Har xil bolalar o‘yin mashqlarida turli xil musiqalardan foydalaniladi. Bolalar o‘zlari mashg‘ulotlarda o‘rgangan: «Musiqa mashg‘ulotlari», «Konsert»larda raqsga tushadilar, ashula aytadilar. Bunday o‘yinlarda tarbiyachi bolalarga ro‘llarni bo‘lib beradi, har xil musiqalarni topib beradi. Bolalar tariyasida musiqiy-didaktik o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. Ulardan ayrimlari mashg‘ulotlar vaqtida o‘rganiladi. O‘yinlar musiqaviy qobiliyatni, fikrlashni oshiradi. Musiqa yo`riqchisi bolalarning kundalik hayotida olgan bilimlarini mashg‘ulotlarda takrorlaydi, ularni yangi musiqiy-didaktik o‘yinlar bilan tanishtirib boradi.
Musiqa yo`riqchisi bolalarni har xil musiqaviy asboblar bilan tanishtirib boradi va bolalarni har xil musiqaviy asboblar qo‘yilgan stol atrofiga o‘tqizadi. Bolalarni birma-bir chaqirib, asboblarning nomini so‘raydi, tarbiyachi musiqa chalib beradi va qaysi musiqaviy asbobda chalganini bolalardan so‘raydi. Musiqaviy ta’lim berish jarayonida musiqa tinglash, kuylash, musiqa savodini o‘rgatish, raqs tushish, cholg‘u asboblarini chalish hamda musiqa ijodkorligi kabi bilimlarni berish har tomonlama kamolga yetishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

«O‘rmonga sayohat»
«O‘rmonga sayohat»
Maqsad: Bolalarni musiqa ostida yurish, yugurish, oyoqlar yonida, tovonda yurishni davom ettirish, musiqaga moslab tez, sokin yurishni mashq qildirish. Gavda, qo‘l, oyoq va umumgavda muskullarini rivojlantirish. Muvozanat saqlab yurishni o‘rgatishda davom etish, balandlikdan sakrashni, emaklashni, uzunlikka sakrashni mustahkamlash, baland-past to‘nkachalarga chiqb-tushishni o‘rgatish. Jismoniy sifatlar chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik kabilarni shakllantirish. Musiqa ritmlari harakatlarni tushunish orqali bolalarda sezgirlik, hozirjavoblik va ziyraklik sifatlarni rivojlantirish. Bolalarni tabiat haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.