Mavzu: maktab o`quvchilarining jismoniy tarbiyasida pedagogik texnologiyalar. Reja



Yüklə 82,57 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü82,57 Kb.
#174597
  1   2   3   4   5   6
JISMONIY TARBIYA


MAVZU: MAKTAB O`QUVCHILARINING JISMONIY TARBIYASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR.
Reja:
KIRISH
1. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
2. Darsning tuzilishi va darsga vazifa qo’yish turlari.
3. O’quv kun tartibida sog’lomlashtirish tadbirlari.
XULOSA
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH
So’nggi vaqtlarda yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida an’anaviy va anchadan beri amalda qo’llaniladigan shakllari endi zamonaviy talablarga javob bermasligi va uni yanada samarali shakllarga aylantirish zarurligi tobora ko’proq anglanilmoqda. Shundan kelib chiqib, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etishning yangi g’oyalari va yondashuvlarini izlash zarurati tug’iladi.Harakat samaradorligini oshirishning eng samarali usuli bu jismoniy faollikdir. Jismoniy tarbiyaning mazmuni moddiy, estetik va ma’naviy qadriyatlarning majmuasi bilan ifodalanadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining natijasi - bu jismoniy tayyorgarlik va ko’nikmalar, qobiliyatlarining mukammallik darajasi, hayotiy kuchlarning yuqori darajada rivojlanishi, sport yutuqlari, axloqiy, estetik, intellektual rivojlanish, sog’lom turmush tarziga yo’naltirishdir. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport ishlarining asosiy maqsad va vazifalari bugungi kunda o’quvci yoshlar o’rtasida jismoniy madaniyatni oshirish, sog’lom turmush tarziga tayyorgarlikni shakllantirish, sport mashg’ulotlariga qiziqishni rivojlantirish, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish, axloqiy, hissiy, intellektual, ijtimoiy-madaniy va estetik shaxsiyatni, ijodiy qobiliyat va kognitiv ehtiyojlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgandir. Shuni ham tan olish kerakki, maktab o’quvchilari uchun musobaqa ishtirokchilari o’rtasida shiddatli raqobat, g’oliblarning faqat kichik bir guruhini rag’batlantirish, sport musobaqalarini tashkil etishning an’anaviy modeli kabi jarayonlar ancha jiddiy kamchiliklarga egadir. Bu ishtirokchilarning har qanday yo’llar va usullar bilan g’alaba qozonish hissini, boshqalardan ustunligini ochiq ko’rsatish, shon-shuhratga erishish, g’alaba bilan bog’liq moddiy manfaat olish, qimmatbaho sovrinlarni qo’lga kiritish istagini tug’diradi (hatto sog’liq uchun zararli bo’lsa ham, axloqiy tamoyillar buzilsa ham).Ta’lim tizimida pedagoglar ko’pincha jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini amalga oshirishning to’rtta asosiy yo’nalishidan foydalanadilar.



Yüklə 82,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin