Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli. Mashg‘ulotga tarbiyachining innovatsion yondashuvi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekskursiyani o‘tkazish mazmuni


Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish-yasashga o‘rgatish metodlari, turlari



Yüklə 58,3 Kb.
səhifə6/8
tarix16.12.2023
ölçüsü58,3 Kb.
#181002
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli. Mashg‘u

Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish-yasashga o‘rgatish metodlari, turlari
Q og‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatish, ishlarini tahlil qilish, turli yosh guruhlari uchun qurish-yasash mashg‘ulotlarining interfaol ishlanmalarini ishlab chiqish.
Q urish-yasash lotin tilidan olingan bo‘lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, ma’nosini bildiradi. Qurish-yasash faoliyati – amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqealikdir.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, turli konstruktorlar, qog‘ozdan, tabiat, tashlandiq materiallaridan foydalaniladi. Materialni turi- qurish yasash turini aniqlab beradi.

  1. Q urilish materiallari. Qurilish materiali-mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg‘ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil to‘plamlardan foydalaniladi: M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7.

mazmunli to‘plamlar: Kichik qurilish materiallari: “Kosmodrom”, “Temir yo‘l vokzali” va boshqalar.

  1. Konstruktorlar. Maktabgacha ta’lim muassasasalarda konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok etadi, qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.


Yüklə 58,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin