavjud iqtisodiy resurslar bo‘lib, ulardan foydalanish kelgusida foyda keltirishi ehtimol qilinadi.


Korxonaning balans aktivi ikki bo‘limdan iborat:
Uzoq muddatli aktivlar.
Joriy (aylanma) aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlar, o‘z navbatida, quyidagilardan iborat:
mulkiy aktivlar (aylanma mablag‘lar, kapital qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar);
nomoddiy aktivlar;
sho‘ba va boshqa korxonalarga berilgan qarzlar;
uzoq muddatli investitsiyalar (masalan, boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga uzoq muddatli qo‘yilmalar);
boshqa aktivlar.
Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham uzoq vaqt davri davomida (bir yildan ortiq) amal qiluvchi, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Qayd qilish joizki, iqtisodiy adabiyotlarda ba’zan “asosiy fondlar” so‘z birikmasi uchraydi. Buni o‘zini oqlagan deb hisoblash qiyin, chunki “fond” atamasining asosiy talqini – bu vositalar manbasi.
Shuning uchun atamashunoslikda va ma’noviy jihatdan chalkashmaslik uchun professional buxgalteriya muhitida keng tarqalgan “asosiy vositalar” so‘z birikmasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Asosiy vositalar boshlang‘ich va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Boshlang‘ich qiymat – bu qurilish va asosiy vositalar olish uchun xarajatlar, jumladan yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha xarajatlardir. Tiklash qiymati – bu oldin tashkil etilgan asosiy vo- sitalarni zamonaviy sharoitlarda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining erishilgan darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va mehnat unumdorligi darajasi hisobga olingan holda ishga tushirish qiymati. Asosiy vositalarni turlari bo‘yicha rasshifrovka qilish, ularning harakatlanishi, shuningdek, boshlang‘ich (tiklash) qiymati hamda eskirish haqida ma’lumotlar 2-moliya shakli-“Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida” statistik hisobot shaklida keltirilgan.
Nomoddiy aktivlar. Buxgalteriya hisobi va buxgalteriya hisobotini yuritish bo‘yicha qarorga muvofiq xo‘jalik faoliyatida uzoq davr (bir yildan ortiq) mobaynida foydalaniladigan va daromad keltiruvchi nomoddiy aktivlarga quyidagilardan vujudga keluvchi huquqlar kiritiladi: a) ilmiy asarlar, adabiyot, san’at asarlari, EHM uchun dasturlar va boshqalarga mualliflik va boshqa shartnomalar; b) ixtirolar uchun patentlar; v) tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi uchun guvohnoma yoki ulardan foydalanish uchun litsenzion shartnomalar; g) nou-xau va boshqalar.
Nomoddiy aktivlarning farqli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
ushbu aktivlardan foydalanish muddati bir yildan ortiq;
korxona tomonirdan daromad olishga imkon beradi;
-ayrim nomoddiy aktivlar (tovar belgilari va boshqalar) istisno qilingan holda to‘laqonli amortizatsiya hisoblanishi.
Kapital qo‘yilmalar - qurilish-montaj ishlari, uskunalar sotib olish uchun korxonaning xarajatlari, kapital ishlar uchun boshqa xarajatlar.
Uzoq muddatli (bir yildan ortiq) moliyaviy qo‘yilmalar – daromad olish maqsadida qilingan xarajatlar (masalan, boshqa korxonalarga investitsiyalar, qarz berish, sho‘ba va qaram korxonalarga investitsiyalar).
Balans aktivlari tarkibining yiriklashtirilgan sxemasi quyidagi chizmada keltirilgan (7.4-chizma).

