Mavzu: Maktabgacha talim sohasida zamonaviy matn redaktorlaridan keng foydalanish



Yüklə 8,98 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü8,98 Kb.
#210154
6.Maktabgacha


Mavzu: Maktabgacha talim sohasida zamonaviy matn redaktorlaridan keng foydalanish
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda intelektual salohiyatni ro’yobga chiqarish va ularni har tamonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkish davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalaishiga aylangan. Chunki jismoniy sog’lom ma’naviy yetuk shaxslargina buyuk kelajakni yaratadi. Xalqimizning boy madaniyati, rivojlanayotgan iqtisodiyoti, fan texnika va texnologiya sohasida erishilgan yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllnatirish, Vatanimiz rivojlanish taraqqiyotining muhim shartidir. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi.Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish bilan birgalikda ta’lim tashkilotida tarbiyalonayotgan farzandlarimizni har tomonlama yetuk, komil qilib tarbiyalsh dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkiloti tizimini yanada takomillshtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, Maktabgacha ta’lim tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagoglar bilan ta’minlash bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tamonlama intelektual, axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 29 dekabrdagi 2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi PQ 2707 sonli hamda 2017 yil 9 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-son, 2018 yil 30 sentyabr, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son kabi qator qaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi. Shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotida qo’yingki, hayotimizning barcha jarayonlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz (AKT) tasavvur qilish murakkab bo’lib bormoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalinish ta’lim samaradorligini oshirishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib borayotgani hech kimga sir emas. Shuningdek Maktabgacha ta’lim tashkilotida axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborot jamiyatining jadal rivojlanishi, bolalarning bilim olishiga bo’lgan qiziqishlarini sezilarli darajada oshirish mumkin. Haqiqiy narsalar yoki hodisalarning rang harakat va tovushda qayta yaratishga imkon beradi. Ularning qobiliyatlarini kengroq ochishga yordam beradi va aqliy faoliyatini kuchaytirib boradi.Kompyuterning bir vaqtning o'zida matn, grafik tasvir, ovoz, nutq, videorolik, esdalik va jurnali ma'lumotlarini katta tezlikda takrorlash qobiliyati mutaxassislar uchun bolalar uchun barcha mavjud o'yinlar va o'yinchoqlardan tubdan farq qiluvchi yangi faoliyat vositalarini yaratishga imkon beradi. Bularning barchasi maktabgacha ta'limning sifat jihatidan yangi talablari - hayot davomida ta'limning birinchi bo'lagi bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri boyitilgan bolaning rivojlanish salohiyati.Shuning uchun, axborot texnologiyalarini maktabgacha ta'lim va ta'lim tizimiga joriy etish zarur. MUHOKAMA Maktabgacha ta’lim tashkilotida axborot texnologiyalaridan foydalanish va joriy etishning asosiy shartlaridan biri shundaki, tarbiyachi bolalarga kompyuterning texnik imkoniyatlarini biladigan, ular bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lgan, kompyuterdan foydalanish qoidalariga aniq rioya qiladigan va maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi axborot texnologiyalarini qanday tushintirishni biladigan mutaxasssislar bo’lishi kerak. Shuni hisobga olib bugungi kunning talabi har bir tarbiyachi, har bir pedagog, mashg’ulotlarni zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda bolalarni darslarni sifat jihatidan yangi bosqichiga tayyorlash va o’tkazish uchun dasturiy ta’lim tizimlari, internet global kompyuter tarmog’i resurslari bilan ishlashni taqazo etmog’i darkor. Bugungi kunda har qanday maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi AKTdan foydalangan holda dars tayyorlash va o'tkazishi kerak. AKTdan foydalangan dars ko'rgazmali, rangbarang, ma'lumotli, interaktiv bo'lib, tarbiyachi va bolalarning vaqtini tejaydi, tarbiyachiga bolalar bilan har xil va individual ravishda ishlashga imkon beradi, o'quv natijalarini tezkor kuzatib borish va baholash imkoniyatini yaratadi. NATIJA Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limni kompyuterlashtirish samaradorligi, ishlatilayotgan vositalarining sifati va ularni o’quv jarayonida, mashg’ulotlarida oqilona va mohirona ishlatilish qobiliyatga bog’liq. Maktabgacha ta’lim tashkilotida axborotlashtirish tarbiyachi pedagogga o’quv jarayonining innovatsion g’oyalarini amalga oshirishga qaratilgan yangi uslubiy ishlanmalarini amalga oshirishga qaratilan yangi uslubiy ishlanmalarini pedagogik amaliyotga keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Masalan: Bolalarni kompyuterli ta’limiy o’yinlar orqali ham bilim berish mumkin.”Kim birinchi topadi ?” o’yinida ekrandagi turli tartibda joylashtirilgan rangli tasvirdagi sonlardan qaysi biri katta, qaysi biri kichikligini aniqlash, shuningdek rasmlardan keraklisini topish kabi topshiriqlar bajariladi. Bunda Maktabgacha ta’lim tashkilotida multimedia vositalari, ovozli, musiqali, harakatlanuvchi jozibali bo'lishi shart, anashundagina ta'lim- tarbiya jarayonida samarali foydalanishga va ta'lim sifatini yuksak darajaga ko'tarishga hizmat qiladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Har qanday bola jamiyatda o’z o’rnini topishi, mamlakatimiz ravnaqi uchun komil inson qilib voyaga yetkazish, haqida qayg’urish har bir pedagog tarbiyachining axloqiy va ijtimoiy burchidir. hozirgi kunda Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktab ta’limiga o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda hozirgi asr-axborot asri ekanligidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim -tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqozosidir. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalarda iqtidor va qobiliyatlarni yanada o’stirish, bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyachi mashg’ulotlarda, dasturlardan, ekektron qo’llanmalardan, pedagogik o’yinlardan foydalanish tarbiyalanuvchi o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatiladi, bolalarning harakteri kengroq ochiladi, kuzatuvchanlik, xotira diqqat kuchayadi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi
Yüklə 8,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin