II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOYHALASHTIRISH 1. Pedagogik jarayonni loyihalashtirish va ularni tashkil etish, boshqarishning nazariy aspektlari. Loyiha – aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli. Loyiha dastur, model, texnologik xarita va b. ko’rinishda namoyon bo’ladi. Loyihaning asosini ilmiy yoki ijodiy xarakterga ega g’oya tashkil etadi. Loyihalash – boshlang’ich ma‟lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat. Loyihalash “g’oya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish – bashoratlash – rejalashtirish” tizimiga asoslanadi. Loyihalash turli vositalar, ya‟ni moddiy buyum, qurollar, m: kompyuter texnologiyasi, vatmon yoki oddiy ish qog’ozi, chizg’ich, qalam, marker, nusxa ko’chirish apparati (printer) va b. yordamida amalga oshiriladi. 46 Xo’sh, o’quv loyihasining o’zi nima? O’quv loyihalarini tayyorlash jarayoni qanday kechadi? Loyihani yaratish uchun pedagog: - loyihani yaratish; - jarayonni bosqichma-bosqich yoritish; - maqsadni aniq belgilash; - maqsadga mos vazifalarni aniqlash; - o’quv materiali mazmunini shakllantirish; - savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish; - jarayon yoki tadbirning metodik tuzilishini asoslash; - o’quvchi bilim darajasini tashxislash va uning tarbiyalanganlik darajasini baholash kabi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi zarur. Ta’lim jarayonini loyihalash – alohida olingan ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha omillarni inobatga olgan holda uning loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish. Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari: 1) ta’lim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar (texnologik jarayon, texnologik jarayonni boshqarish, vosita, axborot, ijtimoiyiqtisoiy ta‟minot)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi bilan ta‟minlanadi; 2) ta’limning texnologik vositalari o’quvchilarning individual xususiyatlariga bog’liq holda tanlanadi; 3) loyihalash strategiyalari pedagogning individual uslubiga muvofiq tanlanadi; 4) loyihalash sifati teskari aloqa (pedagog va o’quvchi o’rtasidagi) ko’lami, loyihalash mazmuni hamda barcha omillar samaradorligiga bog’liq. O’quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani to’g’ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to’g’ri tanlash, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashni aniq mezonlari oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to’g’ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi. O’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishning asosiy bosqichi – o’quv jarayonini loyhalashtirish hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 1. Mashg’ulotning maqsadi va natijasini belgilash. 2. Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish. 3. Ta’lim resurslarini tanlash. 4. O’qitish va o’qish strategiyasini belgilash. 5. Mashg’ulot turini tanlash. 6. Mashg’ulotning texnologik xaritasini ishlab chiqish. Mashg’ulot maqsadi va natijasini belgilash – o’qitish va o’qish jarayonlarining eng muhim omili bo’lib, ta’lim jarayonida aynan ular etakchi o’rin tutadi. Mashg’ulotning maqsad va natijasi DTS talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ayni o’rinda shuni ham qayd etib o’tish kerakki, mashg’ulotning 47 maqsadi tarbiyachitomonidan o’quvchiga qanday bilim, ko’nikma va malakalarning berilishi nuqtai nazaridan emas, balki o’quvchilar tomonidan mashg’ulotda qanday bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilishi muhimligidan kelib chiqib belgilanishi zarur. Mashg’ulot maqsadining aniq bo’lishiga erishish uchun o’qituvchidan quyidagilarga e’tibor qaratish talab etiladi: 1) mashg’ulotda yuzaga keladigan didaktik jarayon ma‟lum sharoit va belgilangan vaqt ichida ta’lim maqsadiga erishishni to’la ta‟minlay olishi; 2) o’qitish jarayonining yakuni bo’yicha maqsadni amalga oshirish darajasi to’g’risida aniq xulosa chiqarish imkoniyatining mavjudligi. Shunga ko’ra aytish mumkinki, ta’lim maqsadlari o’quvchilarning harakatlarida ifodalanadigan ta’lim natijalari belgilanadi. Ta’lim texnologiyasining keyingi eng muhim komponenti – kutilayotgan natijadir. Binobarin, u o’qitish jarayonining samaradorligini aks ettiradi va maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi, o’qitish va o’qish jarayoni, natija qo’yilgan maqsadga mos kelganda yakunlanadi. Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish – mashg’ulotning didaktik maqsadi, kutilayotgan natija, o’quv materialning mazmuni asosida nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish, ularning hajmi, bajarilganlik darajasi, bajarilish sifati, vaqtiga ko’ra baholash mezonlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Ta’lim resurslarini tanlash – mavjud shart-sharoitdan kelib chiqqan holda o’qituvchi, o’quvchi va mashg’ulotni tashkil etish uchun ta’lim vositalarining o’rinli tanlanilishini, ulardan o’quv jarayonida to’g’ri foydalanishni ko’zda tutadi. Tarbiyachi mashg’ulotni tashkil etish uchun ta’lim vositalari sifatida quyidagilardan foydalanadi: Та‟lim vositalari 3) jadvallar; 4) tarqatma materiallar; 5) yo’l-yo’riqlar; 6) texnologik xaritalar; 7) tipik xatolar xaritasi; 8) topshiriq varaqalari. варақалари 1) o’quv-metodik qo’llanmalar; 2) metodik tavsiyalar; 3) metodik ishlsnmalar; 4) o’quv dasturlari; 5) mashgulot rejasi; 1) plakatlar; 2) modellar; 3) maketlar; 4) jihozlar; 5) audiovisual vositalar; 6) texnik vositalar; 7) real vositalar. Tarbiyachi-pedagog uchun O’quvchi uchun Mashg’ulotni tashkil etish uchun 48 O’qitish va o’qish strategiyasi – belgilangan o’quv materiallarini o’quvchilar ongiga etkazish yo’llarini, ya‟ni tanlangan ta’lim metodi, shakllarining amalda qo’llanilishini ko’zda tutadi. Mashg’ulotning turini tanlash – o’qituvchining mahoratiga ko’ra mashg’ulotning didaktik maqsadi, o’quv materialining mazmuni, mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt, shuningdek, zarur shart-sharoitning tanlanilishini ifodalaydi. Mashg’ulotning texnologik xaritasi – mashg’ulot ishlanmasining asosiy o’zagini tashkil etadi. U mashg’ulot turi va tanlangan metodlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Mashg’ulotning texnologik xaritasi xususida ma‟ruzaning keyingi o’rinlarida alohida to’xtalib o’tiladi. Ta’lim jarayonni loyihalash: loyiha – mazmun – faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir. Ta’lim jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi: Ta’lim jarayonini loyihalashda bajariladigan asosiy vazifalar quyidagilardir: 1) pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish; 2) natijalarni oldindin ko’ra bilish; 3) rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish. Asosiy bosqichlar Асосий босқичлар 1-bosqich: loyihani yaratish лойиҳани яратиш 2- bosqich: o’quvchilar faoliyatini tashhislash 5- bosqich: o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish 3- bosqich: pedagogik jarayonni tashkil etish 4- bosqich: pedagogik jarayonning samarali kechishini ta‟minlash Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari Вазифаларнинг белгиланиши 1-qadam 2- qadam 3- qadam Umumiy pedagogik vazifalar (pedagogik jarayon xususiyatlarinin yahlit holda inobarga olish asosida belgilanuvchi) Bosqichli pedagogik vazifalar (ma‟lum bosqich xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilanuvchi) Vaziyatli pedagogik vazifalar (muayyan vaziyatlarni inobatga olgan holda belgilanuvchi) Ta’lim jarayonini loyihalashda vazifalarning belgilanishi 49 Mashg’ulot ishlanmasi – bu ta’limiy mazmunga ega loyiha, shuningdek, tarbiyachitomonidan tuzilishi majburiy bo’lgan hujjat hisoblanadi. Uni tuzishda o’qituvchining mashg’ulot jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, mashg’ulot mazmuni boyitish, ta’lim samaradorligini oshirish maqsadi ko’zlanadi. Mashg’ulot ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammalllashtirib borish, yangi metodlarni qo’llash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilab turilishi lozim. Binobarin, ta’lim jarayoniga yangi DTS, o’quv dasturlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarning joriy etilishi, tarbiyachitomonidan yangi axborot texnologiyalari, zamonaviy texnik vositalarining qo’llanishi bilan mashg’ulot ishlanmalariga qo’yilgan talablar ham o’zgarib boradi. Mashg’ulot loyihasi (ishlanmasi)ni uchun tayyor, standart qolip mavjud emas. Chunki mashg’ulot “jonli” tashkil etilishi zarur. Mashg’ulotning bu xususiyatiga ko’ra uni hech qanday qolipga solib bo’lmaydi. U mashg’ulot turi va tanlangan metodlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Ta’lim jarayonini loyihalash, odatda, texnologik pasport va texnologik xaritalar vositasida amalga oshiriladi. Texnologik pasport (pedagogikada) – ta’lim yoki ma‟naviy-ma‟rifiy tadbirning asosiy ko’rsatkichlari va ularning texnologik tavsifini yorituvchi hujjat. Maktabgacha ta’limda mashg’ulotning texnologik pasporti Mashg’ulotning mavzusi Mashg’ulotning ajratilgan vaqt O’quvchilar soni O’quv mashg’ulotining shakli va turi O’quv mashg’ulotining tuzilishi Mashg’ulotning maqsadi: Pedagogik vazifalar: O’quv faoliyati natijalari: Ta’lim metodlari Ta’limni tashkil etish shakli Didaktik vositalar Ta’limni tashkil etish sharoiti Nazorat Texnologik xarita (pedagogikada) – pedagogik (ta’lim va tarbiya) jarayonni bajaruvchi yoki ma‟lum ob‟ektga texnik xizmat ko’rsatuvchi pedagoglarga taqdim etiladigan barcha zarur ma‟lumotlar, ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan hujjat. Ta’lim jarayonni loyihalashda odatda modellashtirishdan ham foydalaniladi. Model – real, haqiqatda mavjud bo’lgan ob‟ektning soddalashtirilgan, kichraytirilgan (kattalashtirilgan) yoki unga o’xshagan nusxasi. Modellashtirish hodisa, jarayon yoki tizimning umumiy mohiyatini to’la yorituvchi modelni yaratish. O’quv jarayonida quyidagi turdagi modellar qo’llaniladi: 50 1. O’quv modellari (ta’lim jarayonida qo’llaniladi; ko’rsatmali qurollar, ko’rgazmali vositalar, trenajyorlar, ta’limiy dasturlar). 2. Tajriba modellari (ilmiy, amaliy tajribalarni olib borishda qo’llaniladi; loyihalashtirilayotgan ob‟ektning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi). 3. Ilmiy-texnik modellar (jarayon va hodisalarni tadqiq etishda qo’llaniladi; qurilma, moslama, asbob, jihoz va mexanizmlar). 4. O’yin modellari (turli vaziyatlarda ob‟ekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko’nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo’llaniladi; kompyuter, sport, iqtisodiy, harbiy, ishchanlik o’yinlari va b.). 5. Imitatsion modellar (real voqelikni u yoki bu darajada shunchaki aniq aks ettirish uchun emas, balki aynan unga o’xshatish maqsadida qo’llaniladi; amaliy harakatlarni bajarishga xizmat qiluvchi turli trenajyorlar, mexanizmlar). Bugungi kunda ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan ham turli o’quv loyihalarning tayyorlanishiga e’tibor qaratilmoqda.
Xulosa Mаzkur jаrаyongа eng muhimi аql bilаn yondаshish, o’z tаshkilоtimiz mаnfааti yo’lidа ishtirоk etishdаn ibоrаt. Ko’pchilik mutахаssislаr fikrichа, o’zgаrishlаrgа mоyillik, bugungi kundа rivоjlаnishning hаl qiluvchi shаrti, u yoki bu tа‟lim muаssаsаsining rаqоbаt qоbiliyatini tа‟minlоvchi аsоsiy оmil dеb hisоblаnаdi. Innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari quyidagilar sanaladi: - yangi g’oyalar; - tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar; - noan‟anaviy yondashuvlar; - odatiy bo’lmagan tashabbuslar; - ilg’or ish uslublari. Ta’lim innovatsiyalari – Ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion Ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion Ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan. Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular: 1. Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki Ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar. 2. Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar. 3. O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari. 43 4. Kelib chiqish manbaiga ko’ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o’zlashtirilgan innovatsiyalar.