Uzoq muddatli kapital



Asosiy vositalar




Nomoddiy aktivlar

uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar







Joriy aktivlar

Zaxiralar




Korxonadan tashqarida foyda- laniladigan vositalar

Debitorlik qarzi




Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar







Pul mablag‘lari

7.4-chizma. Balans aktivi tarkibi sxemasi



Joriy (aylanma) aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farqli o‘laroq muntazam doiraviy aylanishda bo‘ladi. Odatda, ular:
faqat bir ishlab chiqarish tsikliga xizmat qiladi;
o‘zining natural shaklini yo‘qotadi (qayta ishlanadi yoki bir shakldan boshqasiga o‘tadi);
o‘z qiymatini tayyor mahsulot (ish, xizmat) ga bir ishlab chiqarish tsiklining o‘zidayoq to‘liq o‘tkazadi.
Joriy aktivlarning ushbu xususiyati korxonani ishlab chiqarish jarayonida muntazam ishlab chiqarish zaxiralarini yangilashga, ya’ni ularni sotib olishga majbur qiladi.
Joriy (aylanma) aktivlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
ishlab chiqarish zaxiralari. Moddalarning mazkur guruhi bo‘yi- cha xomashyo, qo‘shimcha materiallar, yonilg‘i, sotib olinadigan yarimfabrikatlar, taralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar va tovarlarning haqiqatdagi tannarxi aks ettiriladi.
Sohaga tegishliligiga ko‘ra u yoki bu moddaning ulushi sezilarli darajada turlanishi mumkin. Xususan, davomiy ishlab chiqarish tsikliga ega korxonalar balanslarida tugallanmagan ishlab chiqarish, savdo korxonalarida esa tovarlar zaxiralari katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘lishi mumkin.
banklardagi joriy, hisob-kitob va valyuta hisob raqamlarida va korxona kassasidagi pul mablag‘lari;
hisob raqamdagi mablag‘lar – bu debitorlik qarzining turli ko‘rinishlari, ya’ni jo‘natilgan mahsulot, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun boshqa tashkilotlarning va hisob beruvchi shaxslar qarzlari, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga ortiqcha to‘langan pullar bo‘yicha
qarzdorlik summasi, sho‘ba va birlashtirilgan korxonalar qarzdorligi va boshqalar;
qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar – bu qo‘yilma muddati bo‘yicha bir yildan kam bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar. Qayd qilish zarurki, moliyaviy aktivlarni uzoq va qisqa muddatli turlarga ajratilishi ma’lum ma’noda subyektiv hisoblanadi, chunki qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish vaqtida korxona ularga qanchalik uzoq egalik qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblashini har doim ham oldindan aniq bilish mumkin emas.
Endi balans aktivini tahlil qilishga o‘tamiz. Tahlil balans aktivi bo‘yicha korxona mulki tarkibi va tarkibini o‘rganishdan boshlanadi. Balans korxona mulki o‘zgarishlarini umumiy baholash, uning tarkibida aylanma (mobil) va immobilizatsiyalangan aktivlarni ajratish, uning tarkibi dinamikasini o‘rganish imkonini beradi. Tuzilma deganda, mulklarning alohida guruhlari va ushbu guruhlar ichidagi moddalarning foiz nisbati tushuniladi. Korxona mablag‘larini joylashtirish moliyaviy faoliyat va uning samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, o‘z navbatida, korxonaning moliyaviy holati ham ko‘p jihatdan asosiy va aylanma vositalarga qanday mablag‘lar qo‘yilganligi, ularning qanchasi ishlab chiqarish sohasida va muomala sohasida, pul va moddiy ko‘rinishda ekanligi, ularning qanchalik optimal nisbatda ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga bog‘liq ravishda korxona aktivlarini tahlil qilish jarayonida birinchi navbatda ularning tarkibi, tuzilishidagi o‘zgarishlarni o‘rganish va ularga baho berish talab qilinadi.
7.5-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan “Karvon” MChJda mol-mulki qiymati 414900 ming so‘mga yoki 16 foizga ko‘paygan. Korxona mulkining ko‘payishi joriy aktivlarning 241001 ming so‘mga hamda uzoq muddatli aktivlarning 466521 ming so‘mga ko‘payishi hisobiga to‘g‘ri kelgan. Joriy aktivlar tarkibida zaxira va xarajatlar summasining - 426841 ming so‘mga kamayishi korxona mulkini shu summaga kamaytirgan bo‘lsa, pul mablag‘larining o‘tgan yilga nisbatan 205137 ming so‘mga yoki 8 foizga, debitorlik qarzlarining esa 462705 ming so‘mga yoki 18 foizga ko‘payishi korxona mulkining ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ulkan miqdorda pul mablag‘lari qoldig‘i mavjudligi aylanma kapitaldan noto‘g‘ri foydalanish natijasi bo‘lishi mumkin. Ular o‘z ishlab chiqarishini kengaytirish yo‘li bilan foyda olish
maqsadida tezda aylanmaga kiritilishi yoki boshqa korxonalarning aksiya va qimmatli qog‘ozlariga joylashtirilishi lozim.
Bizning misolimizda debitorlik qarzi yil boshidagi 599 597 ming so‘mdan yil oxirida 1 062 302 ming so‘mgacha oshdi, ya’ni 462 705 ming so‘mga ko‘paydi. Agar korxona o‘z faoliyatini kengaytirsa, u holda xaridorlar soni va odatda, debitorlik qarzi ortadi. Boshqa tomondan, korxona mahsulot jo‘natishni qisqartirishi mumkin, u holda debitorlar kamayadi. O‘z navbatida, rost debitorlik qarzining o‘sishi har doim ham salbiy baholanmaydi.
Balans passiv moddalari tahlili

Agar balans aktivida korxonaning mablag‘lari aks ettirilsa, passivida ularning shakllanish manbalari ko‘rsatiladi.


Korxona rahbariyati qanday resurs manbalari hisobiga korxona o‘z faoliyatini amalga oshirishi va qanday faoliyat sohalariga kapital joylashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
Kapital – foyda olish maqsadida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyoridagi mablag‘lardir.
Tegishlilik darajasiga ko‘ra foydalanilayotgan kapital o‘z va qarz kapitalga ajratiladi.
Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, zaxira kapital va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansida xususiy kapital miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymati bahosiga bog‘liq bo‘ladi.
Ustav kapitali – ustav faoliyatini ta’minlash uchun muassislarning mablag‘lari miqdori. Davlat korxonalarida bu to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan davlat tomonidan korxonalarga biriktirilgan mulk qiymati; aksiyadorlik korxonalarida – aksiyalarning nominal qiymati; mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda – mulkdorlar ulushi miqdori; ijara korxonalarida – uning xodimlari hissasi miqdori va hokazo.
Qo‘shilgan kapital. Uning asosiy unsurlari: emission daromad (nominaldan yuqori narxda sotishdan daromad qilingan, aksiyalarni nominal narxi va sotish narxi o‘rtasidagi farq) va qayta baholashda uzoq muddatli aktivlar qiymati o‘sishi (ikkiyoqlama yozuv natijasi sifatida yuzaga keladi –balans aktivida aks etuvchi inflyatsiya tufayli asosiy mablag‘lar qiymati ortishi paydo bo‘lgan aktivning manbachi sifatida “Qo‘shilgan kapital” passiv moddasining teng miqdorda o‘sishi bilan birga kuzatiladi).
Zaxira kapitali tashkilotda majburiy tartibda yoki bu ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa tashkil etilishi mumkin. U faoliyat to‘xtatilganda kreditorlik qarzlarini qaytarish, foyda olinmagan holatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash, ehtimoliy zararlarni qoplashga mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) – bu dividendlar ko‘rinishida aksiyadorlar va tashkilot mulkdorlari o‘rtasida taqsimlanmagan sof foyda miqdori. Hosil bo‘lish vaqtida hisobot davri uchun barcha sof foyda taqsimlanmagan, lekin aksiyadorlar va muassislar tomonidan o‘rnatiladigan qoidalar bo‘yicha taqsimlashga tayyor sifatida belgilanishi mumkin.
Xususiy kapital ichki va tashqi manbalar hisobiga shakllanadi (7.5- chizma).

Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. R. korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. R. foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun R.ning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
.
Korxonaning rentabellik ko’rsatkichlari tahlili



Ko’rsatkichlar

O’lchov
birligi

2013y

2014y

2015y

1.

Yalpi foyda

ming.so’m

180185.55

211983.00

326627.00

2.

Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi

ming.so’m

18904.1

22946.00

16658.00

3.

Sotilgan mahsulotdan tushgan foyda

ming.so’m

199689.65

234929.00

343285.00

4.

Soliq to’langungacha bo’lgan foyda

ming.so’m

17214.2

20252.00

21200.00

5.

Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qoldiq qiymati

ming.so’m

736820.95

913907.00

821122.00

6.

Aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qoldiq qiymati

mln.so’m

72897.7

85762.00

86894.00

7.

Sotilgan mahsulot rentabelligi

%

107

108.9

111.2

8.

Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ko’ra rentabellik

%

105.6

102

206

9.

Ishlab chiqarish fondlari umumiy rentabelligi

%

21.2

23.5

37.8

2015 yilda rejaga nisbatan sotilgan mahsulotning tannarxi 27.5 % ga tushganligi quvonarli holat, albatta, lekin 2015 yilda 2014 yilga nisbatan korxona ma’muriy xarajatlari 43.1% ga ko‘paygan. Agar 2013 yilda ishlab chiqarish fondlari umumiy rentabelligi 21.2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib 37.8 foizga ko’tarilgan.
Korxonada band bo‘lganlar soni nisbatan barqaror darajada o’sish kuzatilmoqda. Jadval ma'lumotlaridan kelib chiqib, korxonaning 2015 yildagi istiqbollari to‘g‘risida ham ijobiy, ham salbiy tendentsiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari barqarorlab borishi bilan birga, boshqaruv jarayonidagi ma’muriy xarajatlarning tez sur’atlarda oshishi hisobiga korxonaning davr xarajatlari rejaga nisbatan haqiqatda oshganligi kuzatiladi. Bu3,2
53,9,,62
esa, “Genus” AJ yaqin istiqbolda ishlab chiqarish quvvatlarini kengatirish, korxonani rivojlantirish, ijtimoiy majburiyatlami oshirib borish yo‘lida sezilarli to‘siq bo‘lishi mumkin. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmlari kengayib bormoqda. Har qanday rivojlanish yo‘lini tanlagan korxona va tashkilotlar albatta o‘ziga etarli darajada moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi kerak albatta. Rejaga nisbatan haqiqatda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, ma’muriy xarajatlarning ortib ketishi o‘z-o‘zidan foydaga, korxona rentabelligining pasayishiga olib keladi. Mazkur muammoli holatlarni oldini olish maqsadida 2016 yil va yaqin istiqbolda korxona xarajatlarini yildan-yilga pasaytirib borishi, rentabellik ko‘rsatkichini yanada oshirishi, yangi, yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bozorlarga (shu jumladan, xorijiy mamlakatlar bozorlariga) chiqish kabi bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Xulosa
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida iqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, baho rеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foyda korxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.


Yüklə 142,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin