Maktabgacha taʼlimdagi muammoli vaziyatlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar yetishmasligi masalan Axborot texnologiyalari.
Har bir guruhda bolalar aralash taʼlim olishi katta guruhda kichik guruh tarbiyalanuvchilari bo’lishi.
Pedagog kadrlarning malakasi yetishmasligi.Mashğulot tashkil etishga no’noqligini muammoli vaziyat qilib keltirish mumkin.
Mavzu.Tabiat hodisalari. Loyihaning maqsadi: 1.Bolalarning tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
2.Tabiat hodisalari(Bulut, yomg'ir, qor, tuman ,chaqmoq, qirov, shamol, kamalak) qanday sodir bo'lishini tushuntirish.
3.Tabiatni sevish, unga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga o'rgatish.
Loyihani bajarish bosqichlari:
1.Tayyorgarlik bosqichi.
2.Bajarish bosqichi:ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat,sayr,sahnalashtirish,tajriba
3.Kutilayotgan natijalar.
Tayyorgarlik bosqichida: Loyihalashtirilayotgan faoliyat qachon o'tkizilishi va qanday jihozlar kerak bo'lishi aniq olinadi va tayyorlab qo'yiladi.
Bajarish bosqichi:
Tabiat hodisalari haqida tushuncha beriladi.
Quyosh---Yerga eng yaqin yulduzdir, qolganlari sayyoramizdan ancha uzoqroqda joylashgan. Quyosh sayyoramiz uchun eng kuchli kosmik energiya manbai hisoblanadi. U bizga odamlar, o'simliklar, hayvonlar uchun zarur bo'lgan yorug'lik va issiqlikni beradi. Quyoshsiz bizda havo va suv bo'lmaydi. Axir, o‘shanda havo suyuq azotli okeanga aylanib, suv muzlab, quruqlik muzlab qolardi.
Bulut — havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanish (sublimatsiya) mahsuli boʻlgan suv tomchilari yoki muz kristallari (yoki har ikkalasining aralashmasi)dan tashkil topgan, atmosfera (yer yuzasidan tashqari)da vujudga keladigan muallaq tizim.
Shamol — atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan yon tomonlama( o'ngdan -chapga yoki chapdan -o'ngga) harakati. Harakatningl tashkil etuvchisi Shamol sifatida tasavvur qilinadi.
Yomgʻir — bulutlardan diametri 0,5 mm dan 6–7 mm gacha boʻlgan suv tomchilari holida yogʻadigan yogʻin. Qoplama bulutli Yomgʻir hamda jala Yomgʻirga boʻlinadi. Oʻrta Osiyoning tekislik va togʻ oldi hududlarida Yomgʻir yil davomida kuzatiladi; yomgʻirli kunlar soni qorli kunlar soniga karaganda 2–3 marta ortiq. Yomgʻir mart—aprel oylarida eng koʻp, iyul—avgustda esa eng kam yogʻadi.
Tuman — tomchi holidagi suyuq havo massasi. Oʻta toʻyingan bugʻlardan hosil boʻladi. Atmosferadagi Yer sirti qatlamlaridagi suv bugʻlarining toʻyinishidan hosil boʻlgan suv tomchilari yoki muz kristallari toʻplamidan iborat.
Kamalak- Quyosh nuri yoki oddiy oq nur barcha ranglarni o’zida jam etgandir. Siz qiya turgan ko’zguning bir chetiga yoki sovun pufagi yuzasiga nur tushganini hech kuzatganmisiz? Oq nur turli ranglarga bo’linib ketadi. Shunda biz qizil, zargaldoq, sariq, yashil, ko’k va binafsha ranglarni ko’ramiz.
Manashu kamalak ranglari hisoblanadi.
Qor. Qor aslida oq rangda emas. U rangsiz va tiniq bo'lib, mayda kristallar (qor parchalari) yuzasida yorug'lik nuri akslanishi tufayli oq bo'lib ko'rinadi. Qor parchalarining ko'rinishi bir-birini takrorlamaydi. Ularning bu qadar xilma-xil bo'lishiga sabab, erga tushar chog'ida turli xil harorat va namlik ta'siridan o'tishidir.O'zbekistonda qor asosan qish faslida yog'adi.
Chaqmoq - bu atmosferada alohida to'plangan bulutlar va yomg'ir bulutlar va yer o'rtasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan kuchli elektr zaryadlariga berilgan nom.
Momaqaldiroq - kuchli elektr zaryadidan kelib chiqqan zarba to'lqini ta'sirida atmosferada paydo bo'ladigan tovush tebranishlari hisoblanadi.
Rivojlantiruvchi markazlarga bolalarni turli xildagi kartochkalar yordamida bo'lib olinadi.
-Qurilish va konstruksiyalash markazida bolalarga mozaika(1) qilib soyabon yasatiladi
-Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida Tabiat hodisalari birma-bir mehmonga keladi,o'zining xususiyatlarini aytib beradi.
-Til va nutq markazida Tabiat hodisalari haqida sh'er va topishmoqlar yodlatiladi.
-Ilm-fan va tabiat markazida fonar, plamaster,karton qo'g'oz, sellofan yordamida tajriba o'tkaziladi. Kamalak hosil qilinadi.
-San’at markazida Tabiat hodisalaridan istaganlari oq qog'ozga chizdirib , bo'yatiladi.Masalan kamalak, yomg'ir, qor...
KUTILAYOTGAN NATIJA:
1. Bolalarning tabiat hodisalar haqidagi tasavvurlari kengayadi.Kerakli ma'lumotlarga ega bo'ladi.
2. Tabiat hodisalari haqidagi bilimlari ortadi va ularning qanday sodir bo'lishini tushinib oladi.
3. Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga o'rganadi.Har bir tabiat hodisasining ahamiyatini bilib oladi.