O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi
səhifə 3/4 tarix 07.01.2024 ölçüsü 13,06 Kb. #204484
10Ta\'lim tizimiga oid qonun va qarorlar
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -davlat standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari ; -ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; -ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar , muassasalar va tashkilotlar. Ta’lim to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: ta’lim ustuvorligining tan olinishi ; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik , demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi ; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi ; ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. Dostları ilə paylaş